44
dorilarni noto’g’ri o’lchashi mumkin. Bunday paytda dori berishda bemorning yaqinlari va
qamshira unga ko’maklashishi zarur.
Geriatriyada dori tayinlashning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
1. Geriatrik bemorlar organizmidagi yoshga aloqador o’zgarishlar, bir qator patologik
o’zgarishlar sababli dorilarning salbiy ta'siri yoshlarga nisbatan yuqoriroq bo’ladi.
2. Organizmning dori moddalari va ularning tabiiy metabolitlari ta'siriga chidamliligi
pasayib, intoksikasiya rivojlanishi ortadi.
3. Polipragmaziya, ya'ni bir nechta dori moddalarini birdaniga qo’llash noxush
oqibatlarga olib keladi. Iloji boricha dorilar qabul qilish oralig’iga rioya qilish kerak.
4. Davolovchi doza o’rta yoshdagilarga nisbatan 2 barobar kam miqdorda tayinlanadi.
Ijobiy o’zgarishlarga erishilgach, dozani yana kamaytirish kerak.
5. Antibakterial kimyoviy preparatlar tayinlashda bu preparatlarning keksa yoshdagi
odamlarda intoksikasiyasi kuchli bo’lganligini inobatga olib, kamroq dozalarda buyuriladi.
6. Dori tayinlashda bemorlarning suv-tuz rasioni, sutkalik siydik ajralishi, keksalarning
suyuqlik kam iste'mol qilishlarini e'tiborga olish kerak, organizmda suyuqlikning kamayishi
dori intoksikasiyasini kuchaytiradi.
7. Dori allergiyasi kabi asorat bo’lishini esda tutish kerak.
8. Yoshi keksa odamlarda o’sma kasalliklarining rivojlanish xavfi tug’ilishi
munosabati bilan vitaminlarni va biostimulyatorlarni chegaralash lozim.
Dostları ilə paylaş: