O‘zbekiston respublikаsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali


II. NAZARIY MASHG’ULOT MATERIALLARI



Yüklə 12,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/167
tarix24.09.2023
ölçüsü12,7 Mb.
#148001
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   167
Majmua TX 2022

 
II. NAZARIY MASHG’ULOT MATERIALLARI 
1-MA’RUZA 
MAVZU. TARMOQ XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI. 
REJA: 
1.Axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilishning zaruriyati. 
Tarmoq xavfsizligi vazifalari.
Kompyuter tarmoqlarida xavfsizlik tushunchasi. 
4. Axborotga ruxsat etilmagan murojaat qilishni usullari 
Kalit so‘zlar
:
axborot xavfsizligi, axborot muhofazasi,
 
axborot resurslari,
 
axborot-
kommunikatsiya, maxfiy axborot, 
xavfsizlikka tahdidlar, telekommunikatsiya, tizim sub’ekti 
 
1.Axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilishning zaruriyati. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda 
har qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi muhim 
omillardan biri hisoblanadi. 
Axborot har qanday jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etib, doimiy ravishda o‘sib 
bormoqda. Qadim zamonlardan beri davlat uchun muhim harbiy strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 
ma’lumotlar juda yashirin himoya qilingan. Hozirgi vaqtda mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi va 
marketingi bilan bogoAliq ma’lumotlar ichki va tashqi bozorda talab katta bo‘lgan bozorga aylandi. 
Yangi axborot texnologiyalarining rivojlanishi sanoat josusligi, kompyuter jinoyatlari va maxfiy 
ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish kabi salbiy hodisalar bilan birga keladi. Shuning uchun axborotni 
himoya qilish har qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi bo‘lib hisoblanadi. 
O‘zbekistonda axborotni muhofaza qilishning zaruriyati axborotni muhofaza qilishning davlat 
tizimini yaratilishida va axborot xavfsizligining huquqiy bazasini rivojlantirishda o‘z ifodasini topdi. 
Bu borada O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy xujjatlarida qabul qilindi hamda amalda 
tatbiq etib kelinmoqda [1-2]. 
Mamlakatimizda axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot 
texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon 
tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. 

Yüklə 12,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin