3-mavzu: Elektron hukumat asoslari



Yüklə 20,23 Kb.
tarix25.04.2023
ölçüsü20,23 Kb.
#102450
3-mavzu


3-mavzu: Elektron hukumat asoslari.
Elektron hukumat tushunchasi dastavval XX asrning 90-yillari boshida AQSHda paydo bo‘lgan. Mazkur tushuncha, 1991 yilda, AQSHning o‘sha vaqtdagi prezidenti Bill Klinton davrida, internet va umuman axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlantirishga davlat darajasida, alohida e‘tibor qaratgan paytda yuzaga kelgani ma‘lum. Klinton ma‘muriyati davrida davlat idoralari hujjatlari orqali OAVga tarqalgan «Elektron hukumat» tushunchasi, 1999 yildan boshlab, okean orti va Yevropaning yetakchi nashrlarida davriy ravishda va tez-tez uchray boshladi. Aynan shu davrda, «Elektron hukumat» va unga bog‘liq tamoyillar tahlil va tadqiq qilingan ilmiy ishlar ham paydo bo‘ldi. Misol uchun: Bellami Teylorning «Axborot asrida hukumat boshqaruvi» asarida davlat boshqaruviga elektron axborot kommunikatsiya vositalari, xususan internetni tadbiq etishning nazariy masalalari ko‘rib chiqilgan bo‘lsa; 2002 yilda chop etilgan «Elektron hukumat strategiyasini baholash mezonlari: strategik tahlil xulosasi» nomli risolada, elektron hukumatning joriy qilishning istiqbollari, uning texnik va ijtimoiy talablari asosida tahlil qilingan edi. Keyingi davrda, axborot kommunikatsiya texnologiyalari borasida rivojlangan, yetakchi davlatlar hukumatlarining maxsus qarorlari orqali amaliy ishga o‘tildi. Davlat boshqaruvi sohasiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni ko‘plab nufuzli xalqaro tashkilotlar ham qo‘llab quvvatlay boshlashdi. Elektron hukumat (ingl. e-Government) – bu fuqarolar, biznes, davlat hokimiyati boshqa tarmoqlari va davlat amaldorlariga axborot taqdim etish hamda avvaldan shakllangan davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻlib, bunda davlat va fuqaro oʻrtasidagi shaxsiy aloqa minimallashtirilgan boʻladi va axborot texnologiyalaridan maksimal darajada foydalaniladi. Dunyoning taraqqiy topgan mamlakatlarida 318 «Elektron hukumat» milliy tizimini faol tatbiq qilinmoqda. Bu tizim davlat tuzilmalarini boshqarishni, davlat va tadbirkorlar oʻrtasidagi aloqani mustahkamlash orqali biznes-jarayonlarni samarali rivojlantirishni ta'minlabgina qolmay, fuqarolarga davlat xizmatlarini internet orqali hammabop interaktiv shaklda taqdim etish imkonini ham yaratadi. Mamlakatimizda ham bir necha yillardan buyon, maqsadli ravishda interaktiv davlat xizmatlarini aholi va yuridik shaxslarga davlat organlari vebsaytlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portali orqali taqdim etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmoqda. 2007 yildayoq, 49ta Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri (BIDXR) tasdiqlangandi. 2009 yilda u 94taga kengaytirilgan boʻlib, hozirda esa BIDXR 195dan ziyod koʻrinishni qamrab oladi. Oʻzbekiston matbuot markazida ―Elektron hukumat tizimi va interaktiv davlat xizmatlarining rivojlanishi‖ mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sherzod Shermatov OAV vakillariga Elektron hukumat tushunchasi, uning mazmun mohiyati, amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida ma'lumot berdi. Bugungi kunda ushbu yoʻnalishda Korea Respublikasi ekspertlari bilan hamkorlikda ish olib borilayotganiga toʻxtaldi. Qoʻmitaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi boshligʻi Olimjon Umarov mavzu boʻyicha batafsil ma'ruza qildi. Ma'ruzachi Elektron hukumat tizimining ustuvor vazifalari haqida toʻxtalar ekan, davlat datamarkazini, interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali hamda davlat organlari axborot tizimi majmuasini tashkil etish kabi masalalar ustida olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi. Ma'lum qilinishicha, shu yilning 1 iyulidan interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali ishga tushiriladi. Mamlakatning 2012 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va 2013 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan 2013 yil 18 yanvardagi Hukumat majlisida Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatda 319 «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish Konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqish muhimligini qayd etib oʻtgandi. Davlat organlari rahbarlari va mutaxassislaridan tuzilgan maxsus ishchi guruhi tomonidan mazkur yoʻnalishda dunyo yetakchisi boʻlmish Korea Respublikasi va boshqa xorijiy mamlakatlarning «elektron hukumat» borasidagi ilgʻor tajribalarini inobatga olinib, «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish boʻyicha Konsepsiya va Kompleks dasturni, shuningdek, 2013-2017 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini ishlab chiqish amalga oshirilmoqda. Loyihalarni ishlab chiqishda koreyalik va boshqa xorijiy ekspertlar faol qatnashmoqdalar, ushbu yoʻnalish boʻyicha Oʻzbekistonning turli vazirliklari va idoralari mutaxassislari bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar, seminarlar va yigʻilishlar oʻtkazilapti. Ishlab chiqilayotgan Oʻzbekiston Respublikasida 2013-2017 yillarda «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish boʻyicha Konsepsiya va Kompleks dastur davlat organlarining oʻzaro va aholi hamda tadbirkorlik subyektlari bilan munosabatlarining bugungi holati va yoʻnalishlarini inobatga olgan holda, «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish va rivojlantirish boʻyicha asosiy vazifalarni belgilaydi. «Elektron hukumat» tizimini joriy etish boʻyicha taklif etilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholash uchun davlat organlari interaktiv xizmatlarining turli sohalari va yoʻnalishlari boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar va indikatorlar ishlab chiqilgan. «Elektron hukumat» tizimi joriy etilishi natijasida toʻliq tranzaksiyalangan xizmatlarga oʻtilishi kutilmoqda, bu esa, aholi va biznes vakillarining davlat xizmatidan foydalanishda turli instansiyalarga qatnashni va davlat xizmatchilari bilan bevosita muloqotda boʻlishni istisno etadi. Bu, oʻz navbatida, aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratishga va biznes yuritish sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Bugungi kunda, «Elektron hukumat»ning samarali unsurlari sifatida, 20dan oshiq loyihalar amalga oshirildi.
Ular sirasida: Gov.uz Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portali, u tashkilotlar, shuningdek, yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi elektron-axborot munosabatlari infratuzilmasining tizim tashkil etuvchi unsuri sanaladi. Har qanday fuqaro yoki korxona, tashkilot, muassasa vakili bu yerdan Oʻzbekiston davlat hokimiyatining barcha unsurlari haqida toʻliq ma'lumot olishi, shuningdek, bevosita gov.uz portali orqali u yoki bu hokimiyat organiga elektron shaklda rasmiy soʻrov yuborishi mumkin. Bu portalda, shuningdek, Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari toʻliq reestri chop etilgan.
―Elektron hukumat‖ – axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo`llash hisobiga tashkilotlar va fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari hamda davlat organlarining faoliyati natijalari to`g`risida axborot olish tezkorligi va qulayligining sifat jihatdan yangi darajasini ta`minlovchi davlat loyihasi. Aholi farovonligini yanada oshirish, mamlakatning iqtisobiy barqarorligini mustahkamlashning muhim omili sifatida aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Oʻzbekiston hukumati siyosatining ustuvor vazifalari qatoriga kiradi. Mazkur vazifaning mohiyati, maqsadi va istiqboldagi rivoji Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2013 yilning 27 iyunida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorida ham oʻz ifodasini topdi. Mazkur qarorga muvofiq, 2013- 2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dasturning bosh maqsadi iqtisodiyotning barcha jabhalarida axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni rivojlantirish, axborot resurslari, tizimlari va tarmoqlarining yaratilishini jadallashtirish, shuningdek aholi va tadbirkorlik sub‘ektlariga koʻrsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari soni va sifatini yanada oshirishdan iborat. 2013-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shartli ravishda yana ikki dasturga boʻlish mumkin. Birinchi dastur – Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq va infratuzilmasini rivojlantirish boʻlsa, ikkinchi dastur – ―elektron hukumat‖ tizimining axborot tizimlari va ma‘lumotlar bazasi kompleksini yaratish. Telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq va infratuzilmasini rivojlantirish dasturida keng polosali texnologiyalar yordamida simli va simsiz aloqani, ma‘lumotlar uzatish hamda ovozli trafik kommutatsiya markazlarini yanada rivojlantirish, magistral telekommunikatsiya tarmoqlarini ta‘mirlash va kengaytirish, multimedia xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur infratuzilmani yaratish vazifalari belgilab olingan. Misol uchun, 2020 yigacha keng polosali optik aloqa tarmoqlarini rivojlantirish va kengaytirish, undan soʻng mamlakatning barcha hududlarida EVDO, 3G, 4G LTE baza stansiyalarini oʻrnatish ishlarini olib borish rejalashtirilgan. Korporativ sohalar uchun multimedia xizmatalrini koʻrsatish studiyalarini ishga tushirish, axborot-ma‘lumotnoma markazlari, ma‘lumotlarni saqlash va qayta ishlash, keshlash markazlari faoliyatini takomillashtirish koʻzda tutilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida ―elektron hukumat‖ tizimini rivojlantirish boʻyicha quyidagi vazifalar belgilab olingan: ―Elektron hukumat‖ tizimining axborot tizimlari komplekslari va ma‘lumotlar bazalarini yaratish boʻyicha chora-tadbirlar hamda loyihalar roʻyxati Kompleks dasturi tasdiqlangan. Kompleks dastur – Oʻzbekistonda ―Elektron hukumat‖ tizimini joriy etishning oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlgan 22 ta loyiha va 6 ta tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirishning Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil qilingan. Shu bilan birga Vazirlik qoshida 2 ta yirik ―Elektron hukumat‖ tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta‘minlash markazlarini tashkil 322 etish belgilangan. Oʻzbekistonda ―Elektron hukumat‖ tizimini joriy etishning oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlgan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha grafiklar ishlab chiqilgan. Mazkur grafiklarda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan quyidagilarni amalga oshirish belgilangan: Dastlabki loyiha oldi tadqiqotlarni oʻtkazish, bunda interaktiv xizmatlar boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish, mavjud holatini oʻrganish, va takliflar ishlab chiqish. Loyihani amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish. Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish. Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ekspertizadan oʻtkazish. Texnik topshiriq ishlab chiqish. Loyihani amalga oshiruvchini aniqlash boʻyicha tanlovlar oʻtkazish. Loyihani amalga oshirishdan iboratdir. ―Elektron hukumat‖ tizimini joriy qilishning istiqbolli rejalari doirasida 2014-2016 yillarda idoralararo integratsiyalashgan platformani yaratish loyihasi amalga oshiriladi. Bu platforma barcha davlat organlari axborot tizimlarini birlashtiradi, aholiga ma‘lumot olish, ariza topshirish va boshqa xizmatlardan foydalanish boʻyicha idoralar oʻrtasida ma‘lumot almashishga xizmat qiladi. Davlat organlarining aholi va tadbirkorlik sub‘ektlari bilan oʻzaro axborot almashinuvlari, muloqotlari, shuningdek bir qator davlat xizmatlarini koʻrsatish 2013 yilda ishga tushirilgan Yagona portal orqali amalga oshirilmoqda. Dasturga muvofiq, ―elektron hukumat‖ tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish maqsadida ochiq kalitlar bazasida Yagoan identifikatsiya tizimini yaratish loyihasini tashkil qilish koʻzda tutilgan. Jismoniy va yuridik shaxslar, transport, kadastr, koʻchmas mulk, ma‘lumot va klassifikatorlar jam qilingan milliy ma‘lumotlar bazasi va reyestri, axborot tizimlarini rivojlantirish ―elektron hukumat‖ni samarali etishning muhim bosqichi hisoblanadi. Shundan soʻng, aholi va tadbirkorlarga davlat organlari xizmatlaridan 323 elektron shaklda foydalanish, davlat organlariga oʻz faoliyatlarini optimallashtirish, samaradorligini oshirish imkoniyati yaratiladi. 2013-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi Oʻzbekistonda axborot jamiyatini yanada rivojlantirish, mamlakatning jahon axborot makoniga yanada integratsiyalashuvida yangidan-yangi imkoniyatlarning yaratilishida muhim huquqiy hujjat boʻlib xizmat qiladi.
E-hukumat arxitekturasi Elektron hukumat: Texnologik tamoyillar. Jahon tajribasida elektron hukumat tizimi quyidagi asosiy texnologik tamoyillar poydevorida shakllangan: (shu jumladan O‘zbekiston elektron hukumat tizimi ham). 1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga;
2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga;
3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga;
4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga.
Ba‘zi davlatlarning elektron hukumat tizimi shuningdek quyidagi tarmoqlarga ham ega:
G2S (Government to Science) – Davlat–Ilm-fanga;
G2N 324 (Government to third sector) – Davlat-uchinchi sektor.
Endi mazkur yo‘nalishlarni batafsil tahlil qilsak:
1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga – bunda Davlat boshqaruvi apparati ichki strukturalari, markaziy va mahalliy hokimiyatlar, turli davlat idora, tashkilot va muassasalari orasidagi o‘zaro munosabatlarda elektron hukumat tizimini joriy etish, elektron hujjat aylanishi, davlat organlari faoliyatining shaffofligi ortishi, doimiy monitoring va hisobot shakllari kabilar amalga oshiriladi. 2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga – bu tizimda esa, fuqarolar, yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali, o‘zlarining davlat organlariga ariza, shikoyat yoki taklif kabi murojaatlarini elektron tarzda yuborishlari va ularga javob olishlari, turli xil davlat xizmatlaridan foydalanishlari, ya‘ni, masalan, rasmiy hujjatlarning elektron nusxalarini shakllantirib olishlari, turli xil ma‘lumotnoma, xabarnomalarni olishlari, shuningdek turli xil to‘lovlar bo‘yicha tranzaksiyalarni on-layn usulda amalga oshirishlari mumkin bo'ladi.
3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga – bu tizimda, Davlat va xorijlik shaxslar o‘rtasida, milliy qonunchilik va xalqaro hujjatlarga tayangan holda interaktiv xizmatlar ko‘rsatilishi nazarda tutiladi. Masalan, viza masalalari, investitsiyalar, ta‘lim va turizm sohalariga oid xizmatlar ko‘rsatilishi nazarda tutiladi.
4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga – mazkur tizim esa, yuridik shaxslar, ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun ruxsatnomalar olish, turli xil rasmiy jarayonlarni interaktiv usulda soddalashtirilgan tarzda amalga oshirish, shuningdek, davlat yig‘imlari, to‘lovlar va ho kazolarni on-layn amalga oshirish, hisobotlar va rasmiy murojaatlarni on-layn yuborish imkonini berishi ko‘zlanadi. ―Elektron hukumat‖ tizimi doirasida o`zaro munosobatning asosiy shakllari quyidagilar hisoblanadi:
 davlat organlarining aholi bilan o`zaro axborot munosoboti;
 davlat organlarining tadbirkorlik sub`ektlari bilan o`zaro axborot munisabati;
 davlat organlarining o`zaro axborot munosabati. ―
Elektron hukumat‖ tizimini shakllantirish samaradorligining muhim ko`rsatkichlaridan biri bo`lib, interaktiv davlat xizmatlarini ko`rsatish va ulardan foydalanish huquqini ta`minlash tartibiga muvofiq elektron ko`rinishdagi ustuvor davlat xizmatlarini joriy etish hisoblanadi.
