O‘zbekiston respublikаsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali


 - topshiriq bo`yicha qisqacha nazariy ma’lumot



Yüklə 12,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/167
tarix24.09.2023
ölçüsü12,7 Mb.
#148001
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   167
Majmua TX 2022

1 - topshiriq bo`yicha qisqacha nazariy ma’lumot 


121 
Ma’lumot uzatish tarmoqlarining samaradorligini oshirish va xavfsizligini ta’minlashda lokal 
tarmoqlarda VLAN lar tashkil etiladi. VLAN tarmog`i fizik emas, mantiqiy bog`lanishga asoslangan 
bo`lib, lokal tarmoqda qurilmalarni guruhlaydi. VLAN tarmog`i doirasidagi qurilmalar guruhi xuddi 
qurilmalar bitta o`tkazgich yordamida ulangandek bo`ladi.
VLAN tarmog`i administratorga foydalanuvchilarni yoki qurilmalarni qayerda joylashganligiga 
bog`liq bo`lmagan holda qo`llanilish sohasi yoki loyihalash guruhi funktsiyasi bo`yicha 
segmentatsiyani amalga oshirishga yordam beradi. Kommutatorning ixtiyoriy porti VLAN ga tegishli 
bo`lishi mumkin. Bir adresli (unicast), ko`p adresli (multicast) va keng eshittirishli (broadcast) 
paketlarni uzatish va qabul qilish faqat o`sha VLAN doirasida bo`ladi. Har bir VLAN alohida mantiqiy 
tarmoq hisoblanadi. VLAN ga tegishli bo`lmagan stantsiyalar paketlarni jo`natish uchun 
marshrutizatorlar orqali uzatiladi.
VLAN tarmog`i LAN ning bir nechta segmentlarini qamrab oluvchi mantiqiy keng eshittirishli 
(broadcast) domenni yaratadi. VLAN tarmog`i quyidagi avzalliklarga ega: 
Xavfsizlik:
muhim ma`lumotlarga ega bo`lgan guruhlarni tarmoqning boshqa qismlaridan 
ajratiladi. Uning yordamida axborotni maxfiyligini buzilish extimolligini kamaytiradi; 
Xarajatlarni kamaytirish:
o`tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish va qimmat tarmoq 
inrastrukturalari yangilanishini arzonligi; 
Samaradorlikni oshirish:
tarmoqni ikkinchi pog`onada bir nechta mantiqiy guruhlarga bo`lish 
(keng eshittirishli domen) ortiqcha tarmoq trafigini sonini kamaytiradi va samaradorlikni oshiradi; 
Keng eshittirishli domenlarni kamaytiradi: 
tarmoqni VLANlarga ajratish keng eshittirishli 
domendagi qurilmalar sonini kamaytiradi. 

Yüklə 12,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin