O’zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti



Yüklə 1,65 Mb.
tarix04.04.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#93324
Mustaqil ish Iqtisodiy tahlil va audit

O’zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi Toshkent Arxitektura Qurilish Universiteti Iqtisodiyot va ko’chmas mulkni boshqarish fakulteti Ko’chmas mulkni boshqarish fanidan

TAQDIMOT


Guruh: 29/19
Tekshirdi: Bajardi: Usmonova Shahrinoz
MAVZU: Auditorlik faoliyatining milliy standartlari

Reja:

  • 1-§. Auditorlik faoliyatining milliy standartlari;
  • 2-§. Auditorlik faoliyatining milliy va xalqaro standartlari;
  • Xulosa
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining ikkinchi pog’onasi – auditorlik faoliyatining milliy standartlarini (AFMS) va boshqa me’yoriy hujjatlarni o’z ichiga oladi. Auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS) – bu barcha auditorlik tashkilotlari o’zlarining professional faoliyatlari jarayonida rioya qilishlari lozim bo’lgan yagona asosiy tamoyillardir. Standartlar O’zbekiston Respublikasi Moliyaviy Vazirligida Buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit uslubiyoti boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlanadi va Adliya Vazirligida ro’yxatga olinadi. O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati Milliy Standartlari (AFMS) Auditning Xalqaro Standartlari – AXS (International Standards of Auditing - ISA) negizida ishlab chiqiladi va asosan auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish qoidalarini belgilaydi. Bu qoidalar moliya xo’jalik faoliyatining barcha sub’ektlarida bir xil qo’llaniladi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifatini va uning natijalari ishonchliligini kafolatlaydi.
Auditorlik standartlarining ahamiyati quyidagilardan iborat:
ularga rioya qilinganda auditorlik tekshiruvlarining yuqori sifatli bo’lishi ta’minlanadi;
auditorlik amaliyotiga yangi ilmiy yutuqlarni joriy qilishga yordam beradi;
muayyan vaziyatlarda auditorlar qanday ish tutishlarini belgilab beradi;
Hozirgacha auditorlik faoliyatiga doir masalalarni aks ettiruvchi quyidagi milliy standartlar qabul qilingan:
Uchinchi pog’ona- standartlarni tadbiq qilish uchun zarur hujjatlar to’plami, ya’ni auditorlik tashkilotining ichki ishchi standartlaridan iborat. Bu hujjatlar standartlarni qo’llash va standartlar asosida auditorlik faoliyatini tashkil etishga doir ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Auditorlik tashkilotlari bilan mijoz-korxona o’rtasidagi munosabatlar O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Auditorlik xizmati ko’rsatish shartnomasi audit predmetini, xizmat ko’rsatish joyini, haq to’lash hajmi va tartibini, tomonlarning javobgarligini o’z ichiga oladi. Shartnoma shartlari va topshiriq mazmuni O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga zid bo’lmasligi lozim.
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga muvofiq auditorlik faoliyati bilan faqat yuridik shaxs huquqiga ega auditorlik tashkiloti shug’ullanishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir. Auditorlik tashkilotlari o’z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining shakllanishi va rivojlanishida professional jamoat tashkilotlari muhim o’rin tutadi.
I. O’zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy assotsiatsiyasi (O’BAMA) – buxgalterlar, auditorlar, ilmiy va pedagogik xodimlar, soliqlar bo’yicha maslahatchilarning respublika jamoat tashkiloti bo’lib, o’z a’zolarini ular manfaatlari va maqsadlarining umumiyligi, hududiy yoki professional tamoyillar bo’yicha birlashtiradi. Assotsiatsiya O’zbekiston Respublikasida buxgalterlar va auditorlar kasb malakasini rivojlantirish va ularni xalqaro standartlar talablariga moslashtirishni ta’minlaydi. Shuningdek, buxgalterlar va auditorlarni professional himoyalashda amaliy yordam ko’rsatadi. Assotsiatsiya buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, soliqqa tortish, xususiylashtirish, qimmatli qog’ozlar bozori, korxonalar moliya- xo’jalik faoliyatining tahlili va moliyaviy menejment bo’yicha qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Shu bilan birga yuqorida sanab o’tilgan masalalar bo’yicha maslahatlar beradi va «hammasi buxgalterlar uchun» nomli oylik byulleten, o’quv, me’yoriy hamda uslubiy adabiyotlar nashr qiladi.
II. O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP) – malaka sertifikatiga ega mustaqil auditorlarni ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi, mustaqil notijorat jamoat tashkiloti. Auditorlar Palatasining asosiy maqsadi auditorlarning professionallik darajasini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlashga yordam ko’rsatish, o’z a’zolarining kasbga oid manfaatlarini davlat va jamoat organlarida himoya qilish, hamda kasbga oid talablar bo’yicha barcha o’zgarishlar to’g’risidagi va axborot ta’minoti bo’yicha aloqa o’rnatishdan iborat.
Auditorlar Palatasining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
 audit sohasiga oid me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
 o’quv dasturlarini hamda malakaviy imtixonlarni topshirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash;
 auditorlik malaka sertifikatini olish uchun da’vogarlar uchun malakaviy imtihonlarni o’tkazish;
 auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha o’quv markazlari tashkil etish;
 auditorlarni kasb ahloqi kodeksi qoidalariga rioya qilishini nazorat qilish;
 O’zbekiston auditorlar palatasi a’zoligiga malakali auditorlarni jalb etish uchun xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatimiz organlari bilan hamkorlik qilish;
 O’zbekiston Respublikasi auditorlarining boshqa davlatlar jamoat tashkilotlari tomonidan tan olinishiga erishish.
Turli mamlakatlar iqtisodiyotida bozor munosabatiaxining rivojlanishi, integratsiya jarayonining kengayishi, bir qator auditorlik lirm alarining xalqaro miqyosda faoliyat yurituvchi firmalarga aylanishi kabi jarayonlaming ro‘y berishi auditorlik faoliyatini xalqaro miqyosda birxillashtirish zaruriyatini yuzaga keltirdi. Bu zaruriyat asosida 1977-yilda tashkil etilgan Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi qoshida Xalqaro audit amaliyoti qo‘mitasi (International auditing practices committee) tashkil etildi.
1.
Bu qo‘mita tomonidan tayyorlangan standartlar audit amaliyotini xalqaro miqyosda birxillashtirishga qaratilgan. Ammo bu standartlar turli davlatlarda turli darajada qo‘llaniladi. Shunga ko’ra ularni to 'rt asosiy guruhga ajratish mumkin:
davlatlar xalqaro standartlarni to‘lig‘icha, dastlabki ko’rinishda qabul qiladilar;
Shu sababli, ko'pgina davlatlar milliy standartlami ishlab chiqish va xalqaro standartlarni qo‘llash jarayoniga ehtiyotkorlik bilan yondashadilar. Misol uchun, Kanada, Buyuk Britaniya, AQSH kabi davlatlarda milliy auditorlik standartlarini ishlab chiqish jarayonida xalqaro standartlarning faqatgina ba’zi elementlariga murojaat etiladi. Avstraliya, Braziliya, Niderlandiya kabi davlatlarda esa milliy auditorlik standartlari to‘lig‘icha xalqaro standartlarga asoslangan holda tuziladi. Respublikamizda auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqish jarayonida ham xalqaro standartlarga amal qilinadi. Malayziya, Singapur, Nigeriya kabi davlatlarda esa milliy standartlar tuzilmagan va ularda auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari milliy standart sifatida qabul qilinadi.

Xulosa:

  • Auditorlik faoliyati standartlari auditorlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va asoslarini tartibga soluvchi, shuningdek, auditorlar uchun tekshiruv o'tkazish borasidagi o‘z majburiyatlarini amalga oshirishlariga yordam berish maqsadida qabul qilingan umumiy qonun-qoidalar tizimidir. Tekshiruv davomida auditorlik standartlariga amal qilish tekshiruvning yuqori sifatli o'tishi va ishonch bo'lishini ta’minlaydi. Auditorlik standartlari auditor faoliyati to‘g‘riligini umumiy belgilab bersada, auditor tomonidan qo‘llanilgan barcha uslubiyatlar to ‘g‘riligini anglatmaydi.
  • Hozirda respublikamizda auditorlik faoliyatining barqaror rivojiga qonun-hujjatlar asosida keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda, xususan, 2006-yil 1-apreldan e’tiboran № PQ -325 qarorning 4-ilovasidagi ro‘yxatga muvofiq auditorlik sohasida xizmat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar uch yil muddatga daromad (foyda) solig'i va yagona soliq to’ovi to'lashdan ozod etildi. Soliqqa tortishdan ozod etilgan bu mablag‘lar esa auditorlik firmalarining xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan milliy auditorlik firmalarining moliya bozorida mustahkam o‘rin egallashlariga katta zamin yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

  • Subramanyam, K. R. Financial statement analysis. Eleventh edition. 2014 by McGraw-Hill Education. 814 p.
  • Alvin A. Arens, Randal J. Elder, Mark S. Beasley. Auditing and assurance services: an integrated approach. 14 thedition. 2012 byPearsonEducation, Inc. 889 p.
  • Берднюкова Т.Б. Анализ и диагностика финансово-хозяйственной деятельности предприятия. Учебник. –М.: Инфра-М., 2010. -293 с.
  • Tulaxodjayeva М., Ilxomov Sh.. Audit. O’quv qo’llanma. – Т.: “Iqtisodiyot”, 2012. - 170 b.
  • Pardayev M.Q., Isroilov B.I. Iqtisodiy tahlil. O’quv qo’llanma. – T.: Mehnat, 2004. -490 b.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin