|
Ikkinchi yo`l – ishlab chiqarishda tabiat muhofazasini har taraflama uddalay
|
səhifə | 2/5 | tarix | 20.11.2023 | ölçüsü | 0,82 Mb. | | #163053 |
| ecology
Ikkinchi yo`l – ishlab chiqarishda tabiat muhofazasini har taraflama uddalay oladigan yangi texnologik imkoniyatlardan keng foydalanish, chiqindisiz ishlaydigan ishlab chiqarish tizimlarini joriy qilishdir. Uchinchi yo`l – aholi zich yashaydigan hududlarni "iflos” ishlab chiqarish tarmoqlaridan xoli qilish. Atrof-muhitni eng ko`p ifloslaydigan sanoat tarmoqlari qatoriga issiqlik elektr energetikasi, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, selluloza- qog`oz, sement kabi sanoat tarmoqlari kiradi. So`nggi davrlarda dunyoning ko`pchilik yetakchi induatrial mamlakatlarida bunday "iflos” ishlab chiqarish tarmoqlarini iqtisodiy jihatdan kam o`zlashtirilgan kimsasiz hududlarda joylashtirishga ahamiyat berilmoqda. Ana shunday tamoyillarga mustaqillik yillarida O`zbekistonda ham alohida ahamiyat berila boshlandi. So`nggi yillarda bunyod etilgan Buxoro neftni qayta ishlash, Qo`ng`irot soda va Sho`rtan gaz-kimyo sanoat markazlari keng yaydoq cho`l hududlarida joylashtirildi. Bu holat ekologik sharoitni yaxshilashga samarali xizmat qiladi. Insoniyatning tabiatga, ekologiyaga ta’siri. Global muammolar - umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari.Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|