151
Anafilaktik shokda yordam.
Dori yuborilgandan so`ng bir necha sekunddan bir necha minut vaqt o`ralig`ida uchraydi.
Belgilari:
Badanning umumiy qizarishi , toshmalar, yo`tal huruji, bezovtalanish nafas olish maromining buzilishi qusish, A/B ning
pasayishi yurakning urishi, aritmiya.
O`lim sabablari:
O`pka shishi bronxospazmdan keyingi o`tkir nafas yetishmovchiligi o`tkir yurak tomirlar yetishmovchiligi o`tkir
yurak tomir yetishmovchiligi. Shok qanchalik tez bo`lsa shuncha og`ir kechadi.
Shoshilinch yordam:
1.
Dorini yuborishni to`xtatish va in`eksiya sohasidan yuqoriroqqa jgut qo`yish
2.
Bemorni yotqizish va asfikasiyaning oldini olish.
3.
In`eksiya qilish sohasiga,5 ml 0,1 % adrenalin yuborish xuddi shu eritmani 1 ml venaga yuborish
4.
A/B o`lchanadi , agar bosim hali ham past bo`lsa, 10-15 daqiqadan so`ng adrenalin yuborish takrorlanadi.
5.
Agar penisillindan so`ng alleragik holat kuzatilsa 2 ml izotonik eritmada eritilgan 1000000 TB penisillinaza yuboriladi.
6.
Agar lozim topilsa reanimatsion choralar qo`llaniladi.
Gepatit va OITS yuqishini oldini olish maqsadida hamshira quyidagilarga
ahamiyat berish lozim.
1.
Qon yoki zardob bilan ifloslanishni oldini olish maqsadida rezina qo`lqopda ishlash.
2.
Tibbiy jihozlar va igna bilan ishlashda ehtiyotkorlikka ahamiyat berish.
3.
Muolaja paytida hamshira qo`lidagi jarohatlar leykoplaster bilan yopib qo`yish.
4.
Qon havfi tug`ilganda maskada ishlash.
5.
Agar qon yoki zardob teri yoki shilliq qavatlarga sachrasa :
а) ko`z
oqar suvda yuviladi, 1% borot kislota tomiziladi.
б) burunga 1% protorgol eritmasi tomiziladi . Og`iz va tomoq 70С spirt yoki 0,05% kaliy permanganat eritmasi yoki 1% borot
kislota eritmasi bilan chayiladi.
в) teri 1% xloraminda artiladi.