O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#178569
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   114
Gerontоlogiyada hamshiralik ishi (I.Razikova, D.Aliqulova)

Tovon shporalari
- bularga axillov payi yoki oyoq kafti payining tovon suyagiga 
birlashgan joyida tikan kabi paydo bo’ladigan suyak o’siqlari kiradi va bu dard keksalarning 
75-80 %ida uchraydi. Shporalarning 81% 80 paydo bo’lishiga surunkali travmalar, 


41 
umurtqalar ostexondrozi, gripp, revmatizm, bo’g’imlarga doimiy statik va dinamik yuk 
tushishi sabab buladi. Kasallik klinikasida tovonda og’riq, oqsoqlanish kuzatiladi, boldir-
tovon bo’g’imida harakatlar cheklanib qoladi, bemorning yurishi o’zgarib, qiyinlashadi. 
Shporalarni rentgenologik tekshiruvda aniqlash oson. Kasallikni davolashda analgetiklar, 
spazmalitiklar, tomir kengaytiruvchi vositalar buyuriladi. Tovon sohasiga 4,5 ml. 2% li 
novokain bilan blokada qilish og’riqni kamaytiradi. Fizioterapevtik muolajalardan novokain 
bilan elektroforez, gidroterapiya, massaj, jismoniy mashqlar tavsiya qilinadi. 
Keksa yoshdagi odamlarning jismoniy tarbiya bilan shug’illanish hayotni cho’zish, 
qarilik bilan kurashish tibbiyot fanining oldiga qo’yilgan muhim masalalardan biri 
hisoblanadi. Ko’p umr kurishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati katta. Qarish bu faqat 
so’lish emas, balki butun organizmning murakkab qayta qurilishidir. Biologik qonun 
bo’yicha yoshi katta bo’lgan sari organizmning moslashuv imkoniyatlari qisqaradi. 
Ma'lumki, qarish jarayonida organ va sistemalar o’zgarishlari bilan bir qatorda 
organizmning o’ziga xos kompensator moslashuv reaksiyalari hosil bo’ladi. Bu narsa 
muhim hisoblanadi yoki aynan shu reaksiyalar qarish jarayoni rivojlanishining 
sekinlashuviga faol ta'sir ko’rsatadi. 
Jismoniy mashqlarni muntazam bajarish shartli reflektor bog’lanishlarga ijobiy ta'sir 
ko’rsatib, organizmning erta qarishga ta'sir qiluvchi omillarga salbiy ta'sir ko’rsatadi. 
Jismoniy mashqlar moddalar almashinuvi, mushaklardagi oksidlanish jarayonlarining 
kuchayishiga, qonda lipidlar miqdori pasayishiga hamda xolesterinning tomirlar devorida 
to’planishini kamaytirib, ateroskleroz rivojlanishiga to’siqlik qiladi. Jismoniy harakat turli 
organ va sistemalarning hayotiy faolligini normallashtirib rag’batlaydi, miokardning 
qisqaruvchanligini oshiradi, bunda koronar qon aylanishining yaxshilanishi kapilyar qon 
tomirlarining kengayishi bilan kechadi, o’pka ventilyasiyasi oshadi, kichik qon doirasida 
qon aylanishi yaxshilanadi, ko’krak qafasi qarakatlari normallashadi. Jismoniy mashq me'da 
ichak yo’llarinining silliq mushaklari harakatini rag’batlaydi. Mushak sistemasini, 
bog’lovchi apparatni, bo’g’imlardagi harakatlarni normallashtirib, ish harakatini uzoq 
muddatgacha saqlab turadi. 
Gormonal fonning jismoniy harakatlarga ahamiyati juda katta. Ular ta'sirida endokrin 
a'zolar faoliyati oshib, inson tanasi yosharadi. Shifokorning birinchi vazifasi bemorning 
biologik yoshini, surunkali va latent bo’lgan kasalliklarni, kasallik asoratini aniqlash, 
me'yorda jismoniy harakat tavsiya etish hisoblanadi. qari odamlar vrach nazoratidan 
o’tgandan keyin jismoniy mashg’ulotlarning 4 turidan iborat bo’lgan biron bir guruhiga 
yuboriladi. 
1-guruh. Bu guruhga yaxshi jismoniy tayyorgarlik ko’rgan, kasallik va uning asoratlari 
bo’lmagan bemorlar kiradi. 
2-guruh. Sezilmagan miqdordagi asoratlari bor va kasallikdan keyin yaxshi 
kompensasiyaga ega bo’lgan bemorlar kiradi. 
3-guruh. Past jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lgan, jismoniy harakatlari cheklangan 
holda sog’liqida biron bir o’zgarishi bor bemorlar kiradi. 
4-guruh. Turli kasalliklar bilan kasallangan bemorlar tashkil qiladi. Ular shifokor 
nazorati ostida jismoniy mashqlar bilan davolanish, badan tarbiyasi bilan shug’ulllanadilar. 
Salomatlik bo’yicha avvalgi 3guruhga kiritilgan bemorlar yuklamali davolovchi badan 
tarbiya mashqlari bilan shug’ullansalar bo’ladi, biroq 3guruhga ehtiyotkorlik bilan 
yondoshish kerak. Davolash tarbiyasi bilan shug’ulllanish o’rtacha tartibda olib borilishi 
kerak. 
Yuklamalarni 
bosqichma-bosqich 
oshirib 
boriladi. 
Yuklamalar 


42 
shug’ulllanuvchilarning funksional imkoniyatiga to’g’ri kelishi kerak.Qari organizmning 
holatidan kelib chiqib, tanani va boshni keskin harakatlantirmaslik lozim. Qon tomirlarining 
sklerotik o’zgarishlari natijasida tana holatini tez va keskin o’zgartirish, bosh aylanishi, 
quloq shang’illashi, muvozanat buzilishi, bemorlar ko’plab jarohat olishiga sababchi 
bo’lishi mumkin. 
Tanani va nafas faoliyatini o’ta zo’riqtiruvchi mashqlarni, kichik qon aylanish 
doirasida bosimni oshirish mumkinligi tufayli, bajarish mumkin emas. Bunda yurakka qon 
kelishi qiyinlashadi, o’pka emfizemasi kelib chiqishi kuzatiladi. Keksalarga kam tanish 
bo’lgan, zo’riqtiruvchi mashqlar va tana holatini tez-tez o’zgartirib turish qiyinchilik 
tug’dirishi mumkin. Keksa yoshdagilarga mashqlarni shunday tanlash kerakki, bunda 
hamma bo’g’im va muskullar me'yorda ishlasin. Bu mashqlarning hammasi ritmik, bir 
maromda, yurak, tomir sistemasini zo’riqtirmasdan bajarilishi kerak. Nafas olish va 
chiqarish ritmik, erkin bo’lishi lozim. Nafas yetishmovchiligi va bo’tilishdan bemor ehtiyot 
bo’lishi zarur. 
Uzoq masofaga yugurganda ortiqcha jismoniy zo’riqish hosil bo’ladi. Bu oyoq 
bo’g’inlarida va umurtqada og’riq bo’lishiga olib kelishi mumkin. 
Keksalarga jismoniy mashqlardan "Sport yurishi" tavsiya qilinadi, bunda tananing 
hamma qismi, muskullar, oyoq, qo’l bo’g’imlari va yelka kamari, korpusi qatnashadi. 
Bunda bo’g’imlar jarohatlanishi kam bo’ladi. Jismoniy mashq bilan shug’ullanuvchi 
shaxslar o’zini nazorat qilib turishi kerak. Pulsi tezlashib ketishiga yo’l qo’ymaslik lozim. 
Pulsni chegaraviy miqdorini aniqlash, funksional diagnostika xonalarida veloergometriya, 
EKG yordamida qilinadi.Shuni yodda tutish kerakki, keksalar jismoniy mashqlar bilan 
muntazam shug’ulllanishi kerak. Bir yil gipodinamiyada bo’lib, ta'til paytida esa jismoniy 
mashqlar, sport o’yinlari bilan haddan tashqari ko’p shug’ulllanish mumkin emas. Chunki u 
yomon oqibat bilan tugashi mumkin. "Ta'til infarkti" tushunchasi ana shundan paydo 
bo’ladi. Bunday shaxslarga jismoniy mashqlar tanlovi, vrach maslahati bilan, individual 
holatda olib borilishi va bunda albatta "Zarar qilma!" - tibbiy prinsipiga rioya qilish kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin