O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

Oyoq va qo`llarni yuvish
 
 
 (2 ta hamshira bajaradi) 
 
 
 
 
 
Kerakli jihozlar 
Harakatlar algoritmi 
1.Yopinchiq 
2.Kleyonka 
3.To`shaklar 
4.Tog`ora 
5.Qo`lqop 
6.Iliq suv. 
7.Suv
termometri. 
8.Sovun. 
9.Doka. 
10.Sochiqlar 
1.Tashqi ko`rinishni tartibga keltirib (tirnoq, soch) , muolajani o`tkazish uchun qulay kiyimni kiyish 
2.Zarur ashyolarning mavjudligini tekshirib ularni to`g`ri joylashtirish 
3.Muolajaning maqsadi va o`tkazish usullari to`grisida ma`lumot berib , uning roziligini olish
4.Karavot atrofini tartibga keltirib , ishlash uchun qulay sharoit yaratish 
5.Bemorni yopinchiq bilan yopintirib sababsiz yechintirmasdan bemor ko`rpasini uning oyoq tagiga yig`ib bemorga 
sog`lom (chap) qo`li bilan ko`rpa chetini ushlashini so`rash 
6.Shimni , so`ng yopinchiqni tizzagacha ko`tarish, ikkala tizzani yopinchiq bilan o`rab olish, yopinchiq chetlarini 
mahkam qistirib qo`yish 
7.Kleyonkani yoyib ikki oyoqni egib, oyoqlar ostiga to`shakchalarni joylashtirib, oyoqlarni to`shak bilan o`rab olib 
og`rigan ( o`ng) oyoqni bir holatda saqlash 
8.Tog`oraning yarmini tegishli haroratdagi suv ( 40 
0
С atrofida ) bilan to`ldirib qo`lqoplarni kiyish 
9.Oyoqlar tagida tog`orani joylashtirib, cog`lom chap oyoqqa ozgina suv tomizib , suv harorati mosligini bemordan 
so`rash, agar suv issiq bo`lmasa , ikkala oyoqni tog`oraga solib yana bir marotaba suv haroratini tekshirish
10.Dokaga sovunni surtib, ko`pik hosil bo`lgandan keyin ichki kiyimlar, o`rin- bosh ashyolar va ppolni iflos 
qilamasdan oyoqlar yuvish, ayniqsa tabon terisini yaxshilab yuvib qizarishlarni kuzatish
11.Sovun qoldiqlarini suvda yuvib tashlash, tog`oradan oyoqlarni chiqarish 
12.Тоg`oradagi kirni yuvib tashlagandan keyin suvni almashtirib, haroratini tekshirib , oyoqlarni tog`oraga solib 
teridagi sovunni yaxshilab yuvib tashlash 


109 
13.Tog`orani olib qo`yib issiqlik yo`qotmaslik uchun barmoqlar orasigacha bo`lgan teridagi suvni tezkorlik bilan 
yaxshilab artib tashlash
14.Massaj bilan birga aksariyat yotoq yaralari paydo bo`ladigan joylarni kuzatish 
15.Kleyonkani yig`ib , fiziologik tog`ri holatni nazarda tutgan holda qulay holat yaratish
16.Qorin sohasigacha yopinchiqni tushirish 
17.Bemorni og`rigan (o`ng) tomoniga , to`shak qo`yib uni yarim o`tirgan holatda saqlash 
18.Og`rigan (o`ng) tomondan kleyonkani yoyib ,atrofni tartibga keltirish
19.Tog`oraning yarmini issiq suv (40
0
С atrofida) bilan to`ldirib , bemorning og`rigan (o`ng) tomoniga 
joylashtirish
20.Bemorning sog`lom (chap) qo`liga ozgina suv , suv haroratini mosligini undan so`rash, agar issiq bo`lmasa , ikki 
qo`lini tog`oraga qo`yib yana bir marotaba haroratni tekshirish
21.Dokaga sovunni surtib , ko`pik hosil bo`lgandan keyin ichki kiyim,o`rin – bosh ashyolar va polni iflos 
qilmasdan so`glom chap qo`lni yuvish 
22.Bemor sog`lom (chap) qo`li bilan og`rigan (o`ng) qo`lini mustaqil yuvib uni massaj qilib, toza suv bilan yuvib 
tashlashni so`rash 
23.Тоg`orani olib qo`yib, issiqlikni yoqotmaslik uchun barmoqlar orasigacha bo`lgan teridagi suvni tezkorlik bilan 
yaxshilab artib tashlash
24.Kleyonkani olib tashlab , bemor tanasini oldingi holatga keltirish 
25.Tana og`irligi baravar taqsimlanishi uchun fiziologik holatni nazarda tutgan holda bemorga qulay holat yaratib 
berish 
26. Muolaja tugashi haqida bemorga aytish, uning ahvolini yomonlashuvi yoki muolajadan so`ng og`riq paydo 
bo`lganligi to`g`risida so`rash va kuzatish 
27.Muolaja o`tkaizish vaqti va mazmuni, bemorning javob reaksiyasi, teridagi o`zgarishlar va boshqa kuzatuv 
natijalarini yozib qo`yish. 



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin