24
yozma ifodalab berish talab etiladi.
5)
SWOT–tahlil. Bu organayzer talabalarda
tizimli
fikrlash, taqqoslash,
baholash, tahlil qilish,
fikrni
davom ettirish ko’nikmalarini rivojlantiradi. SWOT atamasi
inglizcha so’zlarning qisqartmasi hisoblanadi: Strengths –
ob’ektning kuchli jihatlari; Weakness –
kuchsiz jihatlari;
Opportunities – tashqi imkoniyatlari; Threats – tashqi xavf-
xatarlari. Talaba yangi qatordan S, W, O, T harflarini yozib
yoniga ob’ektning mos sifatlarini yozib chiqadi.
6)
“Baliq skeleti” sxemasi. Bu organayzer
tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Balik skeletining bosh qismiga – mavzu, yuqori qismiga –
muammolar, pastki qismiga – tasdiqlovchi dalillar yoziladi.
7)
Aqliy hujum usuli. Bu usul dars mavzusiga
oid savolga javob topish maqsadida g’oyalarni jamlash va
saralash uchun qo’llaniladi. Har bir talaba o’zining shaxsiy
g’oyalarini ilgari suradi. Bosqichlari –
muammoli vaziyat
paydo qilish; yechimni topish uchun g’oya, fikr berish;
yechimlar
taqdimotini eshitish; yechimlarni solishtirish va
tanlash; xulosa qilish.
8)
Esse. Bu mavzu bo’yicha
cheklangan
hajmda yoziladigan insho hisoblanadi. Esseda talaba o’quv
materiali bo’yicha o’zining shaxsiy fikrini erkin ifoda etadi.
Dostları ilə paylaş: