O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi samarqand davlat tibbiyot universiteti pediatriya va neonatologiya kafedrasi
səhifə 1/4 tarix 28.11.2023 ölçüsü 12,04 Kb. #167200
PERINATAL ASFIKSIYA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI 1 PEDIATRIYA VA NEONATOLOGIYA KAFEDRASI PERINATAL ASFIKSIYA MA’RUZA REJASI 1.Perinatal asfiksiyaning dolzarbligi 2. Perinatal asfiksiyaning etologiyasi 3. Perinatal asfiksiyaning patogenezi 4. Perinatal asfiksiyaning tasnifi 5. Perinatal asfiksiyaning klinik ko’rinishi 6. Perinatal asfiksiyaning tashxisoti 7. Perinatal asfiksiyada reanimatsiya asoslari. Perinatal asfiksiyaning dolzarbligiPerinatal asfiksiyaning dolzarbligi Har yili dunyoda 40000000 chaqaloqda asfiksiya holati qayd etiladi. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda uning uchrash chastotasi keskin farqlanadi, ya`ni har 1000 tirik tug‘ilgan chaqaloqning 1dan 50 nafarigacha kuzatiladi. JSST ko‘rsatmalariga ko‘ra rivojlanayotgan davlatlarda kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarinining asosiy sababi bo‘lib hisoblanadi. har yili 5000000 neonatal davrdagi o‘limning 19%i tug‘ruq vaqtidagi asfiksiyaga bog‘liq. Perinatal asfiksiyaning etologiyasi 1.Tug‘ruqqacha bo‘lgan omillar : Surunkali yurak qon tomir kasalliklari ; Surunkali nafas olish tizimi kasalliklari; Surunkali siydik-tanosil tizimi kasalliklari; Og‘ir darajali anemiya ; Homiladorlikni III trimestridagi infeksion kasalliklari; Qandli diabet; Homiladorlikning 2- va 3- oyligida qon ketishi; Homila oldi qobiqlarining vaqtidan oldin yorilishi ; Ona yoshining 16 yoshdan kichik va 35 yoshdan katta bo‘lishi; Ko‘p homilalik homiladorlik ; Vaqtidan o‘tib ketgan homiladorlik; Zararli odatlar (ichish, chekish, narkotik moddalarni qabul qilish); Uzoq kechuvchi gestozlar (4 haftadan ortiq); Bachadonning doimo tonusda bo‘lishi; CHaqaloqlar gemolitik kasalligi ; Kovak venaning bachadon tanasi bilan ezilishi; Antenatal kuzatuvning yo‘qligi; Homila anomaliyalari. Dostları ilə paylaş: