O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG„LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT
DAVLAT STOMATOLOGIYA INSTITUTI
TERAPEVTIK
STOMATOLOGIYA
FAKULTETI
GOSPITAL
TERAPEVTIK
STOMATOLOGIYA
KAFEDRASI
«OBSHQ ning virus kasalliklarini namoyon bo„lishi (oddiy va qamrab
oluvchi gerpes, gerpangina). Klinikasi. Tashxislash va qiyosiy tashxisi.
O„tkir respirator virusli infeksiyalari. Klinikasi. Tashxislash. Davolash,
oldini olish.»
mavzusi bo„yicha TDSI 5 kurs talabalari uchun
o‟quv uslubiy qo„llanma
Toshkent -2014
Toshkent Davlat Stomatologiya instituti Gospital
terapevtik stomatologiya
kafedrasi mudiri, professor
X.P.K
AMILOV
T
UZUVCHI
:
K
ODIROVA
SH.E -gospital
terapevtik stomatologiya kafedrasi assistenti
T
AQRIZCHILAR
:
Dusmuxamedov M.Z. - TDSI bolalar yuz-jag„ stomatologiya kafedrasi mudiri,
t.f.d professor
Agzamxodjaev S.S. - Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti
stomatologiya kafedrasi mudiri, t.f.d professor
Jumatov U.J- Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti 1-stomatologiya
kafedrasi , t.f.d professor
Terapevtik stomatologiya fakulteti ilmiy kengashida muhokama qilindi va
TDSI ilmiy kengashiga tavsiya etildi.
«__» ________ 2014 yil № - sonli majlis bayoni
Toshkent Davlat Stomatologiya instituti Ilmiy kengashida tasdiqlandi va
chop etishga tavsiya etildi.
«__» ________ 2014 yil № - sonli majlis bayoni
Mavzu №8 «OBSHQ da virus kasalliklarini namoyon bo„lishi (oddiy va qamrab oluvchi
gerpes, gerpangina). Klinikasi. Tashxislash va qiyosiy tashxisi. O„tkir respirator virusli
infeksiyalargni umumiy va maxalliy davolash, oldini olish chora tadbirlari»
1. Mashg„ulot o„tkazish joyi, jixozlanishi:
- Gospital terapevtik stomatologiya kafedrasi:
Mulyaj, slaydlar, tablitsalar, fotosuratlar,
tarqatm
a materiallar, vaziyat masalalari va testlar.
2. Mashg„ulotning davomiyligi
- 270 minut
3. Mashg„ulotning ma
q
qsadi:
OBSHQ da uchraydigan virus kasalliklari etiologik faktorlari, klinik
ko„rinishi, diagnostikasi va davolash metodlarini o„rgatish.
Vazifa
Talaba bilishi lozim:
- virus kasalliklari hakida tushuncha
- kelib chiqish sabablari
- klinik ko„rinishi
- davolash metodlari
Talaba bajara olishi lozim:
- OBSHQ ni ko„zdan kechirish va tekshirish
- sitologik tekshirish usullari
- og„riqsizlantirish
- antiseptik ishlov berish
- virusga qarshi vositalarni qo„llash
- keratoplastik vositalarini qo„llash
- fizioterapevtik muolajalar o„tkazish
4. Motivatsiya
OBSHQ da uchraydigan virus infeksiyalari va kasalliklarini davolash metodlarini to„g„ri
tanlash, bu shikastlanishlarni oldini olishda muxim o„rin tutadi.
Olingan teoretik bilimlar va Amaliy kunikmalar keyinchalik mutaxassisga amaliyotda
qo„llashga imkon beradi.
5. Tashqi va ichki fanlararo bog„liqlik
SHu mavzuni o„qitishda anatomiya,gistologiya ,biokime, normal fiziologiya, pat.
anatomiya,pat.fiziologiya,ichki kasalliklar propedevtikasi, XS,OS,Bolalar
stomatologiyasi,sil kasalliklari,teri-tanosil kasalliklari,mikrobiologiya,fizioterapiya fanlari
kerak bo„ladi..
6. Mashg„ulotning tarkibiy qismi
6. 1.Nazariy qism
Zararlanish yuli: kontakt, xavo-tomchi, ogiz orkali, teri va shilliq qavat shikastlanishi
orkali. Og„iz bo„shlig„i shilliq qavati virusli yallig„lanishining turlari:
1.0DDIY GERPES 2 turda kechadi:
a) o„tkir gerpetik stomatit
b) surunkali qaytalanuvchi gerpes.
.
o„
TKIR
GERPETIK STOMATIT,
CHaqiruvchi virus-oddiy gerpes. Inkubatsion davri 3-4 kun. o„tkir yuqumli kasallikni
boshlanishida tana xarorati oshadi, umumiy xolsizlanish kuzatiladi, toshmalar toshadi,
pufakchalar tez orada eroziya paydo buladi.
Og„iz bushlig„i shilliq, qavatida tarqalgan qizarish, shish, eroziya, afta va yaralar
bo„lishi ko„zatiladi, ular bir - biri bilan qo„shilish xususiyatiga ega bo„ladi. Joylashishi
notekis, tanglayda, labda, og„iz atrofi va burun terisida, jinsiy a‟zolar shilliq kavatida afta-
eroziya-yara ajralib turadi va ular ok,-sarik rangli fibrin karash bilan qoplangan bo„lib, paxta
tampon bilan qiyin olinadi.
Sitologiyada: Ko„p yadroli gigant (katta) xujayralar, neytrofillar, gistotsitlar, epiteliy
xujayralari paydo bo„ladi.
Gistologik tekshiruv: pufakchalar epiteliy ichida joylashgan, akantoliz aniklanadi.
Solishtirma tashkisi: oksim, gerpangina, allergik toshmalar, ko„p shakilli ekssudativ
eritema bilan qilinadi.
Qon taxlili: o„tkir yalliglanishga xos uzgarishlar.
So„lak rN- nordon, keyin ishkoriy, lizotsim miqdori kamaygan.
UMUMIY TERAPIYA: Virusga qarshi preparat - bonafton 0,1 dan kuniga 3-5 marta 5
kun davomida berilib, 1-2 kun tanaffusdan so„ng yana qaytariladi. YAlig„lanishga qarshi
vosita sifatida natriy salitsilat 0,5 dan 4 maxal kattalarga, antigistamin preparatlar (dimedrol,
suprastin, diazolin), kalsiy glyukonat 0,5-1,0 gr. 3 maxal, vitaminlardan S va RR beriladi.
Statsionar sharoitida prodigiozan 25-50mkg dan 2-3 marta 3-4 kun oralatib va mushak
orasiga lizotsim qo„llash yaxshi natija beradi.
Og„ir yoki fuzospirillez infeksiya bilan asoratlansa davolashga metronidazol yoki keng
spektrli antibiotiklar qo„shiladi. Kursatmalarga ko„ra yurak-qon tomir vositalarini buyurish
kerak. Bemor yukori kaloriyali, vitaminlarga boy parxez tutishi, qo„p suyuklik iste‟mol
qilishi zarur.
MAXALLIY TERAPIYA; Toshma toshishni dastlabki kunlarida virusga qarshi vositalar:
interferoni surtmasi, (interferon 1 amp., lanolin 5g, shaftoli moyi 1g., anestezin 0,5 gr.) yoki
eritmasi, bonaftonning 0,5% surtmasi, 1-2% florenal yoki o„tlar damlamasi bilan berilganidan
so„ng, applikatsiya xolida qo„llaniladi. Og„iz bo„shlig„iga proteolitik fermentlar bilan kuniga 1
maxal ishlov beriladi. Fermentlardan dezoksiribonuleazaning 0,2% lik eritmasini qo„llash
maqsadga muvofiq, chunki u virusga qarshi va nekrotik to„qimalardan tozalash xususiyatiga
ega.
Ikkilamchi infeksiyaning oldini olish choralari ko„riladi. Bunda maxalliy antiseptiklar:
0,25-0,5% lik vodorod peroksidi, 0,25% etoniy eritmasi. 0,25% xloramin, furatsilinning
1:5000 nisbatdagi eritmalari bilan og„iz bo„shlig„i chayiladi. Kasallikning dastlabki
kunlarida bushlig„iga xar 3-3,5 soatda ishlov beriladi.
Og„riq qoldiruvchi dorilar qo„llanishi zarur. Anestezinning shaftoli moyidagi 5-10% lik
eritmasi, trimekainning 1% lik eritmasi, piromikainning 1-2lik eritmasi keng qo„llaniladi.
