PPTP protokoli kamchiliklari:
Xavfsizlik masalalari yuqori emas
Firewall tomonidan bloklanishi mumkin.
L2TP/IPsec protokoli. L2TP (Layer-2 Tunneling Protocol) protokoli Microsoft va Cisco Systems kompaniyalari
hamkorli IETF organizatsiyasida ishlab chiqilgan. L2TP protokoli PPP – trafikni istalgan muhitli
ommabop tarmoqlar orqali himoyalangan tunnellashtiruvchi protokoli sifatida ishlab chiqilgan. Bu
protokol ustidagi ishlar PPTP va L2F protokollari asosida olib borilgan, va natijada u har ikkala
protokolning afzal tomonlarini o’zida aks ettirdi.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, L2TP protokoli kripto himoyaning konkret bir usullarini
aniqlamaydi va turli xil shifrlash standartlari ishlatilish imkoniyatini nazarda tutadi. IPSec ustida
qurilgan L2TP ma’lumotlar himoyasini kuchliroq darajada ta’minlaydi, chunki u 3-DES (Triple Dara
Encryption Standart) va AES shiflrash algoritmlaridan foydalanadi. Bundan tashqari, HMAC (Hash
Message Authentication Code) algoritmi yordamida L2TP protokoli ma’lumotlar autentifikatsiyasini
ta’minlaydi. Ma’lumotlar autentifikatsiyasi uchun bu algoritm 128 razryad uzunlikdagi xesh yasaydi.
L2TP protokoli masofadagi provayder serveri va korporativ tarmoq marshrutizatori orasida
vujudga keladigan sxemadan foydalanishni mo’ljallaydi. O’zidan oldingi protokollar – PPTP va L2F
dan farqli, - L2TP protokoli yakuniy abonentlar o’rtasida bir vaqtning o’zida har biri alhida dastur
uchun ajratilishi mumkin bo’lgan bir nechta tunnellar ochish imkonini beradi. Bu xususiyatlar
tunnellashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi va xafvsizligini ta’minotini kuchaytiradi.
81
13-Ma’ruza Mavzu: Tarmoqlararo ekran texnologiyalari Kalit so‘zlar : tarmoqlararo ekran, Internet, Fire Wall, Sendmail, TELNET, World Wide Web, tarmoq servislari, filtrlash, vakolatlangan server