3. Kompyuter tarmoqlarida xavfsizlik tushunchasi. Axborot tushunchasi Axborot xavfsizligi deb, ma’lumotlarni yo‘qotish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan, tabiiy yoki
sun’iy xossali, tasodifiy va qasddan qilingan ta’sirlardan va xar qanday tashuvchilardan axborotning
himoyalanganligiga aytiladi.
Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini
ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va
maxfiyligini ta’minlovchi qatiy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi.
Asosiy tushuncha va atamalar maxfiylik — aniq bir axborotga tegishli shaxslar doirasigina kirishi mumkinligi, ya’ni
foydalanishda qonuniy xujjatlarga muvofiq cheklab qo‘yilib, xujjatlashtirilganligi kafolati.
konfidensiallik — inshonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi kafolati;
yaxlitlik — axborot boshlangoAich ko‘rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash va uzatishda
ruxsat etilmagan o‘zgarishlar qilinmaganligi kafolati;
autentifikatsiya — axborot zaxirasi egasi deb e’lon qilingan shaxs xaqiqatan xam
axborotning egasi ekanligiga beriladigan kafolat;
20
appellyatsiya qilishlik — yetarlicha murakkab kategoriya, lekin elektron biznesda keng
qo‘llaniladi. Kerak bo‘lganda xabarning muallifi kimligini isbotlash mumkinligi kafolati.
Asosiy tushuncha va atamalar ishonchlilik — tizim meyoriy va goAayri tabiiy xollarda rejalashtirilganidek o‘zini tutishlik
kafolati;