SHilliq qavatning regeneratsiyasi va epitelizatsiyasini ko„chaytirish maqsadida vitamin A
ning yog„dagi eritmasi, karotolin, aloe linimenti, na‟matak moyi, SHostakovskiy balzamini
qo„llash mumkin. Ayniqsa aerozol ko„rinishidagi vositalar qo„llash uchun qulay xisoblanadi.
Bemor murojaag etganidan to to„liq epitelizatsiya bo„lgunga kadar fiziomuolajalar: KUF-
nurlash, geliy neon lazeri buyuriladi. Teridagi eroziyalar birinchi 2 3 kun virusga qarshi
vositalar, keyinchalik sink surtmasi yoki Lassar pastasi, agarda impreginizatsiya bo„lsa
antibiotikli surtmalar bilan ishlov beriladi.
B) SURUNKALI KAYTALANUVCHI GERPES.
Ko„zgatuvchisi- gerpes simpleks.
Bu kasallik bilan xar xil yoщdagi kishilar og„rishi mumkin, kachonki kasal oldin
gerpes bilan og„rigan bo„lsa.
Keltirib chiqaruvchi sabablar: umumiy kasalliklar, sovuk, issiq ovkat iste‟mol qilish,
xayajonli xolat, umumiy zaxarlanish, umumiy infeksion kasalliklar, shikastlanganda, lab
shilliq qavatining ko„p vaqt quruq bo„lishi.
Sub‟ektiv belgilar - og„iz bushlig„i yoki lab qizil xoshiyasida qizarish va og„riq paydo
bo„ladi.
Joylashishi: lab atrofida, terida, shilliq qavatlarda, qattiq tanglayda, tilda, lunjda, jinsiy
a‟zolarda, kuzning shox pardasida.
Elementlarning xosil bo„lish tartibi: pufakchalar-eroziya-yara.
Eroziya - qizil rangda bulib, ok-sarik fibrin qarash bilan qoplangan va ular qushilishga
moyil. Eroziya chetlari notekis, davomiyligi 8-10 kun bulib, chandiqsiz bitadi.
Solishtirma tashxis: gerpetik toshmani surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit, allergik
toshmalar, streptokokkli impetigodagi teri toshmasi bilan tashxis qilinadi. Qiyoslashda
sitologik tekshirishga asoslanadi. Undan tashqari elektron mikroskopiya va
immunoflyuoressent usul qo„llaniladi.
Davolash: UMUMIY:
1.Levamizol (dekaris) 150mg X 2 marotaba xaftasiga 1-3 oy (remissiyani uzaytiradi)
2.Spetsifik gerpetik polivaksina 0,1 -0,2 mg teri ichiga 2 marotaba 1 xaftada №5
3.Gamma - globulin mushak ichiga 3 ml xar kuni №6 interval 2 oy.
4.Vitamin S.
MAXALLIY: leykotsitar interferon applikatsiyalari 5-6 marta kuniga. Lazer
(geliy, neon, infrakizil).
2. KAMRAB OLUVCHI TEMIRATKI- HERPES ZOSTER.
Kuzgatuvchisi: suvchechak virusi (varicella zoster)
Asosan katta yoshli kishilar og„riydi. Klinikasida virusning neyrodermatotropik ta‟siri
ustun turadi. Bu kasallik organizmning ximoya funksiyasi susayganda, qon kasalliklari
bo„lganda, guyo shu kasalliklarning asoratidek kelib chiqadi. Inkubatsion davri 7-14 kun.
Sub‟ktiv belgilari: bosh og„rig„i, qaltirash, tana xarorati 39 gradus S, gacha.O„chshoxlik
nervining ikkinchi va uchinchi shoxi bo„ylab tarqalgan xurujsimon, kuchli og„riq bo„ladi.
Qamrab oluvchi gerpes yuz nervining falaji, quloqda og„riq, bo„lishi Ramza-Xunta simptomi
xisoblanadi.
Ob‟ektiv belgilar: Qizargan terida va shillik qavatda ko„plab pufakchalar paydo bo„ladi.
Pufakcha-eroziya-kalok (terida) ayrim xollarda tushib ketgandan sung pigmentatsiya qoladi.
Kechish davri 2-3 xafta.
O„rab oluvchi temiratkiga toshmalarning zararlangan nerv buylab joylashishi va bir
tomonlama zararlanishi xos.
