– mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o`zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko`rsatish va jamiyat hayotida o`quvchining o`rnini, o`zligini anglatishdan iborat.
O`zlashtirish (o`qitish) natijalari
mustaqillikka эrishish arafasida O`zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini o`quvchilarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g`ururni shakllantirishdan iborat.
Bilim
mustaqillikka эrishish arafasida O`zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini;
mustaqillik yillaridagi o`zgarishlarni, O`zbekistonning эng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda O`zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o`rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilishi kerak.
Ko`nikma
O`zbekiston tarixi muammolarini o`rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g`oyasini qo`llay bilish, atrofida sodir bo`layotgan jarayonlarga o`z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix modulining o`rnini anglash va bugungi kunda sodir bo`layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog`liqligini bilish ko`nikmalariga эga bo`lishi kerak.
O`zbekistonning эng yangi tarixini chuqur bilish, ma’naviy- milliy va umuminsoniy masalalar bo`yicha o`z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik g`oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi malakalarga эga bo`lishi kerak .