Dagal tolali kletchatkalarni o’simlik mahsulotlaridagi miqdori (100 g hisobida)
Mahsulot nomi
Klechatka, g
Mahsulot nomi
Kletchatka, g
Kabachki
0,3
O’rik
0,8
Gilos
0,3
Rangli karam
0,9
Olcha
0,5
Yashil piyoz
0,9
Olxo’ri
0,5
Sholg’om
0,9
Salat
0,5
Shafffftoli
0,9
Olmalar
0,6
Yashil no’hat
1,0
Noklar
0,6
Kartoshka
1,0
Mandarinlar
0,6
Redis
1,0
Greypfrutlar
0,7
Loviya, no’xat
1,0-1,3
Oq karam
0,7
Ovsyana yormasi
2,8
Bodiring
O,7
Grechka yormasi
1,1
Tomatlar
0,8
Bug’doy uni
1,2
Klyukva
2,0
Krijovnik
2,0
Qovoq
1,2
Qizil smorodina
2,5
Brusnika
1,6
Oq qo’ziqorin
2,3
Qora olxo’ri
1,6
Malina
5,0
Zemlyanika
4,0
Har kuni kletchatkani etarli miqdorda iste’mol qilish qiyinchilik tug’dirganda, ratsionga
kletchatka bilan boyitilgan maxsus ovqat mahsulotlari yoki kletchatkaning farmakologik
preparatlari (guarem) kiritiladi. Dag’al ishlov berilgan undan tayyorlangan mahsulotlari
ko’proq tavsiya etilsa, asosan yormalardan –grechka, ovsyana, perlovka, jo’hori yormalari
qo’llaniladi. Ovsyana va grechka yormalari aminokislotalar darajasi bo’yicha hayvon
oqsillariga yaqin turadi. Grechka yormalari komponentlari angioprotektiv ta’sirga ega bo’lsa,
ovsyana yormalari –gipolipidemik ta’sir ko’rsatadi. Kuniga 2 portsiyadan yuqori mevalar
iste’mol qilish tavsiya etilmaydi: 2ta olma, 2ta nok, 2ta apelsin, 3ta kivi, 1ta bananni 2ta
portsiyaga bo’lib 4 soat interval bilan qabul qilish kerak. O’z sharbatida tayyorlangan
mevalar buyuriladi. 2 birlikdan yuqori bo’lmagan alkogol (250 g pivo, 1 bokal vino yoki
100g ichimliklar) tavsiya etiladi. Insulinga bog’liq qandli diabet, ayniqsa ortiqcha tana vazni
bilan birga kelganda haftada 2-3 marta engillashtiruvchi kunlar (iste’mol qilinayotgan ovqat
kalloriyasi 300-900 kkal bo’lishi kerak) uyushtirish ko’zda tutiladi.
1. Olmali kunlar: 1,5 kg olmalar (690 kkal)
2. Kefirli kunlar: 1,5 l kefir (840 kkal)
3. Ovsyanali kunlar: 200 g ovsyana yormasidan suvda qaynatib 25 g saryog’ qo’shiladi (880
kkal)
4. Sabzavotli kunlar: (karam,redis,salat, sabzi, piyoz, bodiring, pomidor, ukrop, petrushka)
kuniga 2 kg gacha (400-500 kkal);
5. Go’shtli kunlar (qaynatilgan mol go’shti-400 g va garnir ko’rinishda sabzavotlar-400 g)
(600 kkal). To’g’ri dietoterapiya va tana vaznining kamayishi ko;pgina hollarda uglevod
almashinuvinig peroral diabetga qarshi preparatlarni qo’shimcha qo’llamasdan turib, uglevod
almashinuvining to’liq meyorlashtirishga erishishga yordam beradi. Biroq qariya va
keksalarda parhezni uzoq qo’llashga yondosh kasalliklar, stomologik muammolar qiyinchilik
tug’diradi. Insulinoterapiya olgan bemorlar ovqat qabul qilish vaqti va har bir portsiyada
68
uglevodlar miqdori insulin ta’sirining kamayish vaqtiga va uning dozasiga mos kelishi
kerak.Jismoniy aktivlik bemorning yoshiga, jismoniy holatiga mos bo’lishi kerak bo’lib,
qandli diabetni davolashda eng kerakli component hisoblanadi, chunki mushaklar ishi
giukozaning utilizatsiyasiga yordam beradi. Jismoniy mashqlar yurak-qon tomir va nafas
sistemasi funktsiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Muntazam jismoniy mashqlar qari bemorlar
tana massasini meyorlashtirishga yordam beradi. Kuniga yarim soat yayov yurish semizlikni
o’rtacha darajalarida tana massasining 1 yilda 9-10 kg ga kamayishiga olib keladi. Sistemali
jismoniy zo’riqishlar parhez rejimi fonida 70-80%hollarda qari va keksa bemorlarda qandli
diabetning adekvat nazoratiga erishishga olib keladi. Jismoniy zo’riqish uchun ko’rsatmalar;
1. Qandli diabet kompensatsiyasi (giperglikemiya 14 mmol/l/s ldan kam bo’lsa).
2. Jismoniy ish qobiliyatining etarli darajasi 20-90 minut davomida
3. Angiopatiyalar yo’qligi
4.VEMP ga jismoniy reaksiya
5.VEMPda giperglikemiya darajasini yo’qligi.
Qari va keksa bemorlarda fizik zo’riqishning eng oddiy va adekvat formasi bo’lib, mos
keluvchi davomiylik, maromdagi yurish, ertalabki badantarbiya, o’z - o’zini massaj qilish,
nafas gimnastikasi hisoblanadi. Maxsus zo’riqtiruvchi progrrammalar qo’llashdan oldin
yurak - qon tomir sistemasini funktsiyasini yaxshilab tekshirish zarur, chunki bunday
kasallarda yurak ishemik kasalligi keng tarqalgan bo’ladi. Mikroangiopatiyada jismoniy
zo’riqishlarga chidamlilik (tolerantlik) pasaya boradi.
Adekvat jismoniy zo’riqish kriteriyalari:
Yurak urish chastotasi yoshga qarab:
30yosh-114-145/min; 35yosh-110-140/min;
40yosh-108-135/min; 45 yosh-105-130/min;
50 yosh-102-128/min; 55yosh-100-124/min;
60 yosh-96-120/min; 65 yosh-92-118/min;
70yosh-92-116/min; 75 yosh-86-110/min;
80 yosh -84-104/min; 85 yosh-80-100/min.
Jismoniy zo’riqish asoratlari: yurak ritm buzilishlari, kardialgiyalar, bosh aylanishi,
discomfort, giperglikemiya, miyada qon aylanish buzilishi, sovuq ter, hansirashni kuchayishi,
fizik mashqlardan so’ng 5 - 10 minut davomida yurak urishi, 2 sutka davomida doimiy
artralgiyalar, sutkadan ortiq charchash, boshqa hissiyotlar va asoratlar.
Jismoniy mashg’ulotlar samaradorligi: qandli diabet kechishini engillashtiradi, turg’un
kompensatsiyani ta’minlaydi, insulinga bo’lgan ehtiyojni 20-30%ga kamaytiradi, qon-tomir
asoratlari rivojlanishi , kardiovaskulyar buzilishlar havfini kamaytiradi, lipid almashinuvini,
stresslarga rezistentlikni , immunoreaktivlikni oshiradi.
Jismoniy mashqlar o’tkazish uchun tavsiyalar:
- jismoniy zo’riqishlarni jiddiy taqsimlash (vaqt, intensivligi);
- vrach ko’rsatmalarini vaqtida bajarish;
- jismoniy mashg’ulotlarni kasallik ilk bosqichida boshlash va asoratlar boshlanishi bilan
to’xtatish;
- jismoniy mashg’ulotlar kasal kun tartibigava terapevtik tadbirlar tartibiga yozilishi kerak;
- jismoniy mashg’ulotlar ijobiy emmotsional tusga ega bo’lishi kerak;
- bemorlarga jismoniy mashg’ulotlarning asoratlari haqida ma’lumot berish kerak, salbiy
ta’sirlar oldini olish va ularni bartaraf etishni bilishlari kerak.
Qandli diabet bilan og’rigan qariyalarda jismoniy zo’riqish bilan bog’liq havf omillari.
- gipoglikemiya
69
- yurak ishemik kasalligining zo’rayishi
- zo’riqishdan keyingi ortostatik gipotenziya
- to’r pardaga qon quyilishi
- oyoq panjasi jarohatlanishi.
Dostları ilə paylaş: |