TDAU xuzuridagi tarmoq markazi Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi yo’nalishi
886749
2. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Atajanov hamda O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i I.Mamajanovlarga: 2023-yilning 4-yanvaridan boshlab tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga institutning pedagog kadrlarini reja-grafik hamda Bosh ilmiy-metodik markaz portali www.bimm.uz da keltirilgan ro‘yxatga muvofiq belgilangan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga to‘liq jalb etilishini ta’minlash;
tinglovchilar tomonidan elektron portfolio tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagog kadrlar tomonidan egallangan yangi kompetensiyalarni ommalashtirish maqsadida ochiq darslar, seminarlar o‘tkazilishini muntazam yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga keng joriy etib borish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari yakunida attestatsiyadan takroran o‘tmagan pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni qonunchilikda belgilangan tartibga qat’iy amal qilgan holda rasmiylashtirilishini ta’minlash;
Bosh ilmiy-metodik markaz portali www.bimm.uz tarkibidagi elektron monitoring tizimidagi ko‘rsatkichlar asosida rahbar va pedagog kadrlarning kurslardagi o‘quv faoliyati va attestatsiya natijalarini har sikl yakunlari bo‘yicha muhokama qilib borish;
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida ishtirok etgan professor-o‘qituvchilarni xisobotlarini qabul qilish va natijalarni umumlashtirish vazifalari yuklatilsin.