O‘zbekiston respublikаsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali


 - topshiriq bo`yicha qisqacha nazariy ma’lumot



Yüklə 12,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/167
tarix24.09.2023
ölçüsü12,7 Mb.
#148001
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   167
Majmua TX 2022

1 - topshiriq bo`yicha qisqacha nazariy ma’lumot 
STP protokoli OSI modelining kanal pog`onasi protokoli bo`lib, IEEE 802.1d standartida 
asosida tavsiflangan. STP protokoli 1985 yilda Radia Perlman tomonidan ishlab chiqilgan. 
Protokolning quyidagi spetsifikatsiyalari mavjud: PVSP+, RSTP, MSTP, SPM. 
STP protokolining asosiy maqsadi Ethernet tarmog`idagi ixtiyoriy topologiyada bir-biriga 
bog`langan bir nechta kommutatorlar o`rtasidagi kanalda pet (petel) hosil bo`lishini oldini olishga 
qaratilgan. STP protokoli tarmoqda kommutatorlar bir-biri bilan bog`lanishlarning mantiqiy daraxtini 
yaratishga asoslangan. Daraxtning yuqori qismida ildiz kommutator (Root switch) va undan keyingi 
filial (otvetvleniya), ya’ni ildiz bo`lmagan kommutatorlar joylashadi. Kommutatorlar bir-biri bilan 
bog`langan holatda, asosiy magistral kanalni ishlatib, boshqa kanallarni fizik jihatdan bog`lab, lekin 
mantiqiy jihatdan avtomatik bloklab qo`yish imkoniyatini beradi (5.2-rasm). Daraxtni qurish jarayoni 
quyidagi bosqichlardan iborat: 

Ildiz kommutatorni tanlash (root switch); 

Ildiz portlarni tanlash (root port); 


114 

Belgilangan portlarni tanlash (designated port). 
5.2-rasm. STP protokolidagi port turlari 
Tarmoqda asosiy bo`lgan ildiz kommutatorni tanlashda kommutatorlarning eng kichik imtiyoz 
(prioritet) qiymati yoki uning ID qiymati asosida tanlanadi. Bu yerda ID qiymati kommutatorning 
MAC manzili anglatadi, ya’ni eng kichik qiymati tarmoqda ildiz kommutator hisoblanadi. 
Kommutatorlar har 2 soniyada bir-biriga Hello BPDU kadrlarni jo`natib qaysi biri ildiz 
kommutatorligini belgilab olishadi. Qo`shnilardan olingan kadrlarning imtiyoz va ID identifikator 
qiymatlarini taqqoslanadi va ularning qiymatlari yuqoriroq bo`lsa, u ildiz lavozimiga da’vo qilishni 
to`xtatadi va g`olibga Hello BPDU xabarini tarqatishni boshlaydi. Shuni bilishimiz kerakki, imtiyozlar 
taqqoslanganda ular teng qiymat bo`lib qolsa, u holda ularning ID taqqoslash orqali ildiz kommutator 
tanlanadi.
Multiple Spanning Tree Protocol (MSTP) IEEE 802.1s standartida tavsiflangan va keyinchalik 
IEEE 802.1Q-2003 bilan qo`shimchalar kiritilgan. MSTP protokoli bir nechta STP protokoli nusxasini 
qo`llab-quvvatlash maqsadida IEEE 802.1w (RSTP) standartini takomillashtirilgan ko`rinishi. U 
tarmoqni tezroq ishlashini, VLAN sozlangan tarmoqda yuklamani balanslash imkoniyatini ta’minlaydi. 
802.1s MSTP standartiga qo`shimcha 802.1Q standartida qo`shimcha kiritilgan. 

Yüklə 12,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin