Axborot xavfsizligi sohasiga oid milliy huquqiy me’yorlar
Axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoyalash sohasida me’yoriy huquqiy hujjatlarni qabul qilish va amal qilishida tizimli ketma-ketlik ta’minlanishi kerak. Xavfsizlikni ta’minlash muammosi kompleks xarakterga ega. Uni hal qilish uchun huquqiy hamda tashkiliy choralar va dasturiy-texnik ta’minotni (identifikatsiya va autentifikatsiya; ruxsatni boshqarish; protokollashtirish va audit; kriptografiya) birgalikda ko‘rish talab etiladi (misol uchun, korxona boshqaruvi miqyosida uning kompyuter axborot tarmog‘ida axborot xavfsizligini ta’minlash uchun xavfsizlik siyosatini ishlab chikish xamda kerakli resurslar talab etiladi).