O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi, milliy idoralar va ularning vazifalari


Sertifikatlashtirish qonuniy asoslari, asosiy atamalari



Yüklə 27,28 Kb.
səhifə2/8
tarix02.05.2023
ölçüsü27,28 Kb.
#106085
1   2   3   4   5   6   7   8

2. Sertifikatlashtirish qonuniy asoslari, asosiy atamalari


O’zbekiston Respublikasining «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»gi qonuniga asosan sertifikatlashtirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahamasi tomonidan tasdiqlanadigan majburiy sertifikatlashtirishdan o’tkazilishi lozim bo’lgan mahsulotlar va xizmatlarning ro’yxati va qonun hujjatlari talablari asosida o’tkaziladi. Sertifikatlashtirish bo’yicha qonun hujjatlarining asosini O’zbekiston Respublikasining «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifi-katlashtirish to’g’risida»gi, «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavf-sizligi to’g’risida»gi, «O’simliklar karantini to’g’risida»gi va «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi qonunlar tashkil qiladi va bu qonunlar talablariga ko’ra mahsulotlar majburiy sertifikatlash-tirishdan o’tkaziladi. Majburiy sertifikatlashtirishni o’tkazish bo’yicha ishlarni tashkil qilish O’zdavstandart («O’zstandart» agentligi)ga yoki uning topshirig’i bo’yicha majburiy akkreditlashtirilgan holda sertifi-katlashtirish bo’yicha boshqa idoralarga yuklatiladi.
O’zdavstandart («O’zstandart» agentligi), sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar, sinov laboratoriyalari (markazlari), tekshirish idoralari, mahsulot tayyorlovchilar (sotuvchilar) majburiy sertifikatlashtirish sub’ektlari hisoblanadi.
1996 yil 26 aprelda O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi tomonidan qabul qilingan «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonuni sertifikatlashtirishga yana qo’shimcha huquqiy asoslar yaratib berdi. Ushbu qonunda majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulot realizatsiya qilinganda iste’molchiga mahsulotni sertifikatlashtirilganligi haqida axborot berilishi kerakligi alohida ta’kidlab o’tilgan. Chunki, ushbu axborotning yo’qligi sababli davlat boshqaruv idoralarining ko’rsatmasi bo’yicha mahsulotning sotilishi to’xtatilishi mumkin.
«Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to’g’risida»gi Qonun yuqoridagi Qonun singari sertifikatlashtirish uchun qonuniy asoslardan biri bo’lib hisoblanadi. Bu qonunda gigiena sertifikatini rasmiylashtirish zarurligi ko’rsatib berilgan bo’lib, uning asosida oziq-ovqat mahsulotlari ro’yxatdan o’tkaziladi va sertifikatlashtiriladi.
«O’simliklar karantini to’g’risida»gi Qonunga asosan 1997 yildan boshlab o’simlik mahsulotlarini O’zbekiston Respublikasiga olib kirish va undan chiqarish qonun-qoidalari belgilangan. Ushbu Qonunda ko’rsatilishi bo’yicha respublika hududiga olib kiriladigan o’simlik mahsulotlariga fitosanitariya (o’simliklar karantini bo’yicha davlat inspeksiyasi organi tomonidan beriladigan) sertifikatini rasmiylashtirish talab etiladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilganlardan tashqari ayrim rivojlangan davlatlar mahsulot (xizmat, jarayon)ni ekologik sertifikatlashtirish bo’yicha ham ma’lum darajada tajribalarga ega. O’zbekiston Respublikasi bu masala bo’yicha hali etarli darajada tajribaga ega emas. Shunga qaramasdan, respublikada bu soha bo’yicha ma’lum darajada ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, bu sohada atrof-muhitni boshqarish va ekologik audit bo’yicha qo’llanmalarni o’z ichiga olgan ISOning 14000 seriyali xalqaro standartlarining qabul qilinishi O’zbekistonda ekologik nuqtai-nazardan mahsulotlar (xizmatlar yoki jarayonlar)ni sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarni yanada rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Ekologik sertifikatlashtirishning asosiy maqsadi – tabiiy muhitni minimal darajada ifloslantiradigan va iste’molchi hayoti, sog’ligi, mol-mulki va yashash sharoiti uchun mahsulot xavfsizligi kafolatini beruvchi texnologik jarayonlar joriy etish va tovar ishlab chiqiruvchilarni rag’batlantirishdan iborat. O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi quyidagi yo’nalishlarga asoslangan holda o’z faoliyatini olib boradi:

  • sertifikatlashtirish ob’ekti haqidagi axborotni ishonchliligi va belgilangan darajadagi aniqligini ta’minlash;

-sinov laboratoriyalari (markazlari)ning tayyorligi va iste’molchilarga nisbatan mustaqilligini ta’minlash;

  • chet el iste’molchilariga nisbatan kamsitish kabi illatlarni bartaraf etish;

  • arizachining sertifikatlashtirish ishlari bo’yicha sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalari (markazlari)ni o’zining hohishiga ko’ra tanlash huquqini ta’minlash;

-sertifikatlashtirish tomonlari va ekspert-auditorlarning noto’g’ri harakatlari uchun qonun oldida javobgarligiga erishish;
-sertifikatlashtirish faoliyatida ISO/MEK tavsiyanomalari va qoidalari hamda boshqa xalqaro hujjatlardan foydalanish;
-O’zbekiston Respublikasi ishtirokidagi turli kelishuvlar va bitimlar asosida sertifikatlashtirish bo’yicha chet el idoralari va sinov laboratoriyalarini akkreditlash, ularning sertifikatlari va muvofiqlik belgilarini tan olishga erishish;
-tijorat sirlari bilan bog’liq bo’lgan axborotlarning maxfiyligini ta’minlash va ularga rioya qilish;
-kerak paytlarda sertifikatlashtirish ishlariga iste’molchilar jamiyatlarini jalb etish va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimida qo’llanishi shart bo’lgan atama va ta’riflar amaldagi O’z.RST 5.5-93 (O’zbekiston
Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi. Asosiy atamalar va ta’riflar) standarti va O’zbekiston Respublikasining «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»gi Qonunida ko’rsatilgan.
Ushbu me’yoriy hujjatlarda ko’rsatilgan atamalar rasmiy hujjatlarda ham xuddi me’yoriy hujjatlarda qanday ko’rsatilgan bo’lsa, shunday yozilishi shart, chunki bunday hujjatlarda standartlashtirilgan atamalar o’rniga ularning sinonimlarini qo’llash qat’iyan man etiladi.
Sertifikatlashtirish bo’yicha atamalar va tushunchalar quyidagicha ta’riflanadi:

Yüklə 27,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin