1 Mobil tarmoqlar 3G,4G,5G texnalogiyasi
Simsiz aloqa tushunchasi -bu jismoniy qurilma degan ma’noni anglatmaydi.
Simsiz tarmoq degani mahalliy tarmoq (LAN), global tarmoq (WAN) yoki 4G / 3G
uyali tarmoq kabi simsiz tarmoqqa kirish anglatiladi. Ushbu turdagi tarmoqlar aloqa qilish uchun elektr ta'minoti va tarmoq tugunlariga fizikulanish uchun yaqinmasofadagiba'zi qurilmalarni talab qiladi.Simsiz tarmoq taqsimlangan tarmoqqa ulanishuchun stasionar
yoki portativ oxirgi nuqtani ta'minlaydi. Boshqa tomondan, uyali tarmoq, taqsimlangan tarmoqlarga, yetarli qamrov mavjud bo'lganda, har qanday joyga
ko’chib yurish (mobillilikni) imkoniyatini beradigan portativ qurilma orqali
tarmoqqa ulanishni ta'minlaydi. Mobil tarmoqlari yoki uyali aloqa tarmog'i
deganda butun dunyo bo'ylab katta quruqlik ustida tarqaladigan va uyal
ar yoki tayanch stantsiyalari deb nomlanuvchi uzatgichstansiyalar orqali simsiz ulanadiganva multimediali ma’lumotlarni uzatish qabul qilishga moslashtirilgan
aloqa tarmog'ini tushuniladi Odatda, uzatuvchi/qabul qiluvchi stansiyalar simsiz aloqa orqali radio signallarini an’anaviy usulga asosan havo orqali uzatadi. Radio signallari yorug'lik va infraqizil to'lqinlarni o'z ichiga olgan elektromagnit
xossaga ega.Ushbu signallar 3 to'lqinlar chastotasi va to'lqin uzunligiga ega bo'lganligi sababli ko'ndalang to'lqinlar oilasiga mansubdir, Mobil tarmoqlarining avlodlari Shu kunga qadar mobil tarmoqlarining bir nechta avlodlari(generation)
ishlab chiqildi-1G, 2G, 3G, 4G, 5G va texnologiyaning rivojlanish evolutsiyasi davom
etib kelmoqda. 1G, 2G, 3G, 4G va 5G mobil tarmoqlarning avlodlari bo’lib, ular
hozirgi kunda faol ishlatilib kelinmoqda. 5G-besh avlodini anglatadi, bu erda G "avlod" so'zini anglatadi, 1, 2, 3, 4 va 5 raqamlari avlod raqamini anglatadi.
80-yillarning boshlaridan deyarli har 10 yilda mobil tarmoqlarning yangi avlodi paydo
bo'ldi.
Shu kunga qadar mobil tarmoqlarining bir nechta avlodlari
(generation) ishlab chiqildi-1G, 2G, 3G, 4G, 5G va texnologiyaning rivojlanish evolutsiyasi davom etib kelmoqda. 1G, 2G, 3G, 4G va 5G mobil tarmoqlarning avlodlari bo’lib, ular hozirgi kunda faol ishlatilib kelinmoqda. 5G-besh avlodini anglatadi, bu erda G "avlod" so'zini anglatadi, 1, 2, 3, 4 va 5 raqamlari avlod raqamini anglatadi. 80-yillarning boshlaridan deyarli har 10 yilda mobil tarmoqlarning yangi avlodi paydo bo'ldi.
Mobil tarmoqlarining avlodlari
Aslida, avlodlar har doim muayyan vaqt oralig'ida joylashtirilishi mumkin
bo'lgan standartlar guruhlariga asoslanadi. 5G bilan davom ettirish ehtimoli katta,
shuning uchun 5G joylashtirilgan bitta nuqta bo'lmaydi, aksincha uning imkoniyatlari aniqlanib, rivojlantirilganidan so'ng bosqichma-bosqich joylash tiriladi.
Birinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari 1980-1990 yillarda keng foydalanilgan ushbu mobil avlod standarti uchun 150MHz-900MHz chastota diapozonidan foydalanilgan.
Polosa kengligi 30Khz ni tashkil etgan va batariya ta’minoti juda kuchsiz bo’lgan. 1G mobil telefoni faqat ovozli ko’rinishda bo’lib, ovozning sifat darajasi ancha past bo’lgan. Mobil qurilmasining o’lchami esa ancha katta va foydalanish qo’pol bo’lgan.
Stansiya bilan mobil qurilmasi o’rtasida analog ko’rinishda signal formatidan foydalanib
maksimum 2Kbit/s tezlikda ma’lumot almashinilgan.
