yuklama sifatida rezistorlar qo‘llanilgan. Bunday OKlarga K140UD1 va K140UD5
turdagi kuchaytirgichlar kiradi. Bu OKlarning asosiy kamchiligi uncha katta bo‘lmagan
kuchaytirish koeffitsiyenti (KU = 300÷4000) va kichik kirish qarshiligi (RKIR ≈ 4 kOm)
edi.
Ikkinchi bosqich OKlarida bu kamchiliklar yo‘qotilgan, chunki ular ikki kaskadli
sxemalardan tuzilgan. Tok bo‘yicha katta kuchaytirish koeffitsiyentiga ega bo‘lgan
tarkibiy tranzistorlar qo‘llash va yuklamadagi rezistorlarni
dinamik yuklamalarga
almashtirish yo‘li bilan xarakteristikalarning yaxshilanishiga erishilgan.
Barqaror tok generatorlari dinamik yuklamalar bo‘lib, ular o‘zgaruvchan tokka
nisbatan katta qarshilik qiymatini ta’minlaydilar.
Ikkinchi avlod ba’zi OKlarida kirish kaskadi p – n o‘tish bilan boshqariladigan n –
kanalli MTlar asosida differensial sxema bo‘yicha bajarilgan.
Bu holat OK kirish
qarshiligini oshirishga imkon berdi. Ikkinchi avlod integral OKlariga КU = 45000 bo‘lgan
K140UD7 turdagi kuchaytirgich kiradi. Uning kamchiligi – tezkorligining
chegaralanganligi.
Uchinchi bosqich OKlari bir vaqtning o‘zida
yuqori kirish qarshiligi, katta
kuchaytirish koeffitsiyenti va yuqori tezkorlikka ega. Bunday OKlarning o‘ziga xosligi
shundaki, ularda tok bo‘yicha juda katta kuchaytirish koeffitsiyenti (β = 103 ÷ 104) ga
ega bo‘lgan tranzistorlar qo‘llanilgan. Uchinchi avlod integral OKlariga K140UD6
turdagi kuchaytirgichlar kiradi. To‘rtinchi avlod (maxsus) OKlarining ba’zi parametrlari
rekord qiymatlarga ega. Ularga, masalan, kuchlanish bo‘yicha
juda katta kuchaytirish
koeffitsiyenti (КU = 106) ga ega bo‘lgan K152UD5 turdagi, chiqish kuchlanishining
ortish tezligi yuqori (75 В/mks dan katta) bo‘lgan K154UD2 turdagi va kichik iste’mol
toki (0,5 mA dan kam) ga ega bo‘lgan K140UD12 turdagi OKlar kiradi.