V. Ta’lim natijalari Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Talaba: - hayvonlarga tashqi muhit omillarining ta’siri; molxonalarda mikroiqlim ko‘rstkichlarini aniqlash va tahlil qilish; mikroiqlim ko‘rstkichlarining me’yorlari; havo, tuproq, suv va ozuqalarni sanitariya tomonidan baholash; chorva mollarini saqlash usullari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
havo, tuproq va suvning fizik, kimyoviy va biologik xossalarini aniqlashni; ozuqa turlarini gigiyenik baholashni; zoogigiyenik me’yorlarni aniqlashda qo‘llaniladigan asbob - uskunalardan foydalanishni; chorvachilik inshootlarini loyihalash va qurishda qo‘llaniladigan zoogigiyenik me’yorlarni bilishi va ulardan amaliyotda foydalana olishi;
hayvonlarni saqlash; sug‘orish;chorvachilik inshootlarini loyihalash va qurish; mikroiqlim ko‘rstkichlarini aniqlash hamda tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
4
VI. ta’lim texnologiyalari va metodlari:
Ma’ruzalar;
Interfaol keys-stadilar;
Seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
VII. Kreditlar olish uchun talablar: VII. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.