Neyron tarmoqlar (Neyron to’rlar): Neyron tarmoqlar juda ko'p bog'langan ishlov berish tugunlari bilan inson miyasining ishlash usulini taqlid qiladi. Neyron tarmoqlar naqshlarni tanib olishda yaxshi va ilovalarda, jumladan, tabiiy tilni tarjima qilish, tasvirni aniqlash, nutqni aniqlash va tasvir yaratishda muhim rol o'ynaydi. Mashinali o’qitish va Neyron to’rlardan foydalanib inson fikrini kompyuterga o’rgatishda bizga katta miqdorda DataSet (ma’lumotlar to’plami) kerak bo’ladi. O’zbek tili uchun yetarlicha katta sentiment tahlil DataSetlar yaratilgan, masalan Restoranlar dataseti [3]. Yaratilgan model sifatini tekshirish uchun tayyor DataSetni odatda 2 qismga ajratib olamiz: 70% Training set (o’rgatish uchun ma’lumotlar to’plami) va 30% Test set (test qilib tekshirish uchun ma’lumotlar to’plami) Training qism dataset modelni qurish uchun ishlatilsa, Test qism dataset shu yaratilgan modelning ishlashini aniqlashda ishlatiladi.
Xulosa
Ushbu ilmiy ishda O’zbek tili uchun NLP sohasidagi texnologiyalardan foydalanib berilgan matnlardagi bildirilgan fikrlarni sentiment tahlil qilishi modellarining yaratilish bosqichlari va kerakli resurslar ko’rib chiqildi. Kelajakda shu soha uchun zaruriy resurslar va modellarni quirb, amaliyotga tadbiq qilish rejalashtirilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Medhat, W., Hassan, A., & Korashy, H. (2014). Sentiment analysis algorithms and
applications: A survey. Ain Shams engineering journal, 5(4), 1093-1113.
2.Matlatipov, S., Rahimboeva, H., Rajabov, J., & Kuriyozov, E. (2022). Uzbek Sentiment
Analysis based on local Restaurant Reviews. arXiv preprint arXiv:2205.15930.
3. Salaev, U., Kuriyozov, E., & Gómez-Rodríguez, C. (2022). A machine transliteration tool
between Uzbek alphabets. arXiv preprint arXiv:2205.09578.
Dostları ilə paylaş: |