ETIOLOGIYa VA PATOGENEZ
14
Epilepsiya asosida hamisha bosh miya faoliyatidagi o’zgarishlar yotadi. Epilepsiya
bilan kasallangan bemorlarni nevrologik o’rganish, barcha klinik kasallanishni o’rganish,
rentgenologik, elektroentsefalografik izlanishlar, nihoyat patologik ma’lumotlar miyaning
epilepsiya vaqtida shikastlanish holatlarini aniqlashga yordam beradi.
Ko’pgina bolalarda bosh suyagi jarohatlangan bo’ladi, infektsiya oladi, miyaning
shikastlanishiga olib keladigan boshqa holatlar yuz beradi, ammo hamisha epilepsiyaga
olib kelavermaydi.
Ko’pincha bolalardagi asab sistemasi zararli hodisalarni yaxshi kechiradi, u to’liq
sog’lom holatda qoladi.
Etiologiya kasalligi – aktual, ammo to’liq o’rganilmagan muommalardan biri.
Afsuski, hozirgi paytda bolalardagi tutqanoq va epilepsiya sabablari ko’pgina, epilepsiya
kategoriyasiga kirmaydigan, ma’lum bo’lmagan etiologik kassaliklar mavjudligi uchun
aniqlanib etmadi. Ilmiy VOZ guruhi o’zining dokladida Lennoks ta’kidlaydiki, avloddan-
avlodga o’tishi epilepsiya uchun ko’proq tegishlidir. Lennoks ta’rifiga kasalning
qarindosh-urug’lar o’rtasida epilepsiya chastotasi 1,8 %, gendan o’tish esa 3,6 %.
Lennoksning fikricha, ko’pgina kasallarda mavjud bo’lgan faktor genetik, avloddan-
avlodga o’tganlik oqibatidir. Penfild va Erikson ham shunday fikrda qolgan. Konrad
aniqlashicha epilepsiya bilan 6-8 % bola, 4 % aka-ukalar va singillar va 1-2 % jiyanlar
o’rtasida bo’ladi.
Alkogoli avloddan-avlodga o’tish hollari etarli o’rganilmagan. Ba’zi olimlar
oilaviy anamnezda birinchi o’ringa alkogolizm qo’yadi. Ayniqsa, bayram va dam olish
kunlari spirtli ichimliklari iste’mol qilish ko’p bo’ladi. Shuning uchun “yakshanba
bolalari “ termini mavjud. Epilepsiya asosida miyaga zararli ta’sir ko’rsatilishi kasallik
o’zgarishiga olib keladi. Buning zarari organizmda prenatal rivojlanish davrida, tug’ilish
va keyingi bosqichlarda davom etadi.
Epilepsiya patogenezida kongenital kasallanish avvalari sifilisdan ekanligini katta
ahamiyat kasb etdi. Hozirgi paytda bunda kongenital toksoplazmaning roli aniqlandi.
Miyaning tuzilish paytidagi jarohatlanishi epilepsiyaning paydo bo’lishining bir
sababidir.
Postnatal davrda epilepsiya ko’plab va rang-barang faktorlarini keltirib chiqaradi:
miya infektsiyasi, bosh chanog’i jarohatlanishi.
Zararlanish qatoriga hozirgi paytda revmatizmni ham qo’shmoqdalar.
Ko’pgina hollarda kasallik paydo bo’lishini ikki va undan ortiq patogen
faktorlarning uyg’unlashuvi va bolaga ta’sir qilishi bilan bog’liqdir.
Patogenez epilepsiyaning o’rganishda ko’pgina mualliflar anatomik ma’lumotlarga
etakchi o’rin berdilar.
Epileptik huruj miyada tomirlarning buzilishi, tomirlardagi spazm tufayli hosil
bo’lishidan, deb tushuniladi. Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda modda almashinuvi
buzilishi aniqlangan. Epileptik huruj alkoloz holatda bo’lganidan ham ko’rinadi.
Murakkab epilepsiya patogenezi tushunarliroq bo’lmoqda, agarda masala I. P.
Pavlovning reflektor teoriyasi bo’yicha olib ko’riladigan bo’lsa, I. P. Pavlovning fikricha,
epileptogen o’chog’i hayajonlanish favqulodda uchlanish, birdan ko’tarilib ketish,
davomiylik bilan xarakterlanadi.
Kreyndlerning fikriga ko’ra, epileptik kasallik uch faktordan iborat. Albatta,
ko’pgina holatlarda bunday faktorlarni aniq ajrata olmaymiz.
15
Qo’shimcha faktorlarga lixoradik ahvol, charchash, qayg’urish, menstrual davr,
uyqu, ba’zi medikamentlar, masalan, kamfora, kardiadol, alkogol, piramidon strixnining
va hk.
Shunday qilib, epilepsiya butun organizmning faoliyatida rang-barang buzilish
sodir bo’lishidan paydo bo’ladi.
Ta’kidlash kerakki, bunday kasallikni davolashda terapevtik davolash samara
beradi, u organizmning barcha f’zolari faoliyatiga ta’sir qiladi.
Kasalni davolashda hamisha quyidagi printsiplarga amal qilish lozim:
1.
Davolash uzoq vaqt uzluksiz bo’lishi. Xuruj to’xtashi bilan davolashni to’xtamaslik
kerak. Oxirgisi uch yildan kam bo’lmasligi, ehtiyotlik bilan dori-darmonlarni
kamaytirish, terapiya bekor qilinguncha.
2.
Ko’pchilik hollarda epileptikaga qarshi har xil preparatlarni qo’llash.
3.
Har qaysi bemorga optimal dozirovkani, preparatlarni topish.
4.
Epilepsiyaga qarshi dorilar hamma holatlarda modda almashuvi jarayoni
yaxshilaydigan bo’lishi lozim (glyutaminlar, kislota, vitaminlar).
5.
Epilepsiyani davolash bilan birga albatta, organizmdagi boshqa kasalliklarga e’tibor
berish.
6.
Har bir holatda ham yuqori natijalarga erishishning muhim sharti: bola hayoti rejimi,
tarbiya, o’qitish va mehnat faoliyatini to’g’ri tashkil qilish.
Epilepsiyaga qarshi davolash usularini to’g’ri qo’llay bilish kerak.
Hozirgi paytda antiepileptik dori-darmonlar ko’p, ammo shundan eng muhim
lyuminal hisoblanadi. Geksamedik turli qaltiroq xurujlarida qo’llaydilar. Uning ta’sirida
ruhiy holat ham yaxshilanadi, bemorlar yumshaydi, xotirjam bo’ladilar.
Benzonal tutli hurujlarda qaltirashga qarshi ishlatiladi. Psixomotorli xurujda esa
kam samara beradi.
Difenin yirik qaltiroq xurujlarda ishlatiladi.
Bura tonik qaltirashda qo’llaniladi.
Xlorakan homiladorlarga va bolalarga tavsiya qilinadi.
Kichik xurujlarda trimetin, piknolepsin, suksilep samaralidir.
Epilaktin xiralanish holatida, kichik va aralash xurujlarda qo’laniladi.
Tegretol (Shveytsariya) psixomotor xurujida ayniqsa samaralidir.
Finlepsin tegretolga o’xshash, lekin ko’p ta’sirli emas.
Epilepsiya davolashda turli dorivor giyohlar qo’llaniladi (Sereysk, Vorobyov,
Bexterev, Brodskiy va boshqalar).
Tajriba shuni ko’rsatadiki, Brodskiy miksturasi va aminazin yaxshi ta’sir ko’rsatadi
(ayniqsa katta qaltirash xurujida).Epileptik status shoshilnch xolat, tez tibbiy yordam
ko’rsatish lozim.
Harorat darajasi yuqori ko’tarilgan-antibiotiklar, yurak faoliyati buzilganida
kordiamin, kofein, nafas yo’li buzilganida-lobelin.
Dori-darmonlarning faqat o’zi epilepsiyani davolashda to’liq samara bera olmaydi.
Kasallikka qarshi kurashda bolaning to’g’ri hayot kechirish ahamiyatli. Bola ko’p vaqtini
toza havoda o’tkazishi lozim. O’z vaqtida doimiy va etarli uyqu bo’lishi kerak. To’g’ri
ovqatlantirish, ovqat to’yimli va vitaminlarga boy bo’lmog’i lozim. O’tkir, tuzli ovqatlar
to’g’ri kelmaydi. Spirtli ichimliklar ichmasligi kerak. Uyqu oldidan yuvintirish zarur.
Quyosh nuridan saqlanish kerak. Jismoniy tarbiya bilan shug’ulanish, ko’p cho’zilmagan
16
holatda. Tajriba ko’rsatadiki, hech qanday ma’lumot bilan shug’ullanmagan kishilarda
epilepsiya ko’proq bo’ladi. Bola kasallikka qaramasdan maktab programmasini
o’zlashtira olsa, maktabga boradi, sinfda og’ir kechikmalar, xuruj bo’lsa, vaqtincha
to’xtatiladi, bu bolalar bog’chasiga ham tegishlidir. Katta epilepsiya bilan kasallangan
o’smirlarni mehnatga jalb qilish vrach nazorati orqali bo’ladi. Har qanday foydali mexnat
miya faoliyatini yaxshilaydi, kasalga qarshi kurashishda yordam beradi.
Qiyosiy tashhis
Epilepsiya tutqanog’i
Isterik tutqanoq
1. Xech bir psixogen omilsiz yuzaga
kelishi mumkin
1. Ruhiy jarohatlovchi omil natijasida,
hech bir xabarchisiz yuzaga keladi
2. Aura turidagi xatarchilarga ega
2. Ruhiy jarohatlovchi omil natijasida,
hech bir xabarchisiz yuzaga keladi
3. Tutqanoqni keyingi kechishi: qisqa
tonik faza, so’ngra klonik tutqanoq
fazasidan iborat. Xurujning umumiy
davomiyligi 1 ½ - 2 minut
3. Tutqanoq xaotik tomtarqoq, xarakterga
ega bo’lib, davrlar ketma- ketlikka ega
bo’lmaydi, davomiyligi 10 minutdan bir
necha soatgacha
4. Tutqanoq xuruji vaktida ko’z
qorachig’ i yorug’likka reaktsiyasi yo’q,
ixtiyorsiz siydik ajralishi va defikatsiya,
tilni tishlab olish kuzatiladi
4. Bunday belgilar kuzatilmaydi
5. Tutkanok xurujini ishontirish yuli
tuxtatish mumkin emas
5. Xurujni psixoterapevtik yo’l bilan yoki
tashhis ta’sirlovchilar bilan to’xtatish
mumkin.
6. To’liq amneziya
6. Amneziya, ko’pincha qisman.
Tutqanoqqa qarshi dorilarni ta’sir mexanizmi
Karbamazepinni
ta’sir mexanizmi
Karbamazepinni asosiy ta’siri benzodiazepin retseptorlariga va
kaltsiy
kanallariga
ta’siri,
kindling-effektini
pasaytirishi
(“tebranish” effekti),qachonki uzilgan signallar affektiv bosqichni
shakllanishiga olib kelishi mumkin.Valproat kislota tuzini
terapevtik effekti GAMKergik neyrotransmissiyaga asosiy ta’sirini
ta’minlaydi.
Rp:Carbamazepini 0,2
Dtd №50 in tabul.
S.ichishga.
Valproatni ta’sir
mexanizmi
Valproatni bosh neyroximik ta’sir mexanizmi hisoblanadi GAMK
metobolizmiga ta’sir qilib neyromediatorni asosiy markaziy
tormozlanishiga olib keadi,pre- va postsinaptik razryadlarni
pasaytirishi va postsinaptik membranani qo’zg’alishini
kamaytiradi.
Rp:Convultxi 0,3
17
Dtd №100 in tabul.
S. ichishga.
Lamotridjinni ta’sir
mexanizmi
Neyromediator aminokislotalar qo’zg’alishini markaziy bloklaydi
(glutamat va apartat).Qisqa va generlashgan toniko-klonik
epileptik xurujlarda asosiy davolashda qo’llaniladi,shu jumladan
,boshqa tutqanoqqa qarshi preparatlarni effektivligi bo’lmaganda
qo’llaniladi.
Vibagatrinni ta’sir
mexanizmi
Strukturasi tomonidan GAMKka yaqin,GAMK-transferazani
qaytarilmas ingibitori hisoblanadi.u miyada GAMK miqdorini
uzoq vaqt ko’taradi,aminokislotalar (glutamat va apartat)
qo’zg’alishini pasaytiradi;Gabapentin
(Gabapentine),tsiklik,GAMKka qo’shilishi strukturasiga
yaqinligi,gematoentsefalik to’siqdan o’tishi va markaziy GAMK-
retseptorlariga ta’siri.
Mashg’ulotda qo’llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:
Talabalar bilimini tekshirish uchun yangi pedagogik texnologiyalar asosidagi
interfaol usullar bir qancha bo ‘lib, shulardan amaliy mashg ‘ulotlar uchun quyidagi
usullardan foydalanish o‘rinli.
Galereya bo‘ylab sayohat usuli - bunda talabalar kichik guruhga bo ‘linadi va
ruchkaning rangiga qarab guruhga rangli ruchka beriladi. Masalan: qizillar, ko‘klar,
yashillar, qoralar guruhi. Har bir guruhga alohida mavzu bo‘yicha savol beriladi.
Masalan: 1) epilepsiya tasnifi; 2) epilepsiyadagi paroksizmal ruhiy buzilishlar; 3)
epilepsiyadagi doimiy ruhiy buzilishlar. Kichik guruhlar javoblarni guruhi nomiga mos
bo‘lgan ruchka rangida yozadi. Bunda vaqt chegaralangan bo‘ladi. Masalan: 3-5 daqiqa
vaqt o‘tgach kichik guruhlar soat strelkasi bo‘yicha savollarga javob qog‘ozlarni
almashishadi. Qog‘ozlar guruhlarda to‘liq aylantirilgach yig‘ib olinadi va o‘qituvchi
tomonidan javoblar o‘qiladi. Bunda har bir kichik guruh o‘z javobini to‘g‘riligini
asoslashga harakat qiladi. Har bir to‘liq to‘g‘ri javoblar uchun ball berib asoslashga
harakat qiladi. Har bir to‘liq to‘g‘ri javoblar uchun ball berib boriladi. Oxirida eng ko‘p
ball to‘plagan guruh rag‘batlantiriladi. Qolgan guruhlardan ham eng faol qatnashgan
talabalarga qo‘shimcha ballar beriladi.
Romashka (moychechak) usuli – bunda qog‘ozlardan romashka barglari
tayyorlanadi. Har bir ramashka bargining orqa tomoniga raqamlar yozilgan bo ‘lib, talaba
xohlaganini oladi va qaysi raqam tushgan bo‘lsa o‘sha raqamda keltirilgan savolga javob
beradi. Savollar ro‘yxati esa oldingi darsda uyda mustaqil tayyorlanish uchun berib
yuborilgan bo’lishi kerak.
6.2 Tahliliy qism
Vaziyatli masala:
18
1. Bemor 25 yoshda. Yuk tashuvchi bo’lib ishlaydi. Ilgari davolanmagan. Bemor
yilda 1-2 marotaba birdan hushidan ketadi, chinqirib yiqiladi, so’ng tonik-klonik
talvasalar kuzatiladi, bu holat amneziya bilan tugaydi.
Javob: epilepsiya, kamdan-kam uchraydigan generalizalashgan tonik-klonik
talvasalar.
2. Generalizalashgan tonik-klonik talvasalardan so’ng bemor hushiga kelmasdan
yana epileptik tutqanoq boshlandi, so’ng keyingisi. Bu holat bir necha marotaba
takrorlandi.
Javob: Epileptik status.
3. Bemor 32 yoshda, epilepsiya bilan 8 yoshida kasallangan. Tonik-klonik
talvasalar kuzatiladi. Bemorning holati birdaniga o’zgarishi mumkin. Tashqi
ko’rinishidan tajang, jahldor, nimadandir noligandek bo’lib ko’rinadi, atrofdagilar bilan
janjallashib, xujum qilishi mumkin. 1-2 kundan keyin oddiy holatga tushadi.
Javob: epilepsiya, generalizalashgan tonik-klonik talvasalar va disforiyalar bilan.
6.3Amaliy qism
Bemor shikoyatlarini, anamnestik ma’lumotlarni yig’ish; bemorni klinik tekshiruvdan
o’tkazish; tahminiy tashhis qo’yish uchun asosiy anamnestik va klinik belgilarni
ko’rsatish; shoshilinch holatlarda yordam ko’rsatish.
1.EPILEPSIYa BILAN KASALLANGAN BEMORNING RUHIY HOLATINI
TO’LIQ YoRITISh
Maqsad: epilepsiya bilan kasallangan bemorni klinik, paraklinik va patopsixologik
tekshiruvdan o’tkazib, ruhiy holatini to’liq yoritish.
Bajaraladigan bosqichlar:
1.
Anamnestik
ma’lumotlarni yig’ishda irsiyati, homilalik vaqti va
tug’ilishi,bolalik chog’ida respirator epizodlar, febril talvasalar, spazmofiliya
bo’lganligini aniqlash.
2. Talvasa hurujlari mavjudligini to’liq yoritish.
3. Ilk bolalik davrlardagi jismoniy va ruhiy rivojlanish xususiyatlarini aniqlash.
4. Anamnestik ma’lumotlarni bayon qilganda bemorning shaxsiy xususiyatlarini,
hurujsimon buzilishlarning dinamikasini yoritish.
5. Bemorning ruhiy holatini to’liq baholash uchun paraklinik, patopsixologik
tekshiruvlarni o’tkazish.
2. ShOShILINCh HOLATLARDA YoRDAM KO’RSATISh.
Maqsad: epileptik tutqanoqda yordam ko’rsatish.
Bajaralidigan bosqichlar:
1.
Bemor yoniga yaqinlashish
2.
Boshi tagiga yumshoq narsa (kiyim, yostiq) qo’yish.
19
3.
Havoni etarli bo’lishi uchun bemor yoqasi, kamar, galstugini echish.
4.
Aspiratsiyani oldini olish uchun bemor boshini yoniga o’girish.
5.
Hurujdan so’ng bemorga seduksen 0,5% eritmasi 2ml yoki magneziya sulfati 25%
10ml v/i yuboriladi.
6.
Keyin bemorga laziks eritmasi 1% 2ml va aminazin 2,5% eritmasi 2ml m/o
yuboriladi.
7.Malaka, ko’nikma va bilimlarni tekshirish usullari
- og’zaki;
- yozma;
- test;
- vaziyatli masalalar echish;
-o’zlashtirilgan amaliy ko’nikmalarni namoyish etish.
Testlar
1. Qanday buzilish epilepsiyani psixik ekvivalenti hisoblanadi?
A) absans
B) propulsiv xuruj
V) retropulsiv xuruj
G) disforik xuruj
D) rotator xuruj
2. Epileptik kasallarga qaysi fikrlash tipi xos?
A) maxmadonalik
B) tutruqsizlik
V) ambivalentlik
G) quyushqoqlik
D) simvollik
3.Epileptik statusdan chiqazishda qaysi preparat effektiv?
A) galoperidol
B) triftazin
V) amitriptilin
G) seduksen
D) insulin
4.Tutqanoqsiz paroksizm qanday variantlarda bo’ladi?
1.ambulator avtomatizm
2.psixik avtomatizm
3.shomsimon ong buzilishi
4.disforiya
5.saalamli xurujlar
5.Epileptik kasallikni doimiy simptomlarini ko’rsating:
1.epi-tip bo’yicha shaxs o’zgarishi
tafakkurni o’zgarishi –patologik quyushqoqlik
3.epileptik aqli zaiflik
4.tutqanoq xurujlarini psixik ekvivalentlari
5.ambulator avtomatizm
20
6.tutqanoq xurujlari
6.Bemorda epilepsiya kayfiyati 2 kundan beri jahldor, hafa, qo’zg’aluvchan,
yaqinlariga agressiv. Holatni va xatti-harakatingizni aniqlang:
1.disforiya
2.psixik shifoxonaga yuborish
3.psixiatr konsultatsiyasi
Javob: 1,3,2
7.EEG olishga bemorni tayyorlash:
1.Bemorga ko’zini ochish va tez yumish so’raladi yorug’likka reaktsiyani
to’g’rlab,qog’ozga yoziladi
2.EEG bosh kiyimi kiyg’iziladi.Fiz.eritmali paxta bilan elektrodlar shimdiriladi
3.Boshdagi kerakli sohalarga elektrodlar qo’yiladi (12ta elektirod).EEGyoqiladi.
4.Apparat o’chiriladi,3 minut davomida bemorga tez nafas olish so’raladi,bosh kiyim
echiladi.
5 .3 kunga tutqanoqqa qarshi preparatlar bermay turiladi,1kun uxlanmaydi.
