O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 3-Buxoro okrug komissiyasining Matbuot markazi to‘g‘risidagi nizom


-bob. Matbuot markazining huquqlari



Yüklə 19,91 Kb.
səhifə2/2
tarix24.04.2023
ölçüsü19,91 Kb.
#101942
1   2
O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi

3-bob. Matbuot markazining huquqlari
9. Matbuot markazi quyidagi huquqlarga ega:
OAV hamda jurnalistlar so‘roviga binoan okrug saylov komissiyasi rahbariyati bilan kelishgan holda uning nomidan O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan bayonotlar va ma’lumotlar berish;
okrug va uchastka komissiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan zarur ma’lumotlarni so‘rab olish;
OAVda tarqatilgan Buxoro viloyati hududi doirasida O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq asossiz ma’lumotlar, haqiqiy holatga mos kelmaydigan noxolis chiqishlar hamda boshqa qonunga zid materiallar yuzasidan belgilangan tartibda raddiyalar berilishini talab qilish;
O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tegishli davlat organlariga, korxona, muassasa, tashkilotlarga murojaat qilish.
Matbuot markazi qonunchilik hujjatlari va okrug saylov komissiyasining qarorlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
10. Matbuot markazi quyidagilarga majbur:
Matbuot markazi zimmasiga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida hamda to‘liq bajarilishini ta’minlashga;
o‘z faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar talablariga qat’iy rioya etishga.

4-bob. Matbuot markazi faoliyatini tashkil etish
11. Matbuot markazi tuzilmasiga 4 nafardan iborat jurnalistlar guruhi kiradi.
12. Matbuot markaziga mutaxassislarni jalb etish okrug komissiyasi hamda mutaxassislar o‘rtasida tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
13. Matbuot markazi faoliyatini boshqarish fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etilgan Matbuot markazi rahbari zimmasiga yuklatiladi.
14. Matbuot markazi rahbari:
Matbuot markazi faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ishlarini tashkil etadi, matbuot markazi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur sharoitlarni yaratadi;
fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etilgan mutaxassislar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning zarur darajada bajarilishini nazorat qiladi;
okrug saylov komissiyasining majlislarida ko‘rib chiqish uchun Matbuot markazi vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha takliflar kiritadi;
fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etilgan mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi, “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga hamda shartnoma majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi.

5-bob. Yakuniy qoidalar
15. Matbuot markazi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi referendumi yakunlari rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran besh kun o‘tgach tugatiladi.
16. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Yüklə 19,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin