11.1.Chorvachilik statistikasining vazifalari va mollar bosh soni ko,rsatkichlari
Chorvachilik statistikasining vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Chorva mollar bosh sonini turi,jinsi va yoshi bo’yicha hisobga olish;
2. Chorva mollarining holati va harakati ko’rsatkichlarini hisoblash va statistik tahlil qilish;
3. Chorva mahsuloti va mahsuldorligi ko’rsatkichlarini hisobga olish va iqtisodiy-statistik tahlil qilish;
4. Ozuqa bilan taminlanish va undan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash va iqtisodiy-statistik tahlil qilish;
5 Mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish va samaradorligini
oshirish imkoniyatlarini ko’rsatish
.Chorva mollarining o’rtacha soni qanday aniqlanadi? Bu quyidagi 3 xil usul orqali aniqlanadi:
1.chorva mollari soni har kuni ma’lum bo’lgan tag’dirda, o’rtacha arifmetik tortqichli miqdorlar formulasi: orqali aniqlanadi
,
bunda, har kuni boqilgan mollar soni,
mollar boqilgan davrdagi kalendar kunlar soni,
2.Chorva mollari soni har oyning boshiga ma’lum bo’lgan taqdirda, xronologik miqdorlar formulasidan foydalanib aniqlanadi:
bunda, yilning 1 yanvaridan boshlab, har bir oyning boshida mavjud bo’lgan mollar sonini bildiradi;
kelgusi yilning yanvariga bo’lgan mollar sonini bildiradi;
sanalar soni (chorak bo’lsa yil bo’lsa ).
3.Chorva mollar soni o’rganilayotgan davrning boshi va oxirida ma’lum bo’lgan taqdirda, o’rtacha arifmetik oddiy miqdorlar formulasidan foydalanib aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: |