O'zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 38,41 Kb.
səhifə1/5
tarix18.04.2023
ölçüsü38,41 Kb.
#99746
  1   2   3   4   5
Abdullayev Sonmasbek 024 18 EkalogiyAMustaqil ishi


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI UNIVERSITETI

“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi


EKOLOGIYa
fanidan


Mustaqil ish


Mavzu: Global mintaqaviy mahalliy miqѐsdagi ekologik muammolar.

Kompyuter injineriya ta’lim yo‘nalishi


024-18 (sirtqi)_guruh


Bajardi: Abdullayev So’nmasbek


Qabul qildi: q.o‘q. F.M.Qodirov


Toshkent 2023


Reja:
1. Kirish
2. Global ekologik muammolar va ularning oqibatlari.
3. Mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar.
4. Ekologik muammolarning tarkibi.
XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish.
Hozirgi vaqtda inson faoliyati ta'sirida biosferaning o’zgarishi juda tezlik bilan borayapti. Inson Yer kurrasining qiyofasini o'zgartirishda katta geologik kuch sifatida vujudga kelganini V.I.Vernadskiy tomonidan ta’kidlab o'tilgan edi. Insonning tabiiy jarayonlardan noto'g'ri foydalanishi natijasida XX asrning o'rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko'rsatayotgan ta'siri bilan bogliq holda tabiatning insonga aks ta'siri, ya'ni uning iqtisodiyotida, hayotda xo'jalik ahamiyatiga molik bo'lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog'liq bo'lgan har qanday hodisa tushuniladi. (iqlim o'zgarishi, hayvonlarning yalpi ko'chib ketishi) tabiatdagi muvozanatning buzilishi oqibatida turli miqyosdagi ekologik muammolar shakllanmoqda. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.

    • 1 Global (umumbashariy).

    • 2 Regional (mintaqaviy).

    • 3 Lokal (mahalliy).

Global ekologik muammolar dunyo bo'yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen va sof antropogen ta'sirlar natijasida yuzaga kelib umumbashariyatga tegishlidir. Ana shunday ekologik muammolarning ba'zilari bilan tanishamiz: Atmosferaning dimiqish xodisasi. Keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi S02 miqdori ortib borayotganligi ma'lum bo'lib qoldi. Natijada Yer yuzasining harorati oxirgi 100 yil ichida 0,5-1,0 gradus ortdi. Iqlimning keng ko'lamda o'zgarishi atmosferaning sanoat chiqindilari va avtotrasnportlardan chiqayotgan gazlar bilan bog’liq. Yer yuzasining global isishi, ya'ni atmosferaning dimiqishi S02 ning havo tarkibida ortib ketishi, o'rmonlarning kesilishi, toshko'mir va benzin kabi yoqilg’ilarning yonishidan atmosferada to'planadigan S02 gazi tufaylidir. Ana shu zaylda ahvol o'zgarmasa XXI asrning o'rtalarida yer yuzasining harorati 1,5-4,5 gradusgacha ortishi mumkin. Natijada:
Iqlimning o'zgarishi ayniqsa, cho'llanish jarayonining kuchayishi. Yogingarchilikning o'zgarishi. Dengiz va okeanlar satxining ortishi Muzliklarning erishi va kamayishi hamda boshqa hodisalar kuzatiladi.

Yüklə 38,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin