O`zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi" haqida ma`lumot Reja: Qiqil kitob va uning o’rni. O’zbekiston qo’riqxonalarining qisqacha tarixi. O’zbekiston "Qizil kitobi" Kelajak oldidagi burchimiz



Yüklə 306,18 Kb.
səhifə2/15
tarix29.06.2022
ölçüsü306,18 Kb.
#62477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobi haqida ma`lumot Reja Qi

Qizil kitob — yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. Qizil kitobda oʻsimlik va hayvon turlari sonining kamayishi, areallarining qisqarib borishi sabablari yoritiladi; ularni saqlab qolish uchun tavsiyalar berib boriladi.
1948 yilda tashkil etilgan Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi kamyob va yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan oʻsimlik va hayvon turlarining roʻyxatini tuzish gʻoyasini amalga oshirishga kirishdi. Turlarni saqlab qolish boʻyicha maxsus xalqaro komissiya tuzilib, 1966 yildan boshlab boshqa tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda xalqaro Qizil kitobning dunyo va alohida mintaqalar florasiga bagʻishlangan nashrlar chop etila boshlandi.
Oʻzbekistonning noyob va kamayib borayotgan oʻsimlik va hayvonlari toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar 1974 yil taʼsis etilgan Qizil kitobda oʻz aksini topgan. Oʻzbekiston Qizil kitobi 1978 da taʼsis etildi. Birinchi marta Oʻzbekiston Qizil kitobining faunaga bagʻishlangan qismi 1983 yil nashrdan chiqdi. Unga umurtqali hayvonlar (baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) ning 63 turi kiritilgan edi. Oʻsimliklar olamining kamyob, yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan 163 turi haqida ilk bor mukammal maʼlumotlar 1984 yil bosmadan chiqqan Qizil kitobda keltirilgan. Qizil kitob — davriy nashr hisoblanadi. Unga kiritiladigan oʻsimlik va hayvon turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi taklif etgan tasnifga binoan 4 guruhga ajratiladi: 1) yoʻqolgan yoki yoʻqolish arafasida turgan (jiddiy muhofaza talab etuvchi) turlar; 2) yoʻqolib borayotgan (areali va soni kun sayin kamayib borayotgan, maxsus muhofazaga muhtoj) turlar; 3) kamyob, bevosita yoʻqolish xavfi boʻlmasada, kichik maydonlarda kamdankam uchraydigan (muhofazaga muhtoj) turlar; 4) muayyan vaqt davomida soni va tarqalgan maydonlar tabiiy sabablarga koʻra yoki inson taʼsirida qisqarib borayotgan (sonini nazorat qilib turish talab qilinadigan) turlar. Qizil kitobga, unga kirgan turlar maqomining oʻzgarishi, maxsus muhofaza choralari tufayli baʼzi turlar sonining tiklanishi, aksincha, yashash sharoitining oʻzgarishi va boshqalar omillar taʼsirida sonining kamayishi natijasida boshqa toifaga oʻtkazilishini yoritish maqsadida qayta nashr etiladi. Oʻzbekiston florasining yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan 301 turining hozirgi holatini tavsiflaydigan Qizil kitob 1998 yil da qayta bosmadan chiqdi. Keyingi yillarda Oʻzbekiston faunasi turlari maqomini baholashga imkon beruvchi maʼlumotlar toʻplanib, yangi Qizil kitob 2003 yilda chop etildi. Qizil kitobning soʻnggi nashriga sut emizuvchilarning — 24, qushlarning — 51, sudralib yuruvchilarning — 16, baliqlarning — 18, halqali chuvalchanglarning — 3, mollyuskalarning — 15, boʻgʻimoyoqlilarning — 62 turi va kenja turi kiritilgan.
Oʻzbekiston faunasi va florasining baʼzi turlari Xalqaro Qizil kitobda ham oʻz aksini topgan. Unda har bir tur uchun alohida sahifa ajratilgan boʻlib, unda mazkur oʻsimlik yoki hayvon turining oʻzbekcha, ruscha, lotincha (ilmiy) nomlari, ularning sistematik oʻrni, qisqacha morfologik tavsifi, tarqalishi, yashash muhiti, tabiatdagi soni, koʻpayishi, areali va sonining oʻzgarishi sabablari, muhofaza qilish choralari va boshqalar bayon etilgan.
Qizil kitobga kiritiladigan hayvon va oʻsimlik turlari boʻyicha taklifni ilmiy tekshirish muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari, ayrim olimlar tavsiya qilishi mumkin. Muhofaza qilinishi natijasida oʻz arealini qaytadan tiklagan va yoʻqolib ketish xavfi tugʻilmaydigan oʻsimlik va hayvon turlari Qizil kitobdan chiqariladi. Qizil kitobga kiritilgan turlar davlat qonuni asosida muhofaza qilinadi; uni buzgan yuridik va jismoniy shaxslar qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Oʻktam Pratov, Elmurod Shernazarov.
Bugungi kunda dunyoni «Qizil kitob»siz tasavvur etish qiyin. Yuzlab turlar yo‘qolib ketayotgan bir vaqtda «Qizil kitob»ning qadri juda bilinishi muqarrar. Garchi inson faktorining tabiatga ta’siri tobora ortib borayotgan bo‘lsa-da, «Qizil kitob» hayvonot va nabotot turlarini saqlashda katta o‘rin tutishini ham inkor etmaslik lozim. Xo‘sh, bu kitob qanday dunyo yuzini ko‘rgan edi?

1948 yilda uncha katta bo‘lmagan Fontenblo shahrida (Parij yaqinida) o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada tabiatni va tabiiy resurslarni asrash xalqaro ittifoqi (TRAI) tashkil etildi. TRAI oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri yo‘qolib ketish arafasida bo‘lgan, inson yordamiga muhtoj va qutqarib qolish choralarini ko‘rish shart bo‘lgan o‘simlik va hayvonot turini aniqlash bo‘lgan.

Shu maqsadda 1949 yilda doimiy qutqarish qo‘mitasi xizmati tashkil etildi. Unga turli mamlakatlarning taniqli zoologlari kiritildi. Bu qo‘mitaga tabiatni asrash bo‘yicha eng obro‘li mutaxassislardan biri - angliyalik Piter Skott rahbarlik qildi. Qo‘mita ulkan ishlarni amalga oshirdi. Uning maqsadi dunyodagi noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvonot turlari ro‘yxatini tuzish ( bilan) va nima sababdan bunday holat yuzaga kelganini tushuntirish edi. Qizil rang – xavf belgisi. Shu sababli Piter Skottning taklifi bilan ro‘yxat muvaffaqiyatli tarzda Qizil kitob, deb nomlandi.

Qizil kitobning ilk ko‘rinishini tayyorlash uchun 14 yillik og‘ir mehnat talab qilindi. U 1963 yilda ikki tomlik kitob ko‘rinishida dunyo yuzini ko‘rdi. Har bir hayvonot turi uchun alohida sahifa ajratildi va unda qisqa shaklda ayni vaqtdagi va o‘tmishdagi yashash tarzi, holati, umumiy soni, himoya qilish bo‘yicha qabul qilingan va qilinishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, tutqinda bo‘lgan hayvonlar sanog‘i va ko‘payishi bilan bog‘liq ma’lumotlar kiritildi. Yo‘qolib borayotgan eng noyob hayvon turlari esa qizil sahifada chop etildi.



Qizil kitobning ikkinchi nashri uch tomdan iborat bo‘lib, 1966-1971 yillarda nashrdan chiqarildi.

Yüklə 306,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin