118
Agregatsiya kanallar ikkita kommutator, kommutator va marshrutizator, kommutator va xostlar
o`rtasida yaratilishi mumkin.
Cisco da kanallarni agregatsiyalash uchun quyidagi uchta variantdan biridan foydalanish
mumkin:
LACP
(Link Aggregation Control Protocol) standart protokol;
PAgP (Port Aggregation Protocol);
Protokoldan foydalanmaydigan statik agregatsiyalash.
EtherChannel mantiqiy kanal fizik kanal bo`ylab
kadrlarni taqsimlaydi, raqamli belgiga ega
kadrda manzil to`g`risida axborotlarga tegishli
ikkilik shablonda ifodalaydi, dastlabki bosqichida
mantiqiy kanalda fizik kanallardan biri tanlaniladi. EtherChannel kanallarni taqsimlash Cisco xeshlash
algoritmiga asoslanadi.
Cisco qurilmasida kanalni agregatsiyalashni sozlashda bir nechta terminlardan foydalaniladi:
-
EtherChannel — kanallarni agregatsiyalash texnologiyasi. Termin
kanallarni agregatsiyalash
uchun Cisco da foydalaniladi. EtherChannel dan ekranlanmagan juft o`ramli kabellar (UTP) yoki bir
va ko`p moddali optik tolali kabellar orqali
lokal tarmoqda kommutatorlarni, marshrutizatorlar,
serverlar, mijozlar bir-biri bilan bog`lashda foydalaniladi.
–
port-channel — mantiqiy interfeys, ya’ni fizik interfeyslarni birlashtiradi.
–
channel-group — bu buyruq qaysi mantiqiy interfeys fizik interfeysda joylashganligini
va qaysi agregatsiyalash rejimidan foydalanishi ko`rsatadi.
5.7-rasm. Port-channel mantiqiy interfeys
Bu terminlar kanallarni agregatsiyalashda foydalaniladi.
Sxemada channel-group buyrug`idan keyingi son Port-channel
mantiqiy interfeys raqamini
bildiradi. Ikki tarafi Agregatsiyalangan kanalli mantiqiy interfeys raqami bir-biriga mos kelishi kerak.
Raqam bitta kommutatorda turli port guruxlarini farqlashda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: