Atmosfem bosimi 760 mm simob ustuniga teng bo'lganida, odamorganizmidagi barcnil' fiziologik amyonlar, jumladan, nafas olish jarayoni ham normal o'tadi. Havo bosimining pasayishi yoki ko'tarilishi nafas olish jarayoniga ma'lum damjada salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Atmosfera bosimi past bo'lganda, ya'ni baland tog'lar ustida, samolyotda yuqoriga ko'tarilganda havo tarkibida kislorod kamayadi. Bunday sharoitda organizmda kislorod yetishmasligi tufayli (gipoksiya) odamda tog' kasalligining belgilari yuzaga keladi: nafas olish va yurak urishi tezlashadi, bosh og'riydi, ko'z tinadi, ko'ngil ayniydi. Agar bunda zarur miqdorda kislorod yetkazib berilmasa, u hushini yo'qotishi mumkin. Shuning uchun ham samolyotda uchganda havoga kislorod qo'shib beriladi.
Tog'li joylarda yashovchi odamlar shu sharoitga mosIashgan bo'ladi. UIarning .qonida eritrotsitlarning soni .ko'payadi, bu esa havodagi kislorodni ko'proq miqdorda o'zlashtirishga yordam beradi. Normal atmosfem bosimi sharoitida yashaydigan odamlar tog'li joylarga borishi zaruriyati tug'ilganda, ular balandlikka bir¬daniga emas, balki asta-sekin, organizmini moslashtirgan holda ko'tarilishi kemk. Shunda tog' kasalligining oldini olish mumkin.
Yuqori atmosfera bosimi sharoitida, ya'ni suv ostida, chuqur g'orliklarda odam qoni tarkibida, to'qima va hujayra suyuqliklarida erigan gazlarning n,iqdori ko'payadi. Ayniqsa, azot gazi erigan holda miyaning qon tomirlarida to'planadi. Agar odam bundaysharoitdan juda tezlik bilan normal bosimli sharoitga o'tsa, erigan azot gazi mayda pufakchalarga aylanib, qon tomirlarida tiqilib qoladi va Kesson kasalligi yuzaga keladi. Bunda odamning boshi aylanadi, ko'ngli aynib qusadi, hamma bo'g'imlarida va belida og'riq paydo bo'ladi, ba'zan hushini yo'qotishi mumkin. Bunday hollarda yordam ko'rsatish uchun bemomi yana suv ostiga yoki yuqori bosimli boshqajoyga (maxsus kameraga) o'tkazish kerak. Bu kasallikning oldini olish uchun yuqori bosimli joydan havo bosimi normal sharoitga asta-sekinlik bilan o'tish kerak. Shunda qonda erigan gazlar pufakchalarga aylanmaydi va qon tomirlariga tiqilib qolmaydi. Bundan tashqari, suv ostida ba'zi ishlarni bajaradigan mutaxassislarga maxsus ballonlarda nafas oladigan havosiga azot gazi o'miga geliy gazi qo'shib beriladi. Chunki geliy gazi yuqori bosimli sharoitda erimaydi va qon tomirlarida gaz pufakchalarni hosil qilmaydi.