Kechishi odatda yaxshi sifatli, ammo ayrim xollarda asorat qolishi mumkin (meningit,
gepatit, ensefalit).
Qo„shimcha tekshirishlar: qonning umumiy taxlili, qondan virusni ajratish. Sitologik
tekshirish - vezikulyar epiteliy ichida joylashadi.
Solishtirma tashxis:
O„tkir gerpetik stomatit, allergik toshmalar, po„rsildoq,
pemfigoid, terida esa-saramas bilan olib boriladi.
Davolash: UMUMIY: analgetiklar (analgin, baralgin), salitsilatlar (aspirin 0,5 X Zm),
gangleron, vitaminlar V1, V12. Virusga qarshi vositalar: metisazol 0,2-0,5 X 2maxal 6-10
kun, dezoksiribonukleaza 30-50mg dan mushak orasiga 1 makal 7-10 kun dovomida,
bonafton 0,1- 3-5 marta 5 kun (1-2 kun oralatib kaytariladi), atsiklovir (0,8g 5 marta).
MAXALLIY: birinchi kunidan- tebrofen, florenal, gossipal, megosin, oksolin, interferon
buyuriladi.
Keyingi kunlarda- keratoplastiklar, na‟matak, chekanda moyi, aktovegin malxami, vit. A.
Birinchi kunlardan lazer (geliy-neon, infrakizil) va UFO bilan davolash mumkin.
Z.GERPANGINA
Gerpangina Koksaki A virusi bilan chaqiriladi. O„tkir yukumli kasallik, ko„proq yozda va
ko„pincha bolalarda kuzatiladi. Xavo-tomchi yul bilan yuqadi.
Klinikasi: tana xarorati 37-38 gradus S.gacha ko„tarilib boshlanadi. 3-4 kuni 39-39,5
gradus S.ga boradi. Bemorni bosh og„rig„i, umumiy xolsizlik, qorinda og„riq, yutinganda
og„riq bezovta qiladi.
Og„iz bo„shlig„ini ko„rganda qizargan yumshoq tanglay, tanglay ravoqlari, yutqun
soxasida og„riqli ayrim va guruxlangan vezikulalar aniqlanadi. Ularda seroz yoki gemorragik
suyuqlik kuzatiladi. Vezikulalar tez erilib, afta va eroziyalar xosil bo„ladi. Mayda eroziyalar
qo„shilib, keng eroziya soxalarni xosil qiladi. Eroziyalar birinchi kunlar og„riydi, keyin
og„riq kamayadi. Jag„ osti limfa tutunlari biroz kattalashib, og„riqli bo„ladi. Kasallik 4-6 kun
kechadi, ayrim xollarda og„ir kechishi xam kuzatiladi.
Davolash: UMUMIY: salitsilatlar, vitaminlar V1, V12 buyuriladi.
MAXALLIY: 2-3 kun virusga qarshi vositalar qo„llaniladi, antiseptiklar bilan chayish,
keyingi kunlarda keratoplastiklar ishlatiladi.
O„tkir respirator virus infeksiyalari odamzodning eng tarkalgan kasalliklaridan
bo„lib, A,V,S turdagi filtrlanuvchi virusi bilan chaqiriladi.
Og„iz bo„shlig„i URVI xamma turlarida zararlanishi mumkin. Og„iz bo„shlig„ini
zararlanishi asosiy kasallikning og„irlik darajasiga bog„lik, avvaliga kataral, keyinchalik
gemorragik o„zgarishlar yuzaga keladi, ba‟zan aftoz va yarali toshmalar paydo bo„lishi
mumkin. O„lar ko„pincha yumshoq tanglay, tanglay ravoqlari, ba‟zan milk va lunj shilliq
qavatlarida joylashadi. Virusli toshmalar o„ziga xos qizargan ya‟ni giperemiyalangan shilliq
qavat yuzasidan ko„tarilib turuvchi nuqtasimon donachalar ko„rinishida bo„ladi. Bu donadorlik
yumshoq tanglayda ko„plab joylashgan mayda so„lak bezlari chiqaruv qismi epiteliysini
giperplaziyasi natijasida kelib chiqadi. «Donadorlik»ni paydo bo„lishi asosiy kasalliklarni
birinchi belgilaridan biri bo„lib xisoblanadi. Ba‟zan O„RVI o„tkir aftoz stomatit belgilari bilan
kechishi mumkin. Jarayon lablarda joylashganda unda pufakchali toshmalar kuzatilishi mumkin.
SHu jarayonga fuzospirillez infeksiya qo„shilsa, aftalar yaralanishi, ya‟ni aftoz stomatitni
yarali stomatitga aylanishi ku-
zatilishi mumkin. Afta va yaralar asosiy kasallikni tuzalish bosqichida xam kuzatilishi
mumkin.
4.OQSIM.
O„tkir virusli yuqumli kasallik, odamga kasal xayvondan yuqadi. Tashqi muxitda virus
chidamli xisoblanadi. YUqish yo„llari - sut maxsulotlari, yaxshi pishirilmagan go„sht, kasbiy
- kasallangan mol bilan kontaktda va xavo - tomchi yo„l bilan yuqadi. Virus shikastlangan
teri, og„iz, ko„z va burun shilliq qavatidan organizmga kiradi.
Klinikasi. Kechishni 3 turi ajratiladi:
Terida, og„iz shilliq qavatida va teri - shilliq qavatida.
Inkubatsion davri 2-10 kun. Kasallik o„tkir, tana xarorati 38 - 39° S gacha
ko„tarilishdan, mushaklarda og„riq, ishtaxa yo„qolishidan boshlanadi. 1 - 2 kundan keyin
bemorlarni og„iz bushligi achishadi, kuriydi, qizaradi va shishadi. Labni, tilni, qattiq va
yumshoq tanglayni, lunjni qizargan shilliq qavatlarida tiniq suyuqlikli 2-4 mm vezikulalar
toshadi. Ularni soni birdan, bir - necha yuzgacha bo„lishi mumkin. 1 - 2 sutkadan sung
pufakchalar yorilib og„rikli qizil eroziyalar xosil bo„ladi. Lablarda eroziyalar katkaloklar
bilan koplanadi. Pufakchalar yorilgandan sung bemorning tana xarorati pasayadi, ammo
umumiy axvoli yomonlashadi. Sulak ajralishi kupayadi (4 - 5l. Sutkasiga), yutish
kiyinlashadi, til xajmi kattalashadi, nutki o„zgaradi. Vezikulalar burun, ko„z, jinsiy a‟zolar
shilliq. kavatida, terida xam kuzatiladi. Pufakchalar barmoqlap orasida, qul va oeq
barmoqlarini uchida xam ko„zatiladi. Achishish, qichishish bezovta qiladi.
SHilliq qavatdagi eroziya va yaralar 3 - 5kunda chandiqsiz bitadi, bemorning axvoli
yaxshilanadi. Rekonvalessensiya davri 10 - 15 kun buladi. Og„ir kechganda toshmalar
qaytalanishi mumkin.
Noaniq kechish shakli xam uchraydi. Xolsizlik, og„iz bo„shlig„i va terida ayrim
pufakchalar bilan ifodalanadi.
Solishtirma tashxis. _
-
O„
TKIR
gerpetik stomatit
- suv chechak -
- dorili allergiya
- ko„p shaklli ekssudativ eritma bilan.
Tashxis klinik simptomlar, epidemiologik anamnez (kasal xayvonlar bilan kontakt, sut
maxsulotlari iste‟mol kilish), epizoologik vaziyat na laborator (biologik sinama, serologik
reaksiya) tekshirishlar natijasi asosida quyiladi.
Davolash.
Bemorni kasallik boshlangan kunidan 14 kunga ajratib qo„yiladi, yaxshi parvarish
qilinadi. 5-6 marotaba kuniga suyuq ovqatlar, ko„p suyuqliklar,sharbatlar beriladi.
UMUMIY TERAPIYA: Virusga qarshi preparat - bonafton 0,1 dan kuniga
:
3-5 marta 5
kun davomida berilib, 1-2 kundan so„ng yana qaytariladi. YAllig„lanishga qarshi vosita
sifatida natriy salitsilat 0,5 dan 4 maxal, antigistamin preparatlar (dimedrol, suprastin,
diazolin), kalsiy glyukonat O.5-1,0 gr. 3 maxal, vitaminlardan S va RR beriladi. Statsionar
sharoitida prodigiozan 25-50mkg dan 2-3 marta 3-4 kun oralatib, mushak orasiga qo„llash
yaxshi natija beradi.
Og„ir yoki fuzospirillez infeksiya bilan asoratlansa davolashga metronidazol yoki keng
spektrli antibiotiklar qo„shiladi. Kursatmalarga ko„ra yurak-qon tomir vositalarini buyurish
kerak. Bemor yuqori kaloriyali, vitaminlarga boy parxez tutishi, ko„p suyuqlik iste‟mol
qilishi zarur.
MAXALLIY TERAPIYA Immudon 8tabl. - 10kun (surish kerak).Toshma toshishini
dastlabki kunlarida virusga qarshi vositalar: interferonning surtmasi, (interferon 1 amp.,
lanolin 5g, shaftoli moyi 1g., anestezin 0,5 gr.) yoki eritmasi, bonaftonning 0,5% surtmasi,
1-2% florenal eki utlar damlamasi bilan berilganidan sung, applikatsiya xolitsa kullaniladi.
Og„iz bushlig„iga proteolitik fermentlar bilan kuniga 1 maxal ishlov beriladi. Fermentlardan
dezoksiribonuleazaning 0,2% lik eritmasini qo„llash maksadga muvofik, chunki u virusga
qarshi va nekrotik tukimalardan tozalash xususiyatiga ega.
Ikkilamchi infeksiyaning oldini olish choralari ko„riladi. Bunda maxalliy antiseptiklar:
kaliy permanganatning 1:5000 eritmasi, 0,25-0,5% lik vodorod peroksidi, 0,25%li etoniy
eritmasi, 0,25% xloramin, furatsilinning 1:5000 nisbatdagi eritmalari bilan og„iz bushlig„i
chayiladi. Kasallikning dastlabki kunlarida og„iz bo„shligiga xar 3-3,5 soatda ishlov
beriladi.
Albatta og„rik qoldiruvchi dorilar qo„llanishi zarur. Anestezinning shaftoli moyidagi 5-
10%' lik eritmasi, trimekainning 1%lik eritmasi, piromikainning 1-2lik eritmasi keng
qo„llaniladi.
SHilliq qavatning regeneratsiyasi va epitelizatsiyasini kuchaytirish maksadida vitamin A
ning yogdagi eritmasi, karotolin, aloe linimenti, na‟matak moyi, SHostakovskiy balzamini
qo„llash mumkin. Ayniksa aerozol xolidagi vositalar qo„llash uchun qulay xisoblanadi.
Bemor murojaat etganidan to to„lik epitelizatsiya bo„lgunga qadar fiziomuolajalar: KUF-
nurlash, geliy-neon lazeri buyuriladi. Teridagi erroziyalar birinchi 2-3 kun virusga qarshi
vositalar, keyinchalik sink surtmasi eki Lassar pastasi, agarda impetiginizatsiya bo„lsa
antibiotikli surtmalar bilan ishlov beriladi. yalliglanishga xos o„zgarishlar.
Profilaktika - kasallangan xayvonlardan saqlanish (maxsus kiyimda ishlash).
Oziq-ovqatlardan zararlanishni oldini olish uchun: sutni 5 dakika kaynatish yoki . 30' 85"
pasterizatsiya qilish zarur. Go„shtga yaxshi termik ishlov berish lozim.
O„tkir respirator virusli kasalliklarni umumiy va maxalliy davolash sxemasi:
1. UMUMIY TERAPIYA: Virusga qarshi preparat - bonafton 0,1 dan kuniga
:
3-5 marta 5
kun davomida berilib, 1-2 kun tanaffusdan so„ng yana qaytariladi. YAllig„lanishga qarshi
vosita sifatida natriy salitsilat 0,5 dan 4 maxal kattalarga.antigistamin preparatlar
(dimedrol, suprastin, diazolin), kalsiy glyukonat O.5-1,0 gr. 3 maxal, vitaminlardan S va RR
beriladi. Statsionar sharoitida prodigiozan 25-50mkg dan 2-3 marta 3-4 kun oralab va
mushak orasiga lizotsim qo„llash yaxshi natija beradi.
Og„ir yoki fuzospirillez infeksiya bilan asoratlansa davolashga metronidazol yoki keng
spektrli antibiotiklar qo„shiladi. Ko„rsatmalarga ko„ra yurak-kon tomir vositalarini buyurish
kerak. Bemor yuqori kaloriyali, vitaminlarga boy parxez to„tishi, ko„p suyuqlik iste‟mol
qilishi zarur.
2 MAXALLIY TERAPIYA Immudon 8tabl. - 10kun (surish kerak).Toshma toshishini
dastlabki kunlarida virusga qarshi vositalar: interferon surtmasi, (interferon 1 amp., lanolin
5g, shaftoli moyi 1g., anestezin 0,5 gr.) yoki eritmasi, bonafton 0,5% surtmasi, 1-2% florenal
eki utlar damlamasi applikatsiya xolida qo„llaniladi. Og„iz bo„shlig„iga proteolitik fermentlar
bilan kuniga 1 maxal ishlov beriladi. Fermentlardan dezoksiribonuleazaning 0,2% lik
eritmasi buyuriladi.
Ikkilamchi infeksiyaning oldini olish choralari ko„riladi. Bunda maxalliy antiseptiklar:
0,25-0,5% lik vodorod peroksidi, 0,25%li etoniy eritmasi, 0,25% xloramin, furatsilinning
1:5000 nisbatdagi eritmalari bilan og„iz bo„shligi chayiladi. Kasallikning dastlabki
kunlarida ogiz bushligiga xar 3-3,5 soatda ishlov beriladi.
Og„riq qoldiruvchi dorilar qo„llanishi zarur. Anestezinning shaftoli moyidagi 5-10%' lik
eritmasi, trimekaini 1% eritmasi, piromekaini 1-2 % eritmasi buyuriladi.
SHilliq qavatning regeneratsiyasi va epitelizatsiyasini ko„chaytirish maksadida vitamin A
ning yogdagi eritmasi, karotolin, aloe linimenti, na‟matak moyi, SHostakovskiy balzami
qo„llash mumkin. Ayniksa aerozol xolidagi vositalar qo„llash uchun kulay xisoblanadi.
Bemor murojat etganidan to„lik epitelizatsiya bo„lgunga kadar fiziomuolajalar: KUF-
nurlash, geliy-neon lazeri buyuriladi. Teridagi eroziyalarga birinchi 2-3 kun virusga karshi
vositalar, keyinchalik sink surtmasi yoki Lassar pastasi, antibiotikli surtmalar bilan ishlov
beriladi. .
3.Virusli kasalliklarni profilaktikasi badan tarbiya, organizmni chiniqtirish,
immunitetni ko„tarishdan iborat. Oqism bilan kasallangan qora molni suti va go„shtiga yaxshi
termik ishlov berish, qaynatish yoki sterilizatsiya qilish lozim
4. Desensibilizatsiyalovchi davolash – xlorid kalsiy bilan pipolfen, diprozinlardan
birini qabul qilish tavsiya etiladi.
5. Gigienik tavsiyalar beriladi.
6.Oqsilga boy parxezli ovqatlar buyuriladi.
Tashxis
Maxalliy davolash usuli
Umumiy davolash usuli
O„tkir gerpetik
stomatit
interferoni surtmasi, (interferon 1
amp., lanolin 5g, shaftoli moyi 1g.,
anestezin 0,5 gr.) yoki eritmasi,
bonaftonning 0,5% surtmasi, 1-2%
florenal yoki o„tlar damlamasi bilan
berilganidan so„ng, applikatsiya xolida
qo„llaniladi.
Og„iz
bo„shlig„iga
proteolitik fermentlar bilan kuniga 1
maxal ishlov beriladi. Fermentlardan
dnkazaning
0,2%
lik
eritmasi
buyuriladi,
maxalliy
antiseptiklar:
0,25-0,5% lik vodorod peroksidi,
0,25% etoniy eritmasi. 0,25%
xloramin,
furatsilinning
1:5000
nisbatdagi eritmalari bilan og„iz
bo„shlig„i
chayiladi.Kasallikni
so„nish
davrida
keratoplastiklar
buyuriladi.
Virusga qarshi preparat -
bonafton 0,1 dan kuniga 3-5
marta 5 kun davomida berilib, 1-2
kun tanaffusdan so„ng yana
kaytariladi. YAlig„lanishga karshi
vosita sifatida natriy salitsilat 0,5
dan 4 maxal kattalarga,
antigistamin preparatlar
(dimedrol, suprastin, diazolin),
kalsiy glyukonat 0,5-1,0 gr. 3
maxal, vitaminlardan S va RR
beriladi. Statsionar sharoitida
prodigiozan 25-50mkg dan 2-3
marta 3-4 kun oralatib va mushak
orasiga lizotsim qo„llash yaxshi
natija beradi.
Surunkali
qaytalanuvchi
gerpes
leykotsitar interferon applikatsiyalari
5-6 marta kuniga. Lazer (geliy, neon,
infrakizil).
Levamizol (dekaris) 150mg X 2
marotaba xaftasiga 1-3 oy
(remissiyani uzaytiradi)
Spetsifik gerpetik polivaksina 0,1
-0,2 mg teri ichiga 2 marotaba 1
xaftada №5
Gamma - globulin mushak ichiga
3 ml xar kuni №6 interval 2 oy.
Vitamin S.
O„rab oluvchi
temiratki
birinchi kunidan- tebrofen, florenal,
gossipol, megosin, oksolin, interferon
buyuriladi.
Keyingi kunlardan keratoplastiklar,
na‟matak, chekanda moyi, aktovegin
malxami, vit. A.
Birinchi kunlardan lazer (geliy-
neon, infrakizil) va UFO bilan
davolash mumkin.
analgetiklar (analgin,
baralgin), salitsilatlar (aspirin 0,5
X Zm), gangleron, vitaminlar V1,
V12. Virusga karshi vositalar:
metisazol 0,2-0,5 X 2maxal 6-10
kun, dezoksiribonukleaza 30-
50mg dan mushak orasiga 1
makal 7-10 kun dovomida,
bonafton 0,1- 3-5 marta 5 kun (1-
2 kun oralatib kaytariladi),
atsiklovir (0,8g 5 marta).
Gerpangina
2-3 kun virusga qarshi vositalar
qo„llaniladi,
antiseptiklar
bilan
chayish,
keyingi
kunlarda
salitsilatlar, vitaminlar V1, V12
buyuriladi.
keratoplastiklar ishlatiladi
Oqsim
Immudon 8tabl. - 10kun (surish
kerak).Toshma toshishini dastlabki
kunlarida virusga qarshi vositalar:
interferonning surtmasi, (interferon 1
amp., lanolin 5g, shaftoli moyi 1g.,
anestezin 0,5 gr.) eki eritmasi,
bonaftonning 0,5% surtmasi, 1-2%
florenal yoki o„tlar damlamasi bilan
berilganidan
so„ng,
applikatsiya
xolida qo„llaniladi. Og„iz bo„shlig„iga
proteolitik fermentlar bilan kuniga 1
maxal ishlov beriladi. Fermentlardan
dezoksiribonuleazaning
0,2%
lik
eritmasini qo„llash maqsadga muvofiq.
SHilliq qavatning regeneratsiyasi va
epitelizatsiyasini
kuchaytirish
maksadida vitamin A ning yogdagi
eritmasi, karotolin, aloe linimenti,
na‟matak
moyi,
SHostakovskiy
balzamini kullash mumkin. Ayniksa
aerozol xolidagi vositalar qo„llash
uchun qulay xisoblanadi. Bemor
murojaat
etganidan
to
to„lik
epitelizatsiya
bulgunga
qadar
fiziomuolajalar: KUF-nurlash, geliy-
neon lazeri buyuriladi. Teridagi
erroziyalar birinchi 2-3 kun virusga
qarshi vositalar, keyinchalik sink
surtmasi eki Lassar pastasi, agarda
impetiginizatsiya bo„lsa antibiotikli
surtmalar
bilan
ishlov
beriladi.
yalliglanishga xos o„zgarishlar.
Virusga qarshi preparat -
bonafton 0,1 dan kuniga
:
3-5
marta 5 kun davomida berilib, 1-2
kundan so„ng yana qaytariladi.
YAllig„lanishga qarshi vosita
sifatida natriy salitsilat 0,5 dan
4 maxal, antigistamin preparatlar
(dimedrol, suprastin, diazolin),
kalsiy glyukonat O.5-1,0 gr. 3
maxal, vitaminlardan S va RR
beriladi. Statsionar sharoitida
prodigiozan 25-50mkg dan 2-3
marta 3-4 kun oralatib, mushak
orasiga qo„llash yaxshi natija
beradi.
Og„ir
yoki
fuzospirillez
infeksiya
bilan
asoratlansa
davolashga metronidazol yoki
keng
spektrli
antibiotiklar
qo„shiladi.
Dostları ilə paylaş: |