Javob: 5,2,3,1,4
8. Epileptik xuruj bosqichlarini ketma-ketligini to’g’ri joylashtiring:
1.Klonik xurujlar
2.Xabar beruvchi
3.Tonik xurujlar
4.Koma,chuqur uyqu
5.To’liq amneziya
Javob: 2,3,1,4,5
9.Birlamchi epileptik xurujda taktika:
1.bemorni boshini yonga burish
2.boshini tagiga birorta yumshoqroq narsa qo’yish
3.yoqasini bo’shatish
4.galstukni echish
Javob: 2,1,3,4
10.Epilepsiyada epileptik xurujni psixik ekvivalentiga tegishli holatni ayting:
1.disforiya
shomsimon ong buzilishi
3.epileptik dementsiya
4.epileptik psixoz
5.fikrlashni patologik quyushqoqligi
11.Tutqanoqqa qarshi preparatlarni ko’rsating:
1. Klozapin
Karbamazepin
3. Klonazepam
4. Tizertsin
5.Seduksen
12.Epileptik kasallikdagi paroksizmal simptomlarni toping:
1.tutqanoqli paroksizmalar
2. tafakkurni o’zgarishi –patologik quyushqoqlik
21
3.epileptik aqli zaiflik
shomsimon ong buzilishi
5.disforiya
13.Kichik epileptik xurujni va unga mos keladiganini toping:
1. absans
2.propulsiv xuruj
3.Jekson xuruji
4.Kojevnikov xuruji
5.Saalamov xuruji
A.qo’l va oyoq mushaklarida tonik yoki klonik tutqanoqlar tananing yarmida
kuzatiladi
B.tutqanoq bo’lmagan qisqa muddatli hushidan ketish
V.hushini yo’qotmasdan qo’l-oyoq mushaklarining klonik tutqanog’i
G.birdaniga tanani egilishi,bosh bo’shashgan, qo’li
musulmoncha salom
berayotgandek bo’lib qolishi
D.turli xil oldinga harakatlar
Javob: 1-B, 2-D, 3-A,4-V,5-G
8.Joriy baholash mezonlari
O’zlash-
tirish foiz
(%) va
ballda
Baho
Talabaning bilim darajasi
96-100
A’lo «5» Epilepsiya kasalligining tasnifi, etiopatogenezi, epileptik
tutqanoq turlari, yoshga xos xususiyatlari, davolash
printsiplari bo’yicha to’liq va to’g’ri javob berish. Mustaqil
xulosa va qaror qabul qilish, ijodiy fikrlay olish, mustaqil
mushohada yuritish. Vaziyatli masalalarni to’g’ri va ijodiy
echish, javoblarni to’liq asoslab berish. Interaktiv
o’yinlarda faol va ijodiy qatnashish va ularni echishda
ijobiy xulosalar va tahlil qilish. Shoshilinch holatda
terapevtik taktikani aniklash. Retseptlarni dori shakliga mos
holda, dozalari va qo’llash uchun ko’rsatmalarini to’g’ri
ko’rsatib yozish.
91-95
A’lo «5» Epilepsiya kasalligining tasnifi, etiopatogenezi, epileptik
tutqanoq turlari, yoshga xos xususiyatlari, davolash
printsiplari bo’yicha to’liq va to’g’ri javob berish. Ijodiy
fikrlay olish, mustaqil mushohada yuritish. Vaziyatli
masalalarni to’g’ri va ijodiy echish, javoblarni to’liq
asoslab berish. Interaktiv o’yinlarda faol va ijodiy
qatnashish va ularni echishda ijobiy xulosalar va tahlil
qilish. Shoshilinch holatda terapevtik taktikani aniqlash.
Retseptlar dori shakliga mos holda dozalari va qo’llash
22
uchun ko’rsatmalar yozish.
86- 90
A’lo «5» Epilepsiya kasalligining tasnifi, etiopatogenezi, epileptik
tutqanoq turlari, yoshga xos xususiyatlari, davolash
printsiplari bo’yicha to’liq yoritish, lekin 1-2 ko’pol
bo’lmagan xatoga yo’l qo’yilishi mumkin. Mustaqil tahlil
qilish. Vaziyatli masalalarni to’g’ri echish, lekin ayrim
noaniqlarni ko’rsatish. Interaktiv o’yinlarda faol
qatnashish, to’g’ri qaror qabul qilish.Retseptlar dori
shakliga mos holda dozalari va qo’llash uchun ko’rsatmalar
yozish.
81-85
Yaxshi
«4»
Epilepsiya kasalligining tasnifi, etiopatogenezi, epileptik
tutqanoq turlari, yoshga xos xususiyatlari, davolash
printsiplari bo’yicha to’liq yoritish, lekin 2-3 ko’pol
bo’lmagan xatoga yo’l qo’yish. Amalda qo’llay olish,
mohiyatini tushunish, bilish, aytib berish, tasavvurga ega
bo’lish.Vaziyatli
masalalarni
to’g’ri echish,
lekin
javoblarning to’liq yoritilmasligi. Interaktiv o’yinlarda faol
qatnashish, to’g’ri qaror qabul qilish.Retseptlar dori
shakliga
mos holda, dozalari va qo’llash uchun
ko’rsatmalarni to’g’ri ko’rsatib yozish.
76-80
Yaxshi
«4»
Talaba epilepsiyaning tasnifi, epileptik tutqanoq turlari
bilishi, lekin ularning yoshga xos xususiyatlarini yaxshi
bila olmasligi. Mohiyatini tushunish, bilish, aytib berish,
tasavvurga
ega bo’lish. Interaktiv o’yinlarda faol
qatnashish. Vaziyatli masalalarga to’liq javob bermasligi
mumkin. Retseptlar dori shakliga mos holda, dozalarini
to’g’ri ko’rsatib yozish, lekin qo’llash uchun ko’rsatmalar
to’liq ko’rsatilmasligi.
71-75
Yaxshi
«4»
Savollar to’g’ri, lekin to’liq yoritilmaydi. Talaba tasnifni
biladi, lekin klinik belgilarni, yoshga xos xususiyatlarni
to’liq bila olmasligi. Mohiyatini tushunish, bilish, aytib
berish, tasavvurga ega bo’lish. Vaziyatli masalalarga to’liq
javob bermasligi. Retseptlar dori shakliga mos holda,
dozalarini to’g’ri ko’rsatib yozish, lekin qo’llash uchun
ko’rsatmalar to’liq ko’rsatilmagan.
66-70
Qoniqarl
i
«3»
Savollarning yarmini xatolarga yo’l qo’yilgan holda
yoritish. Talaba kasallik tasnifini bilishi, lekin klinik
belgilarni, yoshga xos xususiyatlarni yaxshi bilmasligi.
Faqat ba’zi savollar bo’yicha mohiyatini tushunish, bilish,
aytib berish, tasavvurga ega bo’lish. Vaziyatli masalalarni
to’g’ri echish, lekin javoblar asoslab berilmagan. Retseptlar
dozalarini to’g’ri ko’rsatib yozish, lekin dorining ishlab
chiqarilgan shakllarini yozib berishda xatoga yo’l qo’yishi.
61-65
Qoniqarl Savollarning yarmi xatolarga yo’l qo’yilgan holda
yoritilishi. Kasallik tasnifini, klinik belgilarni aytib
23
i
«3»
berishda xatoga yo’l qo’yilishi. Faqat ba’zi savollar
bo’yicha mohiyatini tushunish, javobi to’liq emas.
Vaziyatli masalalarni to’g’ri echish, lekin javoblar asoslab
berilmasligi, xato qo’yilishi. Retseptlarning shakli to’g’ri,
lekin qo’llanilishi ko’rsatmay yozilishi yoki dozalarida
xatoga yo’l qo’yilishi.
55-60
Qoniqarl
i
«3»
Savollarning yarmi xatolarga yo’l qo’yilgan holda
yoritilish. Kasallik tasnifini, klinik belgilarni aytib berishda
xatoga yo’l qo’yish. Javobi noaniq, mavzu bo’yicha
birmuncha tasavvurga ega bo’lish. Vaziyatli masalalarni
echishda xatoga yo’l qo’yish. Retseptlar xato yozilgan,
qo’llanilishi ko’rsatmay yozilgan va dozalarida xatoga yo’l
qo’yish.
54 va
undan
past
Qoni-
qarsiz
«2»
Javob va vazifalarni bajarish minimal darajadan past va
bahola olinmaydi. Amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirish past,
to’liq xajmda emas.
Dostları ilə paylaş: |