121
Ma’lumot uzatish tarmoqlarining samaradorligini oshirish va xavfsizligini ta’minlashda
lokal
tarmoqlarda VLAN lar tashkil etiladi. VLAN tarmog`i
fizik emas, mantiqiy bog`lanishga
asoslangan
bo`lib, lokal tarmoqda qurilmalarni guruhlaydi. VLAN tarmog`i doirasidagi
qurilmalar guruhi xuddi
qurilmalar bitta o`tkazgich yordamida ulangandek bo`ladi.
VLAN tarmog`i administratorga foydalanuvchilarni yoki qurilmalarni qayerda joylashganligiga
bog`liq bo`lmagan holda qo`llanilish sohasi yoki loyihalash guruhi funktsiyasi bo`yicha
segmentatsiyani amalga oshirishga yordam beradi. Kommutatorning ixtiyoriy porti VLAN ga tegishli
bo`lishi mumkin. Bir adresli (unicast), ko`p adresli (multicast) va keng eshittirishli (broadcast)
paketlarni uzatish va qabul qilish faqat o`sha VLAN doirasida bo`ladi. Har
bir VLAN alohida mantiqiy
tarmoq hisoblanadi. VLAN ga tegishli bo`lmagan stantsiyalar paketlarni jo`natish
uchun
marshrutizatorlar orqali uzatiladi.
VLAN tarmog`i LAN ning bir nechta segmentlarini qamrab oluvchi mantiqiy keng eshittirishli
(broadcast) domenni yaratadi. VLAN tarmog`i quyidagi avzalliklarga ega:
Xavfsizlik:
muhim ma`lumotlarga ega bo`lgan guruhlarni tarmoqning
boshqa qismlaridan
ajratiladi. Uning yordamida axborotni maxfiyligini buzilish
extimolligini kamaytiradi;
Xarajatlarni kamaytirish:
o`tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish
va qimmat tarmoq
inrastrukturalari yangilanishini arzonligi;
Samaradorlikni oshirish:
tarmoqni ikkinchi pog`onada bir nechta mantiqiy guruhlarga bo`lish
(keng eshittirishli domen) ortiqcha tarmoq trafigini sonini kamaytiradi va samaradorlikni oshiradi;
Keng eshittirishli domenlarni kamaytiradi:
tarmoqni VLANlarga
ajratish keng eshittirishli
domendagi qurilmalar sonini kamaytiradi.
Dostları ilə paylaş: