Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda har qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Axborot har qanday jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etib, doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Qadim zamonlardan beri davlat uchun muhim harbiy strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar juda yashirin himoya qilingan. Hozirgi vaqtda mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi va marketingi bilan bog‘liq ma’lumotlar ichki va tashqi bozorda talab katta bo‘lgan bozorga aylandi. Yangi axborot texnologiyalarining rivojlanishi sanoat josusligi, kompyuter jinoyatlari va maxfiy ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish kabi salbiy hodisalar bilan birga keladi. Shuning uchun axborotni himoya qilish har qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekistonda axborotni muhofaza qilishning zaruriyati axborotni muhofaza qilishning davlat tizimini yaratilishida va axborot xavfsizligining huquqiy bazasini rivojlantirishda o‘z ifodasini topdi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy xujjatlarida qabul qilindi hamda amalda tatbiq etib kelinmoqda.
Mamlakatimizda axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.