Trafikni ushlash sozlamalari oynasi Ushbu oyna rakamli tarmoq trafigini ushlashni quyidagi sozlanmalarini o‘rnatish mumkin:
• Trafikni ushlash uchun interfeysni tanlash;
• Barcha tarmoq paketlarni qabul rejimida paketlarni ushlab olish (Capture packets in promiscuous mode) – ushbu rejimni yoqish orqali dastur tarmoq adpteri orqali kelayotgan barcha PDU (Protocol Data Unit) tarmoq paketlarini ushlash mumkin. O‘chirilganda faqat ushbu adapterga adresslangan PDU paketlar ushlab kolinadi
• MAC adreslarni o‘zgartirgichni yoqish (Enable MAC name resolution) (misol: 00:09:5b:11:22:33 -> Netgear_11:22:33)
Filtrni qo‘llash Filtrni qo‘shish uchun quyidagilar zarur:
Filtrlar kiritish maydoniga filerni kiritish/tahrirlash;
“Apply” tugmasini bosish.
Yashil rangli maydon filtri, filtr qurish qoidalari asosida kiritilganligini anglatadi .
Qizil rangli maydon filtri xatolik bilan kiritilganligini anglatadi.
Filtrni qurish Wireshark dasturida filtrlash ikkita darajada bajarilishi mumkin:
• protokol bo’yicha filtrlash - ushlab olingan paketlar darajasida filtrlash, bunda filtrlash belgilangan protokol bo’yicha bajariladi;
• protokol maydoni bo’yicha filter (Display filter) - ushlab olingan paketlarning maydon qiymatlar darajasida filtrlash, bunda filtrlash protokol sarlavxasidagi maydonlarning qiymatlari bo’yicha bajariladi.
Ma'lum bo'lishicha, paket analizatori tuzatuvchi va disassembler kabi tarmoq va tarmoq protokollari ishlashining eng kichik detallarini namoyish etadi.
Wiresharkdan foydalanish va kerakli bilimga ega bo'lish (buni linkmeup.ru saytidagi eng kichik tarmoqlar seriyasini o'rganish orqali olish mumkin), tarmoqda yuzaga keladigan turli muammolarni samarali ravishda topishingiz va tashxislashingiz uchun foydalidir.