―Elektron hukumat‖ tizimi orqali amalga oshiriladigan interaktiv davlat xizmatlari, yuqorida sanab o`tilgan yo`nalishlarga muvofiq guruhlangan bo`lishi lozim. O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi – statistika sohasida yaxlit statistik axborot tizimini yaratish va faoliyat yuritishiga yo`naltirilgan yagona siyosatni amalga oshiruvchi davlat hokimiyatining ijro etuvchi organidir. Davlat statistika organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning asosiy maqsadi – statistik ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishdir. Bunga, respublikada sodir bo`layotgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari haqidagi statistika axborotlarini yig`ish, qayta ishlash, to`plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va chop etish kiradi. Hozirgi vaqtda, tuman va shahar statistika bo`limlarini o`z ichiga olgan Davlat statistika qo`mitasining korporativ axborot tarmog`i faoliyat yuritmoqda. Davlat statistika organlarining barcha axborot resurslari, axborot tizimlari, dasturiy-apparat ta`minoti va telekommunikatsiya vositalarini o`zida mujassamlashtirgan Davlat statistika qo`mitasining Yagona axborot tizimi shakllantirilgan. Davlat statistika qo`mitasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, davlat statistika organlari tomonidan 14 ta xizmatlar taqdim etilmoqda, ulardan 10 tasi interaktiv ko`rinishda http://www.stat.uz rasmiy sayti orqali amalga oshirilmoqda. Aholi va biznes uchun davlat xizmatlarini taqdim etishni maqbullashtirish hamda ularning ochiqligi va sifatliligini oshirish bo`yicha muntazam ravishda ishlar olib borilmoqda. ―Elektron hukumat‖ tizimida, asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlar bo`yicha statistik ma`lumotlarning samarali qayta ishlanishi va saqlanishini 326 ta`minlash, shuningdek hududiy joylashishidan qat`iy nazar, barcha darajadagi boshqaruv organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga axborotlarni o`z vaqtida va to`liq taqdim etish mexanizmlarini yaratish ko`zda tutilmoqda. Shu munosabat bilan, ―Elektron hukumat‖ tizimini rivojlantirish uchun, davlat statistika organlarida AKTdan keng foydalanish asosida statistika faoliyatining samaradorligini oshirish, axborot-tahlil jarayonlari tizimini takomillashtirish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Davlat statistika organlari, fuqarolar va tashkilotlarning axborot jamiyati sharoitlarida faoliyat yuritishlariga imkon beruvchi me`yoriy-huquqiy va uslubiy asoslar shakllantirilmoqda. Interaktiv xizmatlarning rivojlanishi, ulardan foydalanishning soddaligi va saytning har qanday tashrif buyuruvchisiga qulayligi, davlat statistika organlarining ochiqligini, aholi va tadbirkorlik sub`ektlari bilan o`zaro munosabatlari jarayonlari esa uni yanada shaffofligini ta`minlaydi. O‘zbekistonda Elektron hukumat tizimini shakllantirish va amaliyotga joriy qilish borasidagi ilk portal bu – O‘zbekiston Respublikasi Hukumati portali – www.gov.uz bazasida boshlangan edi. Hukumat portalining asosiy sahifasida, saytga tashrif buyuruvchining e‘tiboriga yaqqol tashlanadigan joyda alohida ajratib ko‘rsatilgan havola-tugmalar orqali taqdim etilgan. Bu, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlarining veb-saytlarida taqdim etilayotgan interaktiv xizmatlarning yaxlit majmuasini tashkil qilib, zaruriy aloqa shakllari va giperhavolalar bilan ta‘minlangan. Shuni alohida ta‘kidlab o‘tish kerakki, hukumat portali – www.gov.uz dagi interaktiv davlat xizmatlari tizimi, Yagona Portal (YDIXP)dagidan bir oz farq qiladi va u Interaktiv davlat xizmatlari uchun maxsus alohida portal – www.my.gov.uz tashkillangan va samarali faoliyat olib borayotgan bugungi kunda ham o‘z funksional vazifalari hamda dolzarbligini saqlab kelmoqda. 2012 yil so‘ngida, ya‘ni Yagona Portal hali mavjud bo‘lmagan davrda, Hukumat portalidagi interaktiv davlat xizmatlari soni 91 tani tashkil etar edi. Hukumat portalidagi interaktiv davlat xizmatlari 27 ta tegishli bo‘limlarga ajratilgan bo‘lib, ulardan 11 tasi fuqarolar va biznesga (G2C va G2B) mo‘ljallangan.
