O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
VAZILIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
AMALIY ISH
TOPSHIRDI: Soatov O
Tekshirdi: dots.Ismoilova G
Guruh: 705-222
Toshkent 2023
BUYUMLAR INTERNETI VA UNDA XAVFSIZLIK CHORALARINI ISHLAB CHIQISH
Buyumlar Interneti bugungi kunda Inson taraqqiyoti va kelajakdagi ijtimoiy rivojlanishiga, ishlab
chiqarishiga ulkan o'zgarishga sabab bo’layotgan texnologiya sifatida rivojlanib bormoqda.
Buyumlar Interneti inson va foydalanuvchilarning ko‘p maqsadlarini amalga oshiruvchi, hamda apparat,
yoki qurilmalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlovchi rivojlanayotgan texnologiyalar jamlanmasi
hisoblanadi. Boshqa so‘z bilan aytganda, buyumlar Internetiga ko‘plab simsiz sensor va datchik tarmoq
(Wireless Sensor and Actuator Network, WSAN), radio chastotasini aniqlash (Radio Frequency
Identification, RFID) tarmoqlari tarkibiy elementlari sifatida rivojlanayotgan texnologiyalar jamlanmasi
sifatida qarash mumkin
Buyumlar Internetining asosiy maqsadi obyektlar o‘rtasida avtomatik tarzda aloqani ta’minlash
(ma’lumotni uzatish, qabul qilish, qayta ishlash) kabi jarayonlarni Internet orqali amalga oshirish
hisoblanadi va lokal tarmoqdagi obyektlarni global tarmoqqa standart protokollardan foydalangan holda
ulanish nazarda tutiladi.
Ushbu maqolada buyumlar Interneti (Internet of things)ni sathlari, qo’llanilish sohasi xususan buyumlar
Interneti sathlari bo’yicha himoyalanish usullari keltirilgan.
Buyumlar Interneti texnologiyalarini rivojlanib borishi o’z navbatida uning xavfsizligiga bo’lgan talabni
ortishiga sabab bo’lmoqda. Ushbu maqolada buyumlar Interneti sathlari, qo’llanilish sohasi tadqiq
etilgan. Shu bilan birga, har bir sathlaridagi hujumlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |