29
va o‘tkazish jarayoni demokratik talablar darajasida bo‘ldi, deb aytolmaymiz,
nomzodi ko‘rsatilgan vakillarning hammasiga bir xil sharoit va imkoniyatlar
yaratilmadi. Bu va bosha sabablar taqozosiga ko‘ra saylangan nomzodlarning 95
foizini kommunistik firqa a'zolari tashkil etdilar. «Yangi shakllangan 12-chaqiriq
O‘zbekiston Oliy Kengashi 1-sessiyasining respublika istiqboli uchun katta
ahamiyatga molik va sobiq Ittifoq doirasida birinchi bo‘lgan siyosiy qarori -
O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvini joriy etishi bo‘ldi. 1990-yil, 24-martda
respublika kompartiyasining birinchi kotibi Islom Karimov O‘zbekistonning
birinchi Prezidenti etib saylandi.
O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov - davlat va
siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentidir. U 1938-yilda
Samarqandda tug'ilgan. O‘rta Osiyo Politexnika instituti va Toshkent Xalq xo‘jaligi
institutlarini tamomlagan. 1960-yildan «Tashselmash» zavodida avval master
yordamchisi, so‘ngra master, texnolog bo‘lib ishlagan. 1961-yildan V.P.Chkalov
nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi
muhandis konstruktorlik qildi. 1966-yildan O‘zbekiston Davlat Plan Qo‘mitasida
fan vayangi texnikani joriy etish bo‘liminingbosh mutaxassisi, so‘ngra Respublika
Davlat Plan qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishladi. 1983-
yildan O‘zbekiston Moliya vaziri, 1986-yildan O‘zbekiston Ministrlar
Sovetiraisining o‘rinbosari, Respublika Davlat Plan Qo‘mitasining raisi vazifasini
bajardi. 1986-yil dekabrdan Qashqadaryo viloyati partiya ko‘mitasining birinchi
kotibi, 1989-yil iyunidan O‘zbekiston KP Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi,
1990-yil, 24-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. O‘zbekiston Respulikasining
Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1991 -yil, 29-dekabrda birinchi bor muqobillik
asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
etib saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasiga muvofiq
u ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining raisi hamdir.
I.A.Karimov 1991-yil, 31-avgustda Toshkentda O‘zbekiston Respublikasining
mustaqilligini e'lon qildi. O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy, madaniy, ma'naviy va xalqaro maydonda erishgan muvaffaqiyatlari va
yutuqlari Islom Karimov nomi bilan bog'liq.
Dostları ilə paylaş: