O`zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi" haqida ma`lumot Reja: Qiqil kitob va uning o’rni. O’zbekiston qo’riqxonalarining qisqacha tarixi. O’zbekiston "Qizil kitobi" Kelajak oldidagi burchimiz



Yüklə 306,18 Kb.
səhifə15/15
tarix29.06.2022
ölçüsü306,18 Kb.
#62477
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobi haqida ma`lumot Reja Qi

O'pka sili. Sil (tuberkulyoz) yuqumli kasallik hisoblanadi. Kasallik qo'zg'atuvchi mikrobni 1882-yilda nemis olimi Robert Kox aniqlagan, shuning uchun uning nomi bilan Kox batsi/lasi deb ataladi. Kasallikni qo'zg'atuvchi mikrob havo, idish-tovoqlar, qaynatilmagan suv orqali yuqadi. Chunki sil kasalligi bilan og'rigan bemorning balg'ami va tupuk tomchilaridagi mikroblar havoga tarqalib, idish-tovoqlarni, sochiq va boshqa buyumlarni zararlashi, ular orqali sog'lom odamlarga yuqishi mumkin. Mikroblar kasallangan sigirning qaynatilmagan suti orqali ham yuqishi mumkin. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, odam organizmiga sil mikroblari tushganda hamma vaqt ham kasallik sodir bo'lavermaydi. Odatda, zaiflashgan, chiniqmagan odam organizmida mikrob yashashi va ko'payishi uchun qulay sharoit bo'ladi. Natijada bunday odam kasallanadi.
Sil kasalligining belgilari quyidagilar: darmonsizlik, ishtaha yo'qolishi, uxlagan vaqtda terlash, bOl-gan sari oza borish, rangning oqarib-sarg'ayishi, bo'yin, qo'ltiq osti limfa bezlarining mosh, no'xat hajmida kattalashib, barmoq bilan paypaslaganda sezilishi. Bu belgilar paydo bo'lishi bilanoq kasallik aniqlanib, unga davo qiIinmasa, asta-sekin bemor yo'talib balg'am ajrata boshlaydi. Bu esa o'pka silining chuqurlashganini bildiradi. O'pka siIidan tashqari, jag' osti limfa bezlari sili, ichak va bUyrdk siIi, suyak siIi va boshqa a'zolarning sil kasalligi bo'ladi. Sil kasalligining oldini olish uchun odam yoshlik chog'idanoq kasallikka berilmaslik choralarini ko'rishi lozim. Shaxsiy gigiye¬na qoidalariga. amal qilish, tartib asosida sifatli ovqatlanish, badantarbiya, mehnat rejimiga rioya qilish zarur. Bulardan tashqari, bolalar chaqaloqligidan bosWab to maktablli bitirgunicha ma'lum muddatlarda silga qarshi emlanadi. Har yili bir marta tibbiy ko'rikdan o'tib turishi lozim. Kasallikning yuqorida aytib o'tilgan belgilari sezilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat etish zarur.

Nafas olish a'zolari gigiyenasi

Nafas olish a'zolarining normal rivojlanishi, ularni har xiI kasalliklardan muhofaza qiIishda gigiyena qoidalariga rioya etish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun avvalo har bir odam yosh¬likdan bosWab burun orqali nafas olishga odatIanishi kerak. Chunki burun shilliq pardasida mayda tukchalar bo'lib, ular havodagi chang zarrachalari, mikroblar, viruslarni tutib qoladi va ichki nafas a'zolariga o'tkazmaydi. Bundan tashqari, burun shilliq pardasi bir necha qavatdan tuzilganligi uchun u juda katta sathga ega (2 m'). Burun shilliq qavatining bunday tuzilishi burun bo'shlig'i orqali sovuq havo o'tayotganda uning isishiga imkon beradi. Bunday isigan havo nafas olish a'zolarini shamollashdan saqlaydi. Shuningdek, havo burun bo'shlig'i orqali o'tganda namlanadi.
Odam yoshligidan, ayniqsa yurganda, chopganda, jismoniy mashq bajarganda burun orqali chuqur nafas olish va chiqarishga odatlanishi kerak. Buning natijasida nafas harakatlarida ishtirok etuvchi qovurg'alararo muskullar va diafragma yaxshi rivojlanadi,o'pkaning tiriklik sig'imi ortadi. Organizmni turli sharoitda chiniqtirish, sovuq suvda yuvinish, ochiq havoda sayr qilish va mashq bajarish kabilar nafas olish organlari kasalliklarining oldini olishga yordam beradi.
Chekishning nafas olish a'zolariga zararli ta'siri. Chekish eng zararli odatlardan biri hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlardan ma'lum bo'lishicha, tamaki tutuni tarkibida 3 mingdan ko'proq zaharli modda bor ekan. Shulardan nikotin, ammiak, karbonat angidrid, benzol kabilar odam organizmining barcha a'zolariga, jumladan, nafas olish a'zolariga zaharli ta' sir ko'rsatadi. Masalan, tamaki tutuni tarkibidagi karbonat angidrid qonning eritrotsitlari tarkibidagi gemoglobin bilan birikib, miya, yurak va boshqa hayotiy muhim a'zolarning kislorod bilan ta'minlanishini buzadi.
Tamaki tutuni tarkibida o'sma (rak) kasalligini yuzaga keltiruv¬chi 50 dan ortiq kanserogen moddalar bor. Shuning uchun chekuvchilar orasida chekmaydiganlarga qaraganda o'pka o'smasi 20 marta ko'p uchraydi. Chekuvchi o'z organizmini zaharlashidan tashqari, atrofdagi odamlar sog'lig'i uchun ham katta zarar yetkazadi.
















Chekilayotgan sigaretadan va chekuvchining nafas organlaridan ajraladigan tutun tarkibidagi zaharli moddalar atrof¬muhit havosini ifloslaydi va havo bilan atrofdagi odamlarning nafas organlariga kiradi. Ayniqsa, chekuvchi o'z oila a'zolariga ko'p zarar yetkazadi. Kuzatishlardan ma'lum bo'lishicha, chekuvchi erkak¬larning xotinlari chekmaydigan erkaklarning xotinlariga nisbatan 4 yil kam umr ko'rar ekan. Ular, ayniqsa, o'sma, surunkali bronxitkasalliklari bilan ko'p kasaJlanadi. Chekuvchilar oilasidagi bolalar doimo zararlangan havodan nafas olganligi tufayli ularda nafas organlarining yaJlig'lanish va aJlergiya kasalliklari ko'p uchraydi. Xalqaro Sog'liqni Saqlash Tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, chekish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklardan har yili dunyoda ikki yarim million kishi halok bo'ladi. Chekish oilaga katta moddiy zarar ham yetkazadi.







Yüklə 306,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin