O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/26
tarix01.12.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#170457
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
85. Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar

DAVLAT BOSHQARUVI USULLARI
– davlat tomonidan boshqaruv 
sohasidagi vazifalar qanday hal qilinishi tushuniladi. Davlat o’z oldiga qo’yilgan 
maqsadlarga erishish yo’lida hamda vazifa va funktsiyalarni bajarish uchun turli xil 
usullardan foydalanadi. Ishontirish va majburlash keng tarqalgan ma’muriy 
usullardir. 
DAVLAT BOSHLIG’I
– (inglizcha “head of the state”) -oliy davlat lavozimi 
bo’lib, u ijro hokimiyati soxibi va tashqi munosabatlar sohasida davlatning oliy 
vakili hisoblanadigan shaxs. Monarxiyalarda ––Buyuk Britaniya, Daniya, 
Shvetsiya,Ispaniya, Yaponiyada – d.b. monarx (korol, imperator, emir) bo’lib,uning 
hokimiyati qoidaga ko’ra, hukmron shajara vakilidan keyingisiga qonunga binoan 
meros tariqasida o’tkaziladi. Respublikalarda (Italiya, Frantsiya, GFR, AQSh, Lotin 
Amerikasi davlatlari va b.) d.b. prezident bo’lib, u yoki bevosita aholi tomonidan 


46 
saylanadi (Meksika, panama, Kolumbiya), yoki bilvosita (AQSh, Argentina), yoxud 
ko’p bosqichli saylovlar(Italiya, GFR, Hindiston) natijasida saylanadi. Ko’pchilik 
davlatlarda individual davlat rahbari mavjud, prezidentlik respublikalarida davlat 
rahbari ayni paytda hukumat rahbari ham hisoblanadi.(AQSh, Meksika, Argentina, 
Afrikaning ayrim davlatlarida). 
DAVLAT QO’MITALARI
– (O’zRda) umumdavlat vazifalarni bajaradigan 
sohalararo davlat boshqaruvi markaziy idoralari. D.q. tegishli tarmoq muassasalari 
faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. D.q. tegishli tarmoqdagi ahvol uchun 
mas’ul hisoblanadi. “O’zR Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi Qonuni (1993 y. 6 
may) va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari D.q. ning huquqiy holatini 
belgilab bergan. 
DAVLAT NAZORATI
– davlat organlari chiqaradigan qonunlar va boshqa 
huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini ta’minlaydigan davlat hokimiyatini amalga 
oshirish shakllaridan biri. Davlat nazoratini turli organlar amalga oshiradi. Odatda 
nazorat vazifasi asosan parlamentlarda to’plangan, ammo keyingi o’n yillikda 
ko’pgina mamlakatlarda parlamentdan tashqari, biroq parlament nomidan ish 
yuritadigan nazorat instantsiyalari keng tarqaldi (masalan, 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin