Reja: I. Mavzuning dolzarbligi. II. Nazariy qism. Etiologiyasi va patogenezi Bronxial astmaning kelib chiqish mexanizmi Bronxial astma kasalligining klinik belgilari III. Xulosa IV
II.Nazariy qism.
1.Etiologiyasi va patogenezi
2.Bronxial astmaning kelib chiqish mexanizmi
3.Bronxial astma kasalligining klinik belgilari
III.Xulosa
IV .Foydalanilgan adaiyotlar
BRONXIAL ASTMA — ETIOLOGIYASI, TASNIFI, ALOMATLARI, TASHXISLASH, DAVOLASH, OLDINI OLISH Bronxial astma — surunkali, yuqumsiz, yallig’lanish tabiatli havo yo’llari kasalligidir. Nafas olish organlarida surunkali yallig’lanish jarayonlari ularning giperfaolligiga olib keladi, natijada allergen yoki qo’zg’atuvchi ta’sirga uchraganda bronxial obstruktsiya (qisilish) rivojlanadi, bu havo oqimi tezligini kamaytiradi va bo’g’ilishga olib keladi. Bronxial astma xuruji odatda qo’zg’atuvchi ta’siridan keyin rivojlanadi va qisqa o’tkir nafas olish va shovqinli uzaygan nafas chiqarish bilan xarakterlanadi. Odatda yopishqoq balg’amli va shovqinli yo’tal alomatlari bilan birga keladi. Bronxial astma o’pka va yurakning emfizemasiga, astma holatining paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.
BRONXIAL ASTMA
So’nggi yigirma yil ichida astma bilan kasallanish holatlari ko’paydi va bugungi kunda astma ta’siridan taxminan 300 million kishi aziyat chekadi. Bu jins va yoshdan qa’tiy nazar, insonlarda eng keng tarqalgan surunkali kasalliklar sirasidan. Bronxial astma bilan kasallanganlar orasida o’lim darajasi juda yuqori. So’nggi yigirma yil ichida bolalardagi bronxial astma holatlari ortib borishi bunday hoaltni nafaqat kasallik, balki ijtimoiy muammo deb qarashga undamoqda va unga qarshi kurash uchun maksimal kuchlar qaratilgan.
Nafas qisilishi xurujlari turli tezliklarda kuzatiladi, ammo remissiya bosqichida (surunkali kasallikning vaqtinchalik yengillashishi) ham havo yo’llarida yallig’lanish jarayoni saqlanib qoladi. Bronxial astmada havo oqimining buzilishida quyidagi tarkibiy qismlar yotadi:
Bronxlarning silliq mushaklarining spazmlari yoki ularning shilliq qavatining shishishi tufayli nafas olish yo’llarining to’silib qolishi.
Nafas olish yo’llarining shilliq osti bezlari giperfunktsiyasi sababli sekretsiyasi tomonidan bronxlarning to’silib qolishi.
Bronxial devorda sklerotik o’zgarishlarga olib keladigan, kasallikning uzoq davom eitshi natijasida bronxning mushak to’qimasini biriktiruvchi to’qimaga almashishi.
Murakkablikka qaramasdan bronxial astma yaxshi davolanadi, buning natijasida doimiy va uzoq muddatli remissiyaga erishish mumkin. Bemorlar o’z holatini doimiy nazorat qilishi ularni nafas qisilishi xurujlari boshlanishini oldini olish, kamaytirish yoki xurujalrni bartaraf etish uchun yordamchi dorilarni qabul qilishlardan halos etadi, shuningdek, faol hayot tarzi olib borish imkonini beradi. Bu o’pka funktsiyasini saqlab qolishga va asoratlar xavfini to’liq bartaraf etishga yordam beradi.