O’zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi
Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti
Arxitektura fakulteti
“Iqtisodiyot va ko`chmas mulkni boshqarish” kafedrasi
“Xorijiy investitsiyalar” fanidan
TAQDIMOT
Mavzu: Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishda horijiy investitsiyalarni o’rni
Guruh: 3-17 QHALTE
Talaba: Voxidov Otabek
Tekshirdi: Kat. O`qt. Ashurova Z.
Toshkent-2021
Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishda horijiy investitsiyalarni
o’rni
REJA:
1. Erkin iqtisodiy hudud
2.
Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishda horijiy
investitsiyalarni o’rni
3. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida
mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalarga investitsiyalar
jalb qilish istiqbollari
Erkin iqtisodiy hudud
Erkin iqtisodiy zonalar
-davlatlararo
kelishuvlarga yoki maxsus qonunlarga muvofiq,
xoʻjalik va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan
shugʻullanish uchun imtiyozli soliq, moliya, huquqiy
sharoitlar joriy qilinadigan muayyan hududlar.
Xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb etish
maqsadlarida tashkil etiladi va ularda zarur ishlab
chiqarish va ish yuritish infratuzilmasi barpo etiladi.
Erkin iqtisodiy zonalarz. koʻp hollarda davlatlararo
tutash hududlarda (bir necha davlatlarning
chegaralari tutashgan hudud), xalqaro aeroportlar,
port shaharlarda yoki transport yoʻllari tutashgan
hududlarda tashkil etiladi.
Erkin iqtisodiy zonalarda
alohida xalqaro huquqiy status joriy etiladi. Lekin u qayerda
joylashishidan qatʼi nazar, shu mamlakatning ajralmas boʻlagi hisoblanadi, barcha amaliyotlar (yer
ajratish, firma va kompaniyalarni tashkil etish, chegaradan yuklarni, tovarlarni olib kirish va olib
chiqish, boj toʻlovlari, soliq toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar, qaysi valyuta yoki valyutalar toʻlov
vositasini oʻtashi, hududni boshqarish tartibi va boshqalar) qabul qilingan qoidalar asosida tezkorlik
bilan bajariladi. Erkin iqtisodiy zonalarz.ni tashkil etishdan maqsad koʻplab yangi texnologiya,
investitsiyalarni jalb qilib, rivojlangan iqtisodiy makon yaratish va shu yoʻl bilan mamlakat
iqtisodiyotini tezkorlik bilan rivojlantirishdir.
Erkin iqtisodiy zonalarni
hozirgi zamon iqtisodiy integratsiya jarayonlarining mahsuli, deb
qarash unchalik toʻgʻri emas. Uning tarixi juda koʻhna. Erkin iqtisodiy zonalarz. tarixi mil. boshlariga
borib taqaladi. qadimiy finikiyaliklar, yunonlar va rimliklar savdo ishlarini rivojlantirish maqsadida
chet el savdo kemalarining oʻz portlariga erkin kiribchiqishini va ularning xavfsizligini
taʼminlaganlar. 16 va 17-asrlarda Yevropaning qator shaharlari oʻzlarini "erkin savdo shaharlari"
deb eʼlon qilganlar. Buyuk Amir Temur davrida Samarqand ana shunday erkin savdo markazi
boʻlgan, mamlakatning barcha karvon yoʻllari hokimiyat himoyasiga olingan.
Erkin iqtisodiy zonalar
ning har xil turlari mavjud: erkin omborxonalar, erkin bojxonalar zonalari, ilmiytexnika zonalari. Ular AQShda
texnoparklar, Yaponiyada texnopolislar deb ataladi. Shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar (asosan, eksportga ixtisoslashgan) ham mavjud.
Dastlabki Erkin iqtisodiy zonalarz.lardan biri Irlandiyada "Shennon" aeroportida (1959) tashkil etilgan edi. Keyinroq shunday zona Angliyadagi
"DogAylend" aeroportida paydo boʻldi. Baʼzi Erkin iqtisodiy zonalarz,lar ancha yirik hududlarda tashkil etiladi. Mas, Braziliyadagi Manaus,
Xitoydagi maxsus iqtisodiy hudud "Shenjen" va boshqalar shunday zonalardir. Jahon amaliyotida Erkin iqtisodiy zonalarz.lar rivojlangan (Buyuk
Britaniya, Germaniya, Niderlandiya, AQSH va boshqalar), shuningdek, rivojlanayotgan (Braziliya, Koreya Respublikasi, Malayziya va boshqalar)
mamlakatlarida ham tashkil etildi. Erkin iqtisodiy zonalarz.ga chet el kapitalini jalb qilish Xitoy siyosatida ancha keng qoʻllanildi. 20-asr
oxirlarida Erkin iqtisodiy zonalarz.lar Birlashgan Arab amirliklari, Rossiya va Polshada tashkil etildi. Rossiya va Xitoy hamkorligida tashkil etilgan
Blyagovanichensk — Xeyxe, Qora dengiz boʻyi, Kaliningrad viloyatidagi "Yantar" Erkin iqtisodiy zonalarz.lari ham shunday makonlardir. Hozir
jahonda 600 dan ortiq Erkin iqtisodiy zonalarz. mavjud.
Oʻzbekistonda
Erkin iqtisodiy zonalar
gʻoyasi milliy
iqtisodiyot taraqqiyoti uchun ijobiy baholandi. Shu bois
1996 yilning 25 aprelda mamlakat parlamenti
Oʻzbekiston Respublikasining "Erkin iqtisodiy zonalar
toʻgʻrisida" qonunini qabul qildi. Bu qonun chet el
investitsiyalari, savdo va sanoat sohalarining
rivojlanishi, aholini ish bilan taʼminlashni yaxshilash
uchun qulay sharoit yaratishga meʼyoriyhuquqiy asos
yaratdi.
Dostları ilə paylaş: |