16
Namuna: foydalanuvchini autentifikatsiyalash turlari
Metodni amalga oshirish tartibi:
ishtirokchilar ikki kishidan iborat juftliklarga birlashtiriladilar va ularga ko‘rib
chiqilayotgan
tushuncha yoki asosning o‘ziga xos, farqli jihatlarini (yoki aksi) doiralar ichiga yozib chiqish
taklif etiladi;
navbatdagi bosqichda ishtirokchilar to‘rt kishidan iborat kichik guruhlarga birlashtiriladi va
har bir juftlik o‘z tahlili bilan guruh a’zolarini tanishtiradilar;
juftliklarning tahlili eshitilgach, ular birgalashib, ko‘rib chiqilayotgan muammo
yohud tushunchalarning umumiy jihatlarini (yoki farqli) izlab topadilar, umumlashtiradilar va
doirachalarning kesishgan qismiga yozadilar.
“Blits-o‘yin” metodi
Metodning maqsadi:
o‘quvchilarda tezlik, axborotlar
tizmini tahlil qilish, rejalashtirish,
prognozlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mazkur metodni
baholash va mustahkamlash
maksadida qo‘llash samarali natijalarni beradi.
Metodni amalga oshirish bosqichlari:
1. Dastlab ishtirokchilarga belgilangan mavzu yuzasidan tayyorlangan topshiriq, ya’ni
tarqatma materiallarni alohida-alohida beriladi va ulardan materialni sinchiklab o‘rganish talab etiladi.
Shundan so‘ng, ishtirokchilarga to‘g‘ri javoblar tarqatmadagi «yakka baho»
kolonkasiga belgilash
kerakligi tushuntiriladi. Bu bosqichda vazifa yakka tartibda bajariladi.
2. Navbatdagi bosqichda trener-o‘qituvchi ishtirokchilarga uch kishidan iborat kichik
guruhlarga birlashtiradi va guruh a’zolarini o‘z fikrlari bilan
guruhdoshlarini tanishtirib, bahslashib,
bir-biriga ta’sir o‘tkazib, o‘z
fikrlariga ishontirish, kelishgan holda bir to‘xtamga kelib, javoblarini
«guruh bahosi» bo‘limiga raqamlar bilan belgilab chiqishni topshiradi. Bu vazifa uchun 15 daqiqa vaqt
beriladi.
17
3. Barcha kichik guruhlar o‘z
ishlarini tugatgach, to‘g‘ri harakatlar ketma-ketligi trener-
o‘qituvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi, va o‘quvchilardan bu javoblarni «to‘g‘ri javob» bo‘limiga
yozish so‘raladi.
4. «To‘g‘ri javob» bo‘limida berilgan raqamlardan «yakka baho» bo‘limida berilgan raqamlar
taqqoslanib, farq bulsa «0», mos kelsa «1» ball quyish so‘raladi. Shundan so‘ng «yakka xato»
bo‘limidagi farqlar yuqoridan pastga qarab qo‘shib
chiqilib, umumiy yig‘indi hisoblanadi.
5. Xuddi shu tartibda «to‘g‘ri javob» va «guruh bahosi» o‘rtasidagi farq chiqariladi va ballar
«guruh xatosi» bo‘limiga yozib, yuqoridan pastga qarab qo‘shiladi va umumiy yig‘indi keltirib
chiqariladi.
6. Trener-o‘qituvchi yakka va guruh xatolarini to‘plangan umumiy yig‘indi bo‘yicha
alohida-
alohida sharhlab beradi.
7. Ishtirokchilarga olgan baholariga qarab, ularning mavzu bo‘yicha o‘zlashtirish
darajalari
aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: