O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TIBBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI
EPILEPSIYA
Tibbiyot oliy o’quv yurtlari 5- kurs talabalari uchun
o’quv-uslubiy qo’llanma
Toshkent – 2010
2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TIBBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI
«TASDIQLAYMAN»
«KELIShILDI»
O’zR SSVning Fan va o’quv
O’zR SSVning Tibbiy ta’limni
yurtlari bosh boshqarmasi
rivojlantirish markazi
boshlig’i prof. Sh.E.Ataxanov
direktori M.S.Yusupova
_______________________________
__________________________
«___»_________________2010y
«___»_______________2010y
№_________bayonnoma
№____________bayonnoma
EPILEPSIYA
Tibbiyot oliy o’quv yurtlari 5-kurs talabalari uchun
o’quv-uslubiy qo’llanma
Toshkent – 2010
3
Tuzuvchilar:
V.K.Talimbekova – ToshPTI psixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi kafedrasi
mudiri, t.f.n., dotsent
A.N.Saxojko - ToshPTI psixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi kafedrasi
assistenti
S.B.Babaraximova - ToshPTI psixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi kafedrasi
assistenti
Taqrizchilar:
N.I. Xodjaeva– TTA psixiatriya kafedrasi mudirasi, t.f.d., professor
Sh.R. Suleymanov– ToshPTI psixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi kafedrasi
katta assistenti, O’zR SSVning bosh mutaxassisi
K.Sh.Turdieva - ToshPTI “O’zbek, rus, lotin tillari” kafedrasi mudiri,
filologiya fanlari nomzodi
«Oligofreniyalar» mavzusidagi o’quv-uslubiy qo’llanma tibbiyot oliy o’quv yurtlari 5
kurs talabalari uchun mo’ljallangan.
O’quv-uslubiy qo’llanma ToshPTI MUKda muhokama qilindi.
2010 « » ____________ № bayonnoma
O’quv-uslubiy qo’llanma ToshPTI Ilmiy Kengashida tasdiqlandi.
2010 « » _________________№ bayonnoma
Ilmiy Kengash kotibi
E.A.Shomansurova
4
Mavzu: «Epilepsiya»
1. Mashg’ulotni o’tkazish joyi, jihozlanishi
- Shahar klinik ruhiy kasalliklar shifoxonasi psixiatriya, narkologiya va bolalar
psixiatriyasi kafedrasi
-shahar bolalar asab-ruhiy kasalliklar markazi.
- ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, tashhis va davolash standartlar,
patopsixologik testlar, tematik bemorlar.
2. Mashg’ulotning davomiyligi.
- 4 soat
3. Mashg’ulotning maqsadi
- epilepsiya kasalligi, uning klinik ko’rinishi to’g’risida umumiy bilim berish;
- epilepsiya kasalligining tasnifini berish;
- epilepsiya kasalligini erta tashhislashni o’rgatish;
- epilepsiya bilan og’rigan bemorlarni davolashda antiepileptik preparatlarni ta’sir
mexanizmlari to’g’risida tushuncha berish;
- epilepsiya bilan og’rigan bemorlar reabilitatsiya tamoyillarni bilishni o’rgatish.
Vazifalari:
Talabalar bilishi lozim:
- epilepsiya kasalligini klinik tashhisini qo’yish;
- boshqa ruxiy kasalliklar bilan qiyosiy tashhisot o’tkazish.
Talaba bajara olishi lozim:
Amaliy ko’nikmalarni bajarish - bemor shikoyatlarini, anamnestik ma’lumotlarni
yig’ish; bemorni klinik tekshiruvdan o’tkazish; taxminiy tashhis qo’yish uchun asosiy
anamnestik va klinik belgilarni ko’rsatish; paraklinik tekshirish uchun reja tuzish;
shoshilinch holatlarda yordam ko’rsatish.
4. Mavzuni asoslash
Epilepsiya – surunkali polietiologik asab-ruhiy kasallik bo’lib, ko’pincha bolalik
va o’smirlik davrda boshlanadi va paroksizmal buzilishlar, hissiy-irodaviy doirasidagi
shaxs o’zgarishlari bilan ifodalanadi. Shuning uchun epilepsiya kasalligini oldini olish
bolalik davrdan boshlanadi va bu kasallik nafaqat tibbiy, balki muhim ijtimoiy
muammodir.
Epilepsiya kasalligining klinikasini bilish, ayniqsa uning boshlanish
darajasini aniqlash, umumiy amaliyot shifokorlari uchun keraklidir, chunki epilepsiya
bilan kasallangan bemorlar ko’pincha uning dastlabki belgilari paydo bo’lganida ushbu
shifokorlarga murojaat qiladilar.
5. Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik
Taqdim etilayotgan mavzuni o’qitish talabalarning patologik fiziologiya, tibbiy
genetika, farmakologiya bo’yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan
bilimlar, yangiliklar va natijalar nevrologiya, ambulator tibbiyot yo’nalishida kerak
bo’ladi.
6. Mashg’ulot mazmuni:
6.1. Nazariy qismi
5
Epilepsiya – surunkali, ko’plab etiologik, asabiy- ruhiyati bilan bog’lik bo’lgan
yagona patogenezi doirasidagi, ko’pincha bolalik va o’smirlik yoshida paydo bo’ladigan
hamda paroksizmal talvasaga tushish, changak tortib qolish va ozmi – ko’pmi ko’rinishda
shaxsda uchraydigan kasallikdir.
MKB -10 - rozi – epilepsiyaG40-47.O’z ichiga oladi:
G40 – Epilepsiya (MKB 10 -5-bob”Nerv tizimi kasalligi”);
G41- Epileptik status(MKB 10 -6-bob)
F02-F07-Epilepsiyada psixik buzilish(MKB 10 -5-bob”Psixik va xatti-harakat
buzilishlari”);
F80.3-Landau-Kleffner sindromi(MKB 10 -5-bob).
Epilepsiya bilan kasallanishning o’rtacha darajasi dunyoning turli mamlakatlari
bo’yicha aniqlangan hisob – kitoblarga ko’ra aholi soniga nisbatdan har 1000 kishiga 5
holat to’g’ri keladi, umumiy bolalarga nisbatdan esa qachondir talvasaga tushgan,
tutqanoq tutgan bolalar tahminan 4 marta ko’pdir (Kreyndler). Bu kasallikning
boshlanishining 70-80 foizi bolalik va o’smirlik yoshiga to’g’ri keladi. Bolalikda paydo
bo’lgan epilepsiya kattalarda uchraydigan, epilepsiya kasalligining kelib chikishiga asos
bo’ladi. Kattalarda uchraydigan epilepsiyaning oldini olish bolalarda uchraydigan
epilepsiya kasalligining oldini olish va proffilaktik ishlarni olib borishdan boshlanadi.
Bolalikda uchraydigan epilepsiyani davolash kattalardagi epilepsiyani to’la
yo’qotolmasa ham, har holda ma’lum darajada chastotasini kamaytiradi, umumiy ma’lum
bo’lganidek, epilepsiyani keltirib chiqarish holatlari kattalarda kamroq bo’ladi.
Shunday ekan, bolalardagi epilepsiya faqat tibbiyotdagina emas, balki ijtimoyi
sohadagi muhim muomalardan hisoblanadi.
Epilepsiya klinikasini bilish, ayniqsa uning boshlanish darajasini aniqlash, nafaqat
nevropatolog va psixiatr vrachlar, balki poliklinikada ishlovchi barcha vrachlar bilishlari
kerak, chunki epilepsiya bilan kasallangan bemorlar ko’pincha uning boshlanishi
dastlabki ko’rinishi paydo bo’lganida uchastka vrachiga murojaat qiladilar.
Epilepsiyaning har xil ko’rinishlari masalasida turlicha fikrlar mavjud.
Ko’plar gendan, ya’ni avloddan, yoki essentsial epilepsiya, bunga tashqi holatning
ta’siri bo’lmasa ham rivojlanadi, deyishadi. Demak, bunday ko’rinishda avloddan
avlodga o’tishi mumkin, deb xisoblanadi.
Shu bilan bir qatorda etiologik faktorlarga bog’liq bo’lmagan holda miya
faoliyatining buzilishi, meningit-entsefalit asorati va shikastlanish oqibatida va boshqa
sabablarga ko’ra paydo bo’lishi mumkin. Xozirgi paytda avloddan- avlodga o’tish
epilepsiyasi bilan simptomatik fokal epilepsiyani bir-biriga qat’iy qarama-qarshi
quyishdagi tizim yo’qolib, ma’lum bir ko’rinish aniqlandi.
Bu
ko’rinish S.N.Davidenkoning ta’riflashicha: “epilepsiyaning hamma
ko’rinishlarini bir qatorga qo’yish mumkin, bir tomonidan faqat avloddan- avlodga
o’tishdan paydo bo’lgan holatda, ikkinchi tomonda ommaviy, aniq ko’rinishdagi
ekzogeniy holatdagini. Epilepsiya tushunchasi alohida kasallik sifatida o’z kuchida
qoladi, klinik aniqlashning vazifasi esa generalizovan epileptsiyani fokal epilepsiyadan
qat’iy ajratish emas, balki epilepsiyani ozmi- ko’pmi miqdordagi boshqa kasalliklardan,
miyaning shishishi yoki qorin bo’shlig’idagi infektsiyalar va hokozalar ham tutqanoq
tutishiga sabab bo’lishi mumkin.”
6
Epilepsiya nomi grekchadan olingan so’z bo’lib “ epilepsus” ya’ni “qamrab
olaman”, - degani. Bu kasallikning asosiy belgisi tutqanoq tutish eski ruscha nomlanishi
”yiqilayotgan kasallik”.
Tutqanoq tutishi, talvasaga tushish epilepsiyaning patologik ko’rinishi bo’lsa ham ,
u birdan bir ko’rinishi emas, hatto u bu kasallikning shart yoki albatta bo’lishi lozim
bo’lgan ko’rinishi emas.
Epilepsiyaning klinik paydo bo’lishini, davomiyligini xarakteriga ko’ra ikki
guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruh – ayni bir vaqtda keskin paydo bo’lib, qisqa vaqt ichida bo’ladigan
tutqanoq, ya’ni epileptik paroksizmlar.
Ikkinchi guruh – doimiy, ta’sirlaganda, zehn – farosat, kasalning shaxsiy
holatlarida o’zgarish bo’lganida.
Har bir guruhni kasallik belgilariga ko’ra alohida ko’rib chiqamiz. Hozirgi paytda
epileptik paroksizmning umumqabul qilingan klassifikatsiyasi yo’q.
Epilepsiya va epileptik sindromlarni xalqaro
tasnifi (1989,Nyu-Deli)
1.
Maxsus ixtisoslashgan shakllari (o’choqli,fokal,lokal,partsial)
Idiopatik (yoshga bog’liq bo’lgan debyutlar);
Simptomatik (tanish etiologiyali va verifitsirlangan morfologik buzilishlar);
Kriptogenli.
2.
Epilepsiyani generallashgan shakllari
2.1. Idiopatik (yoshga bog’liq bo’lgan debyutlar);
2.2. Kriptogen va/yoki simptomatik;
2.3. Simptomatik.
3.Epilepsiya shakllari,aniq tasnif kerak bo’lmagan xuddi partsial yoki
generalashgan.
4. Maxsus sindromlar.
Xalqaro epilepsiya birlashmasida qabul qilingan Vena klassifikatsiyasini ko’pgina
olimlar e’tiroz qiladi. Biz hisoblaymizki, Lennoks (1960) tomonidan ishlab chiqilgan
klassifikatsiya tajribada qo’llashda eng o’ng’ay va omadlisidir.
Hamma turli ko’rinishdagi epilepsiya orasida ta’sirchan yirik tutqanoq tutish
(grandmal). Oldindan xabar berilish belgilari. Yirik tutqanoq tutishdan oldin bir necha
soat yoki kun oldin har xil ko’rinishda funktsional buzilish holatlari ko’rinishida oldindan
xabar beriladi. Qon aylanish, nafas olish, uyqu, tanadagi moddalar almashuv yuqori
bo’lishi, oshqozon buzilishi va oligouriya.
Ayniqsa, ruhiy holatdagi o’zgarishlarda ko’rinadi: kuchli bezovtalanish yoki hech
narsaga aralashmaslik, qaltirash kayfiyati, ta’sirlanishning kuchayishi, hayratlanish,
eksploziv va shiddatlilik.
Aura – epileptik yiqilishning boshlang’ich fazasi, hushdan ketish, bu haqda kasalda
xotira qolishi mumkin va ta’riflay oladi. Bu faza juda qisqa vaqt ichida bo’ladi. Aura
majburiy emas, lekin 60-70% holatda kuzatiladi. Auraning hamma aniq ko’rinishlarini
birga-bir ko’rsatib o’tish imkoni yo’q.. Ba’zi kasallar qorinda paydo bo’lgan kuchlanish,
boshqalari hech qachon his kilmagan huzur – halovat (Dostoevskiyning, “Idiot”idagi
ko’rsatilganidek). Aura murakkab ko’z, eshitish va boshqa gallyutsianator kechinmalar,
7
gavdaning tuzilishidagi asabiylashish (favqulodda engillik yoki oriqlash va hokozalarga
ko’ra). Aura sifatida murakkab ruhiy zo’riqish holatida, ya’ni avvaldan ko’ringandan
hayajonlanish yoki “hech qachon ko’rinmaganning takrorlanishidan tashvishlanib
takrorlanish mumkin. Aura tutqanoq tutib yiqilish darajasida kuzatiladi, uning
simptomlari tutqanoqning keingi bosqichlarida rivojlanmasligi mumkin. Aura epileptik
o’choqni aniqlashda va tashhis qo’yishda ahamiyatga ega.
Auradan keyin tutqanoqning tonik fazasi keladi. U to’liq hushidan ketish,
boshlang’ich qichqiriq, ya’ni tutqanoq tutishdan oldin havo nafas yo’lini qisqatiradi.
Kasal odatda, oldingi tomonga yiqiladi, ko’pincha jarohatlanadi, biron a’zosi sinadi yoki
chiqadi. Bosh orqaga qayriladi , ko’z katta ochilgan, nazari harakatsiz. Gavdasi
kuchlanishli, qo’l barmoqlari mushti tugilgan bo’ladi. Dastlabki oqarish tsianoz bilan
almashadi.
Tonik faza 10-30 sekund davom etganidan keyin 1-2 minut klonik faza keladi. U
gavda qismi va a’zolarining ketma-ket bukilib yoki yozilib turishi, nafas yo’lida xirillash
va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi.
Harakatdagi kuchlanish ko’pincha chuqur va og’ir nafas olish bilan yakunlanadi.
Tutqanoqli yiqilishdan keyin kasal odamda yana bir necha minut es-hushi tiniq
bo’lmagan holatda bo’ladi. Ba’zi kasallar yiqilganidan so’ng o’ziga kelganidan keyin
darhol turib o’zining ishini davom ettiradi, boshqalar esa 10-20 minut chuqur uyquga
ketadi. Tutqanoq tutib yiqilgandan so’ng uning to’liq amneziyasi boshlanadi.
Bolalarda generalizovan yirik tutqanoq epilepsiya formasida tez-tez uchrab turadi.
Uch yoshgacha bo’lgan davrida huruj xarakterlikdir, gavdaning yarmini qamrab oladi,
tonik fazani qamrab olgan holatda. Alohida ko’rinishdagi yana bir holati, bolaning boshi
bir tomonga buriladi yoki butun gavdasi o’ng yoki chap tomonga qaragan bo’ladi.
Uch yoshdan katta bolalarda esa yirik qaltiroq kattalarda bo’ladigan hurujni
eslatadi. Aura kattalarga qaraganda bolalarda kamroq bo’ladi. Bolalarda qaltiroq
qichqirish bilan emas, ingranish, va hushdan ketishi bilan boshlanadi, undan keyin tonik
faza keladi. Bu faza (odatda, uzoq davom etadi) tomirlarning intensiv tonik qisqarishi
bilan xarakterlanadi. Bolalarda tonik fazadan klonik fazaga o’tish jarayoni aniq
ifodalanmaydi. Klonik fazada tutqanoq tutishi generalizovan holatida va ritmik
xarakterda, ko’pincha lokalizatsiya boshlanishi ko’rinishiga ega. Epileptik huruj bir
necha sekundga cho’ziladi, kamdan-kam bir necha minut bo’ladi.
Kichik tutqanoq (petit mal) katta tutqanoqqa o’xshagan tipik holatlardan ajratib
turadi, lekin bunda simptomatlik polimorfizm ko’pdir.
Absans tutqanoq hurujining oddiyroq ko’rinishdir. U birdaniga qisqa vaqtda
ko’rinadi (bir necha sekundgacha) va to’liq hushdan ketishiga olib keladi. Kasal soviydi,
lekin yiqilmaydi, gavdani tutqanoq huruji boshlanishidan oldingi holatda tutib turadi.
Huruj ba’zida avtomatik xususiyatda ojiz ko’rinishda (masalan, kasal barmoqlarini
harakatga keltiradi va labini qimirlatadi).
Absans huruji qanday tez boshlangan bo’lsa, shunday tez tuxtaydi. Kasal esa o’z
faoliyatini hech narsa bo’lmagandek davom etiradi, u nima yuz berganini bilmaydi.
Absanslarning bunday ko’rinishi bolalar yoshida kichik hurujning tez
takrorlanadigan ko’rinishi emas. Ko’pincha bolalarda kichik hurujlar guruhiga kiruvchi
triada, deb nomlangan hurujlar uchraydi.
Bunga qo’yidagilar kiradi:
8
a) Propulsiv kichik hurujlar. Absanslarga o’xshagan qisqa muddatli, xotirani
butunlay yo’qotadi, ular turli harakatlanish ko’rinishida, gavdaning butunligicha yoki
qisman olg’a intilishga olib keladi. Propulsiv hurujlar guruhini “salaamov”, “yashin
tezligida”, “kivatel”, va “astatik”ga ajratiladi. Salaamov huruji oldidan bolaning boshi va
gavdaning yuqori qismi sekin tonik hurujdek oldinga egiladi, tomirlar atrofga va yuqoriga
harakatlanadi, yashin tezligidagi hurujdan intensivligi bilan farqlanadi. Shunday vaqtda
harakatlanish tez va birdaniga yuz beradi. Yotganda bosh ko’tariladi, o’tirganda esa
kutilmagan paytida oldinga egiladi.
Astatik yoki akinetik huruj oldidan kasal bir necha daqiqaga xushidan ketar ekan ,
tomirlari bo’shashadi, lekin tezlikda yana ko’tariladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan hurujlar bolalik yoshining ilk davriga to’g’ri keladi,
ko’pincha bir yoshlarda yuz beradi. U yuqori chastotada xarakterlanadi.
b) Retropulsiv kichik hurujlar ko’pincha 6-7 yoshlarda bo’ladi, 16-17 yoshdan
keyin ham uchraydi. Umumiy ko’rinishlari: yuqori chastotali (20 dan 100 gacha va undan
ham yuqori, davomiyligi (2-4 daqiqa), asosiy belgilari (ko’z olmasi yuqoriga qaraydi, shu
holatda ba’zan ritmik harakati vertikal yo’nalishida bo’ladi). Bosh tez-tez orqaga
tashlanadi, gavda orqa tomonidan, yoki butun gavda orqadan harakatlanib, egiladi.
Hozirgi paytda ko’pgina mualliflar bunga piknolepsiyani qo’shadilar, absans
hurujlar tipini, epileptik kasallikka qarshi davolashda o’zgarish yo’qligi, samara
bermaganligi uchun ba’zan bemor tuzalishiga olib keladi.
v) Impulsiv (yoki mioklonik) kichik hurujlar asosan bolalik va o’smirlik
rivojlanish davrida bo’ladi. Impulsiv huruj tashqi tomondan qaraganda kuchli qo’rquvdan
birdaniga qaltirashni eslatadi. Bunday holatda qo’llar tez harakat bilan ochilib yopiladi,
unda mavjud bo’lgan narsalar otilib ketadi. Agar kasal yiqilsa, yashin tezligida
yiqilganidek, ko’pincha shu zahoti o’rnidan turadi. Odatda qator itarishlar ketma- ket
keladi, ba’zan yangi holatda bo’ladi.
Mayda hurujlarning hamma ko’rinishlari og’riq qo’shilishi bilan murakkablashadi
yoki kichikroq holatda (chaynalish, yutinish, ovoz chiqarish va boshqa oddiy
harakatlarda).
Kichik hurujlar triadasining har bir shakli klinik ko’rinishda va oqimda o’z
xususiyatiga ega. Propulsiv shaklda ko’proq qo’pol nevrologik buzilish va qisman
psixikaning to’liq rivojlanmaganidan bo’ladi.
Mioklonik hurujda qo’pol asabiylik uchramaydi, lekin epilepsiya uchun xos
bo’lgan xotirani yo’qotish va boshqalar yuzaga keladi.
Retropulsiv shakldagi kichik huruj ruhiyatdagi nohushlik ta’siri bilan ajralib turadi,
bunda uzoq davom etgan kasallik natijasida shaxsning holatida o’zgarish bo’lishi
mumkin. Qattiqroq chastota razryadlari, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, keng miqyosda
bo’lishi mumkin.
Qattiqroq huruji ketma-ket kelgan paytda, hatto kichik to’xtashi bo’lganida ham
hotirani yo’qotish to’xtamaydi. Epileptik status ko’p soatda, ba’zan esa bir necha kun
davom etishi mumkin. Og’ir komatoz holati rivojlanadi, gavda harorati ko’tarilib 40
darajagacha etadi, siydikda oqsil paydo bo’ladi, yurak faoliyati buziladi.
Status davomida miyaning o’tkir shishi bo’ladi. Bo’larning barchasi bemor o’z
vaqtida davolanmasa, hayoti uchun havflidir. Statusdan so’ng davolanish jarayoni og’ir
kechadi, terapiya uncha samara bermaydi, ba’zan asablarning buzilishiga olib keladi.
9
Kichik hurujlar ham status shaklida bo’lishi mumkin.
Paroksizmal qaltiroqqa psixomotor va psixosensor hurujlar ham kiradi. Ular
ososan lokalizatsiya epilpeptiyagen o’choqda aniqlanadi. Odatda psixomotor huruji
xotiraning qorong’lashishi va keynchalik amneziyaga olib kelish xususiyatiga ega.
Hulqning buzilish hech bir maqsadsiz harakatlanish stereotip xatti-harakat, masalan,
kiyimlarni taxlab qo’yish, qo’lni artish, atrofdagi jihozlarini maqsadsiz tartibga keltirish.
Boshqa hollarda bolalar chapak chaladi, turli so’zlar aytadi, maqsadsiz kuladi, qaergadir
borishni, yugurishni istaydi. Hurujning davomiyligi 1-3 minut.
Psixomotorli hurujda bemor gavdasini vertikal holatda aylantiradi. Vaqtincha
chaynaladi, so’lak chiqishi, tamshanish, yutinish yuz beradi. Tashqaridan qaraganda,
bemor ovqatning ta’mini tatib ko’rgandek ko’rinadi. Huruj hotiraning qorong’ilashishi
ko’rinishida bo’ladi. Psixomotor huruji bolalarda tez-tez uchrab turadi.
Psixosensor huruj esa bolalarda kattalarga qaraganda kam uchraydi. Psixosensor
paroksizm klinik ko’rinishiga aura, epigastral, kardinal va vistseral xususiyatlarda ruhiy
kechinmalar kiradi.
Shuningdek, ba’zan bolalarda uchraydigan dientsefal epilepsiyani eslatib o’tmoq
lozim. Dientsefal epileptik huruj vositalari avvalo turli hayajonlanish, yurak va nafas
yo’llarining ritmi buzilishi, termoregulyatsiya, gipergidrozom, poliuriya va boshqalarning
buzilishidan paydo bo’ladi. Huruj harakatdagi hayajonlaning majburiy qilish, yig’lash
hamroxligida bulish mumkin. Bunday paytida xotira chukur buzilmaydi yoki umuman
buzilmaydi. Epilepsiya bilan og’rigan bemorlarda aytib o’tilgan paroksizmal
hayajonlanish bilan bir qatorda ruhiy ekvivalentlar ham kuzatilish mumkin. Bu turli
jihatdan ruhiyatning hayajonga tushishi natijasida hurujlar o’rtalig’ida yuz beradi. Huruj
ekvivalenti, deb shunga aytadilarki, u o’zining kutilmaganda tezligi, epizodikligi
jihatidan qattiqroq hurujni eslatadi, ba’zan uni almashtirilgandek bo’ladi. Yosh bolalarda
ular kattalarga qaraganda kam uchraydi. Psixik ekvivalentlarga disforiya, xotiraning
......holatni keradi.
Disforiya-xotiraning epileptik hayajonlanishi, u bir necha soatdan bir necha
kungacha davom etadi. Bemor qo’pol, jirkanch, hayajonli, havotirli, kamdan -kam
xafaqon , ipoxondrik shikoyatli va o’z joyiga qasd qilishga urinish holatlari kam bo’lsa,
ham uchraydi. Gohida kayfiyati yuqori bo’lgan holda uchraydi. Ba’zida epilepsiya
qo’rqish holatida xush o’zgargan tusda bo’ladi (o’jarlik qilish, surbetlik, qahrlilik,
odatdan tashqari harakatlanish, uyatsizlik). Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda
xotiraning xiralanishi holati turlicha bo’ladi. Bolalarga va o’smirlarda xotiraning
xiralashishi uyquda yurish va fug holatida tez-tez uchraydi.
Somnambulizmda (uyquda yurish) bemor tunda turadi va uyg’onmasdan xonada
yuradi, ba’zan xonadan chiqadi. Bir necha minutdan keyin bemor qaytib o’z o’ringa
yotadi. Bemor o’zining holati harakatlarini boshqalardan eshitib bilib oladi.
Epileptik fug jarayonida bolalar birdaniga uydan chiqib ketadilar va tentirab
yuradilar.
Tartibga solingan xiralashish holatida-transda bemorlar murakkab harakatlarni
bajaradilar, tashqaridan qaraganda tartibli ko’rinadi, zarur bo’lmagan tomonga ketish,
biron erga, ba’zan uzoq sayohatga jo’nab qaytish. Bemorlar ba’zi darajada atrofga qarab,
qaerdanligini belgilab oladi, shuning uchun ular atrofdagilarning diqqatini tortmaydilar.
Xotira xiralashishi holatining boshqa va klinik ko’rinishda ruhiy hayajonlanish egallaydi.
10
Gallyutsinatsiya xususiyatlari: o’t, qo’rqish, birovga tashlanish, qo’rqinichli ko’rinishda
bo’ladi. Bemorlar ba’zida favqulodda havfli ko’rinishda bo’lishi mumkin, gohida
epilepsiya bilan kasallangan bemorlar xuddi shunday holatida eng og’ir jinoyatlarni sodir
qiladilar. O’ldirish, yirtish va boshqa harakatlarga ingtiladilar. Bemorlar duch kelgan
narsalar bilan himoyalanadilar, eshiklarni to’sadilar, stul bilan siltanadilar, derazaga
chiqib oladilar. O’z joniga qasd qilishga harakat qilish hollari uchraydi. Ruhiy
kechinmalarda vaqtida xususiyatlidir.
Paroksizmal, shuningdek, qisqa va o’tib ketadigan ruhiy holatda epilepsiya barcha
ruhiy kechikmalarni chiqarib tashlamaydi. Bu kasallik ko’pincha hollarda ruhiy
buzilishni rivojlanitiradi.
Bu epilepsiya progredient kasallanish sifatida o’rganishga asos bo’ladi.
Epileptik jarayon dastlab xarakter yadrosiga tegmasligi mumkin, ruhiy holatlarini
o’zgartiradi, qayg’urish va intilish reaktsiya va xulq-atvorning o’zgarishida sekinlik va
boshqalar. Bemorlar asta-sekin harakatlanish qobiliyatini yo’qotadi, yuqoriga
ko’tarilishda qiynaladi, oshirib gapirishga moyillik paydo bo’ladi, maydachi, pedantlik
xususiyatga ega bo’ladi. Hayajonlanish oqibatida muloqatda egoizm, o’zining haq
ekanligiga ishonch hosil qilish, yuqori taassurat va hayajonlanish, o’ch olish hamda
shijoatlanish o’zining sog’ligi uchun ko’proq qayg’urish va umuman shaxsiy farovonlikni
o’ylashi. Ko’pgina bemorlar kasallikning keyingi bosqichlarida o’zlarining yaqin
qarindosh urug’larining vafotiga ajablanarli darajada unga qayg’urmaydilar. Bemorlar
bunday paytda o’zlarining sog’ligiga diqqat bilan qarasalar ham.
Bemorlik jarayonida payda bo’lgan alomatlar asta-sekinlik bilan avvalgi ruhiy
kechinmalarni siqib chiqara boshlaydi. Bemorlar xarakteriga qarama -qarshilik xos, shu
zahoti hisoblashish va g’azabga kelib, qo’pollik qilish hamda foydalanish. Epilepsiya
bilan kasallangan bemorlar mayda-chuydaga katta e’tibor beradi. Bemorlar ko’pincha
yovuz xotirali, shu bilan birga ozodalikni yaxshi ko’radilar, o’z jihozlariga o’rganib
qolgan bo’ladilar. Ko’pincha, ular mehnatsevar bo’lishadi, ko’p vaqlarini bironta
murakkab bo’lmagan ishga sarflaydilar, hamma narsaning mayda-chuydasigacha e’tibor
berishadi. Ayniqsa, epilepsiya vaqtida o’y-fikrlashdagi buzilishlar xususiyatlidir.
Bemorning o’y-fikrlashdagi sekinlashadi, tor doirada bo’ladi. Epilepsiya bilan og’rigan
bemor ko’p so’zlaydi, kerak bo’lmagan so’zlarni gapiradi, mayda-chuydaga to’xtaladi.
Fikrlash tor doirada bo’lib, yangi fikrga o’tishi qiyin kechadi. Epileptiklarining nutq
darajasi sekin, bir xil ba’zida tiniq, erkalovchi tusda bo’ladi. Bemor vrach bilan uzoq
vaqt axamiyatsiz hodisalar to’g’risida suhbatlashadi, o’z fikr mulohazasini keyinchalik
ifodalay olmaydi. Uy-fikri bo’yicha suhbat boshlasa, boshqa tomonga o’y-fikrini
o’zgartirish qiyinroq bo’ladi. Affekt kumulyatsiyasiga moyillik seziladi.
Bemorlik davrida ko’rib o’tilgan xususiyatlar kuchayadi, unga xotiraning
ojizlanish qo’shiladi. U xotira yomonlashganligi, intellektual qobiliyatlilik kamayishda
ifodalanadi.
Logik fikrlash qobiliyati kamayadi, fikrlash konkretlanadi. Professional tajriba va
qiziqish kamayadi.
Epilepsiya bilan og’rigan bolalarda hamisha ham aytib o’tilgan xususiyati,
individual o’zgarishlar bo’lavermaydi. Bunday bolalarga 3-4 yoshda ko’prok yuqori
motorik xususiyatlidir. Bolalarning ota-onasi so’ziga qaraganda “bir minut ham bir
11
paytda o’tirolmaydi”, intilish, qo’liga tushgan hamma narsani olishga urinish, ularga
qiziqmaslik va faoliyatning natijasiga e’tiborsizlik ularning xususiyatiga xosdir.
Epileptik boladagi hayajonlanish tez xafa bo’lishida ko’rinadi, agressiv, o’ch
oluvchanlik oddiy sabablardan kelib chikadi. Sabr qilmaslik, ozgina kechikish yuzasidan
uning talabini qanoatlantirmaslik, agarda u keyinchalik amalga oshsa ham epileptik
bolalarda ko’p uchraydi, natijada azoblanishiga, asossiz ravishda atrofdagilar bilan janjal
chiqarishiga sabab bo’ladi.
Uning diqqatini boshqa tomonga yo’naltirish qiyin kechadi, bola uzoq vaqt bir
nuqtaga tikilib qoladi, bir xil mashg’ulot bilan shug’ullanadi, muntazam gavdasini silkitib
turadi.
Alohida ta’kidlash kerakki, epilepsiya bilan kasallangan bolalarning ba’zilarida
asabiylashish oshgan, egoizm kuchaygan, atrofdagilarni ta’siriga beriluvchan,
erkalanuvchan yoki ortiqcha hotamtoylik xususiyatlari bo’ladi. Ba’zi bolalarda xulq-atvor
belgilari kasallik davomida bir xil, ayrimlarida esa qarama-qarshi, biridan ikkinchisiga
tez o’tishi kuzatiladi. Xulq-atvordagi buzilish bir xilda bo’lmasligi xarakterning epileptik
tizimidagi rang-baranglikni o’z ichiga oladi.
Epilepsiya oldidan bo’ladigan simptomlarning xususiyatini ko’rib chiqamiz.
Odatda, epilepsiyaning dastlabki simptomi qaltirash huruji. Bu fakat bolalarning
dastlabki yoshiga nisbatdan to’g’ridir, chunki bu yoshda epilepsiyani aniqlash qiyin,
sub’ektiv shikoyat bo’lmaydi.
Maktab yoshidagi va maktab yoshigacha bo’lgan bolalarda epilepsiyanikng
boshlanish alomatlari o’rganilganida, epilepsiya qaltiroq huruji boshlanmasidan oldinroq
paydo bo’ladi. Epilepsiyaning tutqanoqsiz boshlang’ich davri bir necha oydan bir necha
yilgacha cho’ziladi.
Kasallikni rivojlanishi jarayonidagi dastlabki bilinadi. Epilepsiyadan oldin uyqu
buzilishi jihatlari shundan iboratki:
a) odatdan tashqari yorug’lik
b) qo’rqish affekti namoyon bo’lishi
v) uyqu davomiyligning buzilishi, bezovtalanish
g) tush ko’rishning cho’zilib ketishi
d) ba’zida uyquni muddatidan o’tkazib yuborishga o’tish, xiralashish holati
e) ko’rgan tushlari mazmuni xotirasida saqlanib qolishi
j) shu va boshqa tushlari muntazam takrorlanaverishi.
Ko’rilgan tushlari boshqa hayajonli tushlar simptomi bilan uyg’unlashishi
xarakterli belgilari (tushda gapirish, tushda yurish, yig’lash, kulish, tushda qichqirish)
umumiy qaltirash, bosh aylanish, ayniqsa xotiraning o’zgarishi. Bularning har biri
alohida holatda epilepsiya uchun o’ziga xos xususiyati emas, ammo ularning uygunligi
epilepsiyaning dastlabki alomatlarini aniqlashga imkon beradi. Epilepsiyaning dastlabki
davrida bosh og’rigi ko’pgina kasallarda paydo bo’ladi. Biroq, ko’pchilik kasallarda u
intensiv emas va klinik ko’rinishda etakchi o’rin egallamaydi. Epilepsiya oldidan bosh
og’rishining asosiy farqlanishi shundaki, progredientlik ko’rinishdagi belgilar
aniqlanmaydi, umumiy jarayonda o’rin topgandek. Shuningdek, tungi bosh og’rig’i
bo’lmaydi. Ba’zi bemorlarda bosh og’rig’i keyinchalik epileptik hurujdan xabar
beruvchiga aylanadi.
12
Bolalarda epilepsiyaning boshlang’ich darajasi kattalarga qaraganda ikki martda
ko’proq bo’ladi, vistsero-vegetativ paroksizm kuzatiladi, qisqa muddatli va ojiz klinik
holatda ajralib turadi. Gohida esa ular faqat vistseral simptom bilan chegaralanadi.
Masalan, xotirada saqlanib qolgan umumiy muhitda birdaniga qayd qilish ehitiyoji paydo
bo’ladi va shu zahoti yo’qoladi. Boshqa xolatlarda paroksizm xotiraning o’zgarishi bilan,
qator vegetativ simptomlardan iborat bo’lib, gohida turli hayajonlanishdan: tonik qaltiroq
yoki tomirlarning bo’shatib qolishi, bilmagan holda siyib qo’yish va boshqa holatlar.
Bolalarda vistsero-vegetativ paroksizmning turli ko’rinishlari shundaki, abdominal xuruj-
qorinda og’riq paydo bo’lishi ba’zida opekular fenomen bilan bog’liq bo’ladi. Bu gohida
nevropatiya, glistnoy invaziya, ovqat toksikoinfektsiyasi, deb yanglishiladi. Ajralib
turadigan belgilari:
a) ular paydo bo’lishida paroksizmal xarakter
b) ovqatlanishi va psixogen payti bilan bog’liq emasligi, yo’qligi
v) qisqa muddatlik (bir necha daqiqa 1-2 minut)
Kattalarga qaraganda bolalarda generalizovan qaltiroq xuruji, tutqanoq ikki martda
kam uchraydi va avval aytib o’tilgan holatlarda kechadi (tonik xarakterda, qisqa
muddatli).
Kasallikning rivojlantirishini kuzatib, og’irlashish chastotasi va hurujlarning
polimorfizmini aniqlash mumkin. Kasallik hamisha ham progredient holatda
bo’lavermaydi. Ba’zi hollarda davolanish oqibatida tuzalib ketish mumkin.
Klinik xaritada oldingi o’rinda polimorfizm turadi. Boshlang’ich darajasida
xurujning engil shakllari taqqoslanadi: uyquda paroksizmal hayajonlanish, bosh og’rig’i
va boshqalar epilepsiya xuruji uchun katta tutqanoqlar oldida xarakterlik emas.
Kattalarda uchramaydigan tonik qaltirash va vistsero-vegetativ paroksizm,
bolalardagi propulsiv retropulsiv xurujlar bosh miyasining tula shakllanmaganligi
sabablidir.
Epilepsiya-jiddiy kasallik va tashxos hamisha gumanlidir. Epilepsiya vaqtida o’lim
ko’pincha epileptik status jarayonida sodir bo’ladi, ayrish hollarda bemorlar hurujning
o’zida bug’ilish va boshqa baxtsiz hodisalarda halok bo’lishadi. Kayfiyatning og’ir
buzilishi, suitsidal urinishlarga olib kelishi ahamiyat kasb etadi. Kasallik oqibati va
epileptik aqliy zaiflik ko’pgina mualliflar fikriga ko’ra 50% holatda kuzatiladi. Bolalikda
boshlangan kasallik ko’pincha og’ir aqliy zaiflikka olib keladi.
Epilepsiyaning rivojlanishida alohida holatda qanday faktorlar ahamiyatli?
Hozircha bu savolga to’liq javob berish qiyinroq.
Bolalarda turli paroksizmal holatlar kuzatiladi, qaysiki, ular epileptik xuruj sifatida
xato tushunish mumkin. Ikkinchi tomondan epileptik xuruj tabiatan epileptik bo’lmagan
paroksizm bilan anglashilmasligi mumkin. Epileptik xurujni shunday qilib quyiidagi
paroksizmal turlarga ajratishga to’g’ri keladi.
Spazmofiliya xuruji. Spazmofiliya mineral almashinishi buzilishi bilan bog’liq
holda yuz beradi. Bolalarda 1,5 yoshdan 3 yoshgacha kuzatiladi. Asab tomirlari o’ynashi
kuchayishi bilan xarakterlidir. Xuruj paytida qo’l panjalari “akusher qo’li” holatida, bosh
egilgan, yuz tomirlari qimirlab turadi, og’izdan ko’pik keladi. Tajriba ko’rsatdiki, birinchi
qaltiroq xuruji maktaboldi yoshida yuz beradi, keyinchalik epilepsiya xususiyati borligi
bilinadi. Shu sababli ko’pincha uni spazmofil yanglishadilar. Spazmofil bilan epileptik
13
xurujni ajraytib olishda esdan chiqarmaslik kerakki, birinchi marta xotirani yo’qotish
uncha chuqur bo’lmaydi, yirik xurujga nisbatdan.
Spazmofil xuruj ayniqsa, ko’pincha qishning oxirida va bahorda uchraydi.
Epileptik xuruj esa yil davomida yuz beradi.
Lixoradik qaltirash tana haroratining infektsion kasallik oqibatida tez ko’tarishidan
paydo bo’ladi. Bu ba’zi qaltirashga moyillik bo’lgan bemor bolalarda uchraydi. Lixoradik
xuruj ko’pincha hayotning birinchi yilida bo’ladi, ammo maktaboldi, gohida maktab
yoshida ham yuz beradi. Bunday paytlarda epilepsiya tashhisini qo’yishga shoshilmaslik
kerak.
Shuningdek, alimentar xurujni ham baholash lozim, u emizikli yoshdan keyingi
bosqichgacha (4-5 yoshgacha) ichak infektsiyasi kasalligi bo’yicha davom etadi. Miya
meningiti, meningoentsefalit, entsefalitlar ko’pincha simptomatlik qaltirash xurujini
keltirib chiqaradi, albatta buni epilepsiya, deb tushunmaslik kerak.
Boshini sarak-sarak qilish epileptik xuruj sifatida xato tushunilishi mumkin. Ushbu
spazm bola boshini ko’tara boshlaganda sodir bo’ladi, shuningdek, boshini qimirlashish
harakati, ko’z olmasi nistagmoid harakatlanishda bo’ladi. Bunday buzilish boshi vertikal
holatda tutish jarayonida ushlanib qolishda, deb e’tirof etiladi. Harakatlanishdan xotira
buzilishi sodir bo’lmaydi, 2-3 yilgacha izsiz yo’qoladi.
Affektiv respirator qaltirash bolalarda maktabgacha bo’lgan yoshda uchraydi.
Affektiv respirator qaltirash hayajonga tushish ta’sirida paydo bo’ladi, qandaydir qanoat
hosil qilmasdan g’azablanish, qichqirish, yig’lashdan iborat bo’ladi. Bolaning nafasi
to’xtaydi, yuzi oqaradi, muskullari tonik kuchlanadi, undan keyin harakatsizlanish,
muskullar bo’shashishi yuz beradi, bu holat
1 minutgacha, ba’zida ko’prok davom etadi. Shundan keyin bemor bolaning xotirasi
to’liq o’z holatiga qaytadi.
Epilepsiyaga qaraganda obmorok (behush bo’lish) uncha tez bo’lmaydi. Uning
xarakterli tomoni yuz oqaradi, ter bosadi, tomirlar bo’shashadi.
Isterik behushlikda quyidagi belgilar ahamiyatga ega, atrofdagilarning diqqatini
o’ziga tortadi. Ko’z yoshi, ingranish, teatral ko’rinish, kulish isterik jazava xarakterli,
ammo epileptik ko’rinish emas. Tilni tishlash, isterik xurujda siydikni ushlab qola
olmaslik holatlari bo’ladi. Xotirani to’liq yo’qotish bo’lmaydi. Isterik xuruj epileptik
xurujga qaraganda davomiydir.
Simptomatik epilepsiya. Qaltirash va qaltirashsiz epileptiformdagi xuruj ko’pgina
organik miya buzilishi kasalligidan bo’ladi. Ular ko’pgina bosh miyaning shishishi,
tug’ma va nasldan-nasliga o’tish, asab tizimining buzilishi kongenital sifilis oqibatida,
gipoglikemik krizis, uremiyadan bo’ladi.
Miyaning chegaralangan organik buzilishida xurujni aniqlash oddiy vazifa emas,
hamma holatda ham vrach to’g’ri tashhis qo’yishi, ularning uyg’unligini aniqlash,
anamnezi chuqur tahlil qilish, psixopatologik, nevrologik va somatik izlanishlar qilish
hamda kasallik yo’nalishini hisobga olib borishi lozim. Shuni ham aytish lozimki, hozirgi
paytda paraklinik usularni izlanish epilepsiyaning maxsus tomonlari to’g’risida bir
muncha ma’lumot beradi. Shu bilan birga ba’zi kasalliklarni baholashda, epilepsiya bilan
klinik o’xshashlikni aniqlashda qiyinchilik tug’iladi.
Dostları ilə paylaş: |