1G mobil qurilmasiva stansiyasi
Ushbu avlod mobil qurilmasida ko’plab kamchiliklar va xizmat ko’rsatish
sifati past bo’lgan, axborot xavfsizligi masalari yechilmaganligi sababli, 2 avlod
mobil tarmoqlarida ko’plab yangi imkoniyatlar ishlab chiqildi, xizmatlar joriy etildi
global tarmoqdafoydalanish imkoniyatli hal etildi.Ikkinchi avlod aloqa mobil tarmoqlari GSM (Global System for Mobiles) standartiga asoslangan 2 avlod mobil standarti
1991 yil birinchi marta Finlandiyada joriy etildi. Bu avlod aloqa jarayonlari uchun 1 avloddan farqli ravishda raqamli signallardan foydalanildi.900MHz chastota polosa kengligida ishlovchi ushbu standartning ma’lumot uzatish tezligi 64 Kbit/s gacha oshirish imkoniyati ishlab chiqildi. 2G tarmoqlari foydalanuvchilarga ovozli, matnli, rasmli va MMS (multimediamessage) xizmatlarini yuqori sifatdataqdim eta oldi. 2G tarmog’ida mobil telefonini ishlash uchun kuchli raqamli signal talab etiladi, aks holda tarmoqda uzilishlar yuzaka keladi va raqamli signal yoqoladi. 2G tarmoqlarida xech qanday video xizmatlari joriy etilmadi, ammo 3G tarmoqlariga moslab video xizmatlarni qo’shish
va yana qo’shimcha xizmatlari taqdim etish masalalari ko’rib chiqilgan.
2G mobil tarmoqlari arxitekturasi 2 (G) avlod mobil tarmoqlari GSM/CDMA standartiga asoslangan bo’lib, tarmoq bir nechta elementlardan tashkil topgan arxitekturaga asoslanadi. GSM tarmog'ining arxitekturasi Stansiya quyi tizimi (BSS), tarmoq va kommutatsiya (NSS), operatsiya va qo'llab-quvvatlash quyi tizimi (OMS), shuningdek
MSC, AuC, HLR, VLR va boshqalar iborat.BSS(Base Station Subsystem) -an'anaviy uyali telefon tarmog'ining bo'limi bo'lib, u trafikni boshqarish va uyali telefon va tarmoqni kommutatsiya qilish o'rtasida signalizatsiya uchun javob beradi.BTS(Base Tran sceiver Station)-mobil telefonning tarmoqqa kirish nuqtasidir. U tarmoq va mobil telefon o'rtasida radio aloqalarni amalga oshirish uchun javobgardir. U nutqni kodlash, shifrlash, multiplekslash (TDMA) va radio signallarining modulyatsiyasi
demodulyatsiyasi bilan shug'ullanadi.BSC(Base Station Controller) -bir qator tayanch
stantsiyalarni (BTS) boshqaradigan va ularning ustidan nazorat olib boradigan va tugunlar va mobil kommutatsiya markazi (MSC) o'rtasidagi interfeysni ta'minlaydigan tarmoq elementidir.Mobil kommutatsiya markazi
(MSC Mobile Switching Center) -GSM / CDMA uchun ovozli qo'ng'iroqlar va SMS xabarlarini, shuningdek boshqa xizmatlarni (masalan, konferents-aloqalar, FAX va ulanish ma'lumotlari) marshturlash uchun javob beradigan asosiy xizmat ko'rsatish tuguni hisbolanadi. 7 Barcha mobil telefonlardan mobil qo'ng'iroqlar va
PSTN-dan mobil qo'ng'iroqlar G-MSC orqali marshturlanadi.
NSS(Network switching subsystem)–tarmoqlarni kommutatsiya qilish quyi
tizimi (NSS) (yoki GSM yadro tarmog'i) asosiy stansiyalar tarmog'ida roumingda
mobil telefonlar uchun qo'ng'iroqlarni amalga oshirish va harakatchanlikni
boshqarish funktsiyalarini bajaruvchi GSM tizimining tarkibiy qismi.AuC (Authentication Centre) -Autentifikatsiya markazi bu tarmoqqa ulanishni istagan uyali aloqa abonentini aniqlash uchun ishlatiladigan GSM tarmog'idagi yana bir muhim element. Autentifikatsiya SIM-kartani aniqlash va yaroqliligini tekshirish orqali amalga oshiriladi.HLR (Home Location Register) -bu mobil tarmoqning barcha uyali aloqa abonentlari, masalan raqamlar boshqa tarmoqqa ulanganmi yoki yo'qmi, xizmatlar
kabi turli xil ma'lumotlarni o'z ichiga olgan ma'lumotlar bazasi.VLR(Visitor Location Register)–yangi hududga kirib boruvchi faoydalanuvchilarni (masalan Toshkentdan vodiyga boruvchilar) joyini ro’yxatga oladi. Bu HLR qamrov zonasidan tashqaridagi foydalanuvchilar uchun rouming funktsiyalarini qo'llab-quvvatlaydigan uyali tarmoqdagi server.PSTN (Public switched telephone network)-umumiy foydalanishdagi telefon
tarmog'i -bu milliy, mintaqaviy yoki mahalliy telefon aloqa operatorlari tomonidan
boshqariladigan, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya infratuzilmasi va
xizmatlarini taqdim etadigan dunyo bo'ylab simli infratuzilma orqali ovozli
ma’lumotlarni uzatadigan telefon tarmoqlarining majmuasidir.
Uchunchi avlod mobil aloqa tarmoqlari
3 avlod mobil aloqa tarmoqlari 2000-2010 yillar oralig’ida dunyo miqyosida
keng foydalanildi va ularda foydalanilgan terminallar smartfonlar deb nomlandi.
1 va 2 avlod taqdim etgan xizmatlarga qo’shimcha video qo’ng’iroqlar ham ushbu
avlod tomonidan qo’llab quvvatlandi. Aloqa almashish tezligi juda tez,
qo’shimcha xizmatlari ko’paygan va mobil TV xizmatlarini o’zida jamlagan 3G tarmoqlari
1.6-2.0 GHz chastota diapozonida ishlaydi.Bunday mobil aloqa tarmoqlarining
o’tkazish polosasi 100Hz va keng polosali qaramli tarmoq ham deb nomlanadi.
CDMA (Code Division Multiple Access), UMTS (Universal Mobile
Telecommunications System) va EDGE(Enhanced Data Rates for GSM Evolution)standart texnologiyalarga asoslangan 3G avlod mobil aloqa tarmog’ining ma’lumot uzatish
tezligi soniyasida 144kb/s –2Mb/s tezlikni qo’llab quvvatlaydi.
Qo’shimcha qilib 3G tarmog’ida xavfsizlik masalalari juda puxta echilgan, video
konferensiya,3 o’lchmli (D) o’yin xizmatlarini o’zida jamlagan bo’lsa, 3G
litsenziyasi juda qimmat, 3G tarmoq infratuzulmasini qurishda qiyinchiliklar mavjud, yuqori o’tkazish qobiliyatini talab qiladihamda3G tarmog’ini qo’llab quvvatlovchi mobil telefonlari (smartfonlar) ning narxi qimmat. 6-rasm. 3G mobil tarmoqlari arxitekturasi Uchinchiavlod mobil aloqa tarmoqlari UMTS (Universal Mobile
Telecommunications System) va WCDMA (Wideband Code Division Multiple Access)
standartlariga asoslangan bo’lib,3G tarmog’I EU (User Equipment), VLR, HLR, GGSN
(Gateway GPRS (General Packet Radio Service) Support Node), GMSC
(Gateway Mobile Switching Center), SGSN (Serving GPRS Support Node), RAN
(Radio Access Network) va MSC (Mobile Switching Center) elementlarini o’z
ichiga oladi. UMTS–universal mobil telekommunikatsiya tizimi GSM standarti asosida
ishlab chiqilgan uchinchi avlod mobil aloqa tizimi hisoblanadi.3G tarmog'i tezroq
elektron ma'lumot uzatish tezligini 384 kbit / s dan yuqori tezlikni taklif qiladi, bu
foydalanuvchilar tez-tez katta fayllarni yuklab olishiga imkon beradi.
Unda 5 MHz kanal o'tkazish qobiliyati mavjud bo’lib, o'tkazish qobiliyatidan foydalangan holda bir vaqtning o'zida 100 dan ortiq ovozli qo'ng'iroqlarni qabul qilish imkoniyatini qo’llab quvvatlaydi yoki u asl formatida 2 Mbit/s gacha tezlikda ma'lumotlarni uzata olish qobiliyatiga ega.
. 3G mobil tarmoqlari arxitekturasi
Uchinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari UMTS (Universal Mobile Telecommunications System) va WCDMA (Wideband Code Division Multiple Access) standartlariga asoslangan bo’lib,3G tarmog’I EU (User Equipment), VLR, HLR, GGSN(Gateway GPRS (General Packet Radio Service) Support Node), GMSC
(Gateway Mobile Switching Center), SGSN (Serving GPRS Support Node), RAN (Radio Access Network)va
MSC (Mobile Switching Center) elementlarini o’z ichiga olad
4G mobil aloqa tarmoqlari 3G avlod tarmoqlari kabi ikki standart asosida
ishlab chiqildi: WiMAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access) va
LTE (Long-term evolution).Dunyoda ba’zi mamlakatlar 4G tarmog’ini WiMAX
texnologiyasi va ba’zilari LTE texnologiyasi asosida qurib kelmoqda. WiMAX
texnologiyasi 2001 yilda birinchi marta ishga tushurilgan bo’lib, simsiz keng polosali aloqa texnologoiyasi IEEE 802.16estandartlari to’plami asosida ishlab chiqilgan va
OFDMA (Orthogonal Frequency Division Multiple Access) texnologiyasiga asoslangan ushbu standart asosida ma’lumot uzatish tezligi soniyasiga 12Mbit/s yetadi.
LTE tarmoqlarining asosiy elementlari haqida qisqacha ma’lumot keltirib o’tami
Dostları ilə paylaş: |