О‘zbеkistоn rеspublikаsi raqamli texnologiyalar vаzirligi muhаmmаd аl-xоrаzmiy nоmidаgi tоshkеnt аxbоrоt tеxnоlоgiyаlаri univеrsitеti sаmаrqаnd filiаli



Yüklə 464,17 Kb.
tarix10.05.2023
ölçüsü464,17 Kb.
#110535
Qo\'ziboyev Obidjon (1)


О‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VАZIRLIGI
MUHАMMАD АL-XОRАZMIY NОMIDАGI TОSHKЕNT АXBОRОT TЕXNОLОGIYАLАRI UNIVЕRSITЕTI SАMАRQАND FILIАLI

“Tеlеkоmmunikаtsiyа tеxnоlоgiyаlаri vа kаsb tа’limi” fаkultеti


“Axborot xavfsizligi” kаfеdrаsi
5330300 – Axborot xavfsizligi yo‘nalishi


AMALIY ISH_1

Mavzu : Shadow defender o'rnatish.
Kiber-huquq va kiber-etika fanidan
308 – guruh talabasi
Bajardi : Qo’ziboyev Obidjon.
Tekshirdi : Sharipova U
SАMАRQАND – 2023




"Shadow mode" rejimi - bu Windows OT ishga tushgandan so'ng bu tizimda biz nima ish qilsak ham Windows OT dagi hech qanday ma'lumot o'chib ketmaydi, xattoki tizim fayllaridan birini o'chirib yuborsak ham OT zarar ko'rmaydi. Bu usul do'stlar bilan hazillashishda, yoki uyingizda kichkinagini do'stingiz bo'lsa va u kompyuterni titishni xush ko'rsa, bu sizga ancha yordam beradi. Yana bu rejimda tizimga hech qanday o'zgartirish kiritmasligi ayni muddaodir. Buni amalga oshirish uchun bizga "Shadow mode" dasturi kerak bo'ladi ("Shadow mode" ni bosish orqali dasturni ko'chirib olish uchun kerakli havolaga o'tasiz). Buni quyidagi ketma-ketliklar orqali amalga oshiramiz:
1.Dasturni kompyuterimizga o'rnatamiz. U oddiy dasturni o'rnatganimiz kabi amalga oshiriladi va quyidagicha "icon" ka ish stolimizda paydo bo'ladi:

2.So'ng bu dasturni ishga tushiramiz va bizda quyidagicha oyna ochiladi:

3.Biz o'zimizga kerakli diskni yoki disklarni (volume)"Shadow mode" rejimiga o'tkazish uchun belgilab olamiz. Mening holatimda bitta disk ya'ni volume "C" ni belgilaymiz va "Enter Shadow Mode" tugmasini bosamiz.

4."Enter Shadow Mode" tugmasini bosganimizdan so'ng bizda quyidagicha oyna ochiladi:

5.Bu yerda 2 xil rejimni ko'rish mumkin:
1.Kompyuter ixtiyoriy ravishda o'chirib yoqishimiz bu rejimni faol bo'lishiga ta'sir qilmaydi. Ya'ni bu rejimda siz faqat dastur sozlamalari orqali bu rejimni o'chirsangizgina "Shadow mode" rejimidan chiqa olasiz.
2.Bu rejim ishga tushgandan so'ng kompyuterni o'chirib yoqsangiz "Shadow mode" rejimidan chiqib keta olasiz, ya'ni kompyuter o'chib yonadi va sizning kompyuter odatiy tarzda ishlayveradi.
Kerakli rejimni tanlaymiz va "OK" tugmasini bosamiz:

6. So'ng bizda quyidagicha sozlash ishlari boshlanadi:

7.Biz bu rejimni faollashtirganimiz to'g'risida xabar beruvchi oyna ochiladi:

Ana endi siz ixtiyoriy ishni qilsangiz ham kompyuteringizdagi hech qanday ma'lumotingiz o'chib ketmaydi (ESLATMA!!! Dasturni to'g'ri ishga tushirganligingizni biror kichik hujjatni o'chirib ko'rib tekshirib ko'rish tavsiya etiladi).
Bizda 5-bandagi 1-rejim ishga tushganda undan chiqishni quyidagicha amalga oshirasiz:
1.Dasturga kiramiz va "Exit All Shadow Modes" tugmasini bosamiz:

2.Bizdan kompyuterni qayta yuklash talab etiluvchi oyna ochiladi va o'zimizni xoxishimizga ko'ra kompyuterni o'chirib yoqish, o'chirish yoki keyinroq qayta yuklash lardan birini tanlash so'raladi. Bunda bu rejimdan chiqish uchun kompyuter bir marta o'chirib yoqish kerakligi tushuniladi (ESLATMA!!! bunda o'zingiz (bu dasturga kirmay turib) o'chirib yoqishingiz ish bermaydi, yuqorida ko'rsatilgan yo'l bo'ylab amalga oshirilgan kompyuterni o'chirib yoqish talab etiladi).
Yüklə 464,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin