O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Telekommunikatsiya fakulteti 416-20 guruh
Bajardi: Muhammadov Bahriddin
Tekshirdi: Xasanov Umidjon
talabasi
O`rnatilgan Tizimlar 1-Mustaqil ishi Mavzu:Axborotlarga parallel ishlov berish vositalari
REJA
1.Axborotlarga parallel ishlov berish.
2.Parallel ishlash tushiunchasi.
3.xulosa.
Axborotlarga ishlov berish deyilganda,- bir ‘axborot obyekti’ ustida ma’lum bir algoritmlarning bajarilishi natijasida boshqa «axborot obyekti» ni shakllantirish tushuniladi.
Bu jarayon axborotning turli tumanligi va hajmi ortishining asosiy vositasi hisoblanadi.Ishlov berishning eng yuqori darajasida sonli va sonli bo’lmagan ishlov berish usullarini ko’rsatish mumkin.Ko’rsatilgan ishlov berish turlari “ma’lumot”tushunchasiga turlicha izoh beradi.
Sonli ishlov-berishda o’zgaruvchi, vektorlar, matritsalar, ko’p o’lchovli massivlar, o’zgarmaslar kabi obyektlar qo’laniladi.
Sonli bo’lmagan- ishlov berishda obyekt sifatida fayllar, yozuvlar, maydonlar, tarmoqlar, nisbatlar va hokazolar olinishi mumkin. Yana bir farqli tomoni shundaki, sonli ishlov berishda ma’lumotlar mazmuni katta ahamiyatga ega emas, ayni vaqtda sonli bo’lmagan ishlov berishda bizni yaxlitligicha mosligi emas, balki obyekt haqida ma’lumotlar qiziqtiradi.
Zamonaviy hisoblash texnikasi yutuqlari nuqtai nazaridan axborotlarga ishlov berishning quyidagi turlarini ajratish mumkin:Ketma-ket, parallel va konveyer.
-parallel ishlov berish, EHMda bir necha protsessor bo’lganda qo’llaniladi;
– ketma-ket ishlov berish, bir protsessorga ega bo’lgan, an’anaviy fon-neyman arxitekturali EHMlarda qo’laniladi.
-konveyerli ishlov berish, turli masalalarni yechish uchun EHM arxitekturasida ayni bir manbalardan foydalanish bilan bog’liq.
Konveyer – zamonaviy protsessor va kontrollerlarda ularning unumdorligini oshirish maqsadida qo‘llaniladigan hisob-kitoblarni tashkil qilish usuli, kompyu- terlar va boshqa raqamli elektron qurilmalarni yaratishda qo‘llaniladigan texnologiya.Maqsad bir nechta protsessor ko‘rsatmalarini parallel ravishda bajarishdan iborat. Murakkab protsessor ko‘rsatmalari. oddiyroq bosqichlar ketma-ketligi sifatida taqdim etiladi.Ko'rsatmalarni ketma-ket bajarish o'rniga, keyingi ko'rsatma birinchi ko'rsatmadan keyin bir necha bosqichlarni bajarish mumkin