Shuningdek hukumat portalida, Vazirliklar, Agentlik va boshqa Davlat organlarining saytlariga havolalar, ularning manzillari, aloqa shakllari va mas‘ul shaxslarining qabul kunlari batafsil yoritilgan. Hukumat portali orqali bir tomonlama axborot taqdim qilish, qonunchilik manbalari bilan tanishtirish shaklidan, ikki tomonlama, ya‘ni, haqiqiy interaktiv xizmat shakliga o‘tish jarayonida birinchilardan bo‘lib, Yuridik shaxslar uchun soliq deklaratsiyalarini on-layn to‘ldirish va DSI ga yuborish, fuqarolar uchun esa, soliq idoralaridan shaxsiy STIR raqami, shuningdek, joriy sanaga soliqlardan qarzdorlik yoki haqdorlik mavjudligi haqidagi ma‘lumotnomani shakllantirib, yuklab olish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan edi. Buning uchun Davlat Soliq Inspeksiyasining maxsus sayti (asosiy sayt www.soliq.uz) – www.hisobot.uz ga kirib, zaruriy ma‘lumotlar – login, parol va ERI kalitini kiritish orqali shaxsiy kabinetga kirish va standart harakatlarni amalga oshirish bilan ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Mazkur yo‘nalishda keyingi muhim qadamlar kommunal soha tashkilotlaridagi iste‘molchilarning hisob-raqamlarining holati haqidagi ma‘lumotlarni olish imkonini beruvchi xizmatlar bo'ldi. Xususan, iste‘molchilar uchun foydalanilgan elektr energiyasi hisob-kitoblari haqidagi ma‘lumotlarni onlayn taqdim etishni birinchilardan bo‘lib, O‘zbekenergo DAK (www.uzbekenergo.uz) yo‘lga qo‘ydi. Davlat statistika qo‘mitasi saytida firma nomlarini on-layn ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi, Bojxona qo‘mitasi saytida esa, bojxona deklaratsiyalarini on-layn qabul qilish tizimi ish boshladi. Shu tarzda, hukumat portalida interaktiv davlat xizmatlarining soni ortib, ular sifat jihatdan ham takomillashib bordi. Xususan, keyingi davrda xar bir davlat idorasi, tashkiloti, muassasa va boshqa tuzilmalarning, mahalliy hokimiyatlarning rasmiy vebsaytlarida alohida interaktiv xizmatlar bo‘limi tashkil etildi. Biroq, bul holatning bitta noqulaylik tarafi mavjud edi: ular tarqoq holda bo‘lib, har bir muassasaga murojaat etishda, uning sayti saytidan foydalanish, agar murojaatni ko‘rib chiqishda boshqa muassasaning ham ishtiroki talab qilinsa, bunda murojaat etuvchi fuqaro, ikkinchi muassasaga ham alohida murojaat bilan chiqishi kerak edi. Qolaversa, ayrim tashkilotlarning veb-saytlarida ko‘rsatilgan manzillarning faol emasligi, yoki, murojaat e‘tiborsiz qoldirilishi holati nazoratdan chetda qolar edi. Shu kabilarni bartaraf etish va davlat interaktiv xizmatlarini standartlashtirilgan yagona tizimga birlashtirish bu o‘rinda mantiqan to'g'ri va optimal variant bo‘lardi. Shu sababli ham Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bilan barcha davlat interaktiv xizmatlarining standartlashtirilgan yaxlit majmuini o‘zida namoyon etuvchi Yagona Davlat Interaktiv Xizmatlari Portali (YIDXP)- www.my.gov.uz tashkil etildi va u 2013 yil 1-iyul sanasidan boshlab test rejimida ish boshladi:
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Elektron huqumatni rivojlanish boskichlari?
2. Elektron huqumatga ta‘rif bering?
3. O‘zbekistonda elektron huqumatning qanday modellari mavjud?
4. O‘zR elektron huqumatining arxitektura tuzilishini ifodalang?
5. Gov.uz nima?
6. My.gov.uz nima?
7. Huqumat portalida qanday ishlarni amalga oshirish mumkin?
Yüklə 20,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin