19
psixologik sabablarini tushuntirish va ziddiyatlarning oldini olish uchun yo‟l-yo‟riqlar
ishlab chiqishdan iborat. Hozirgi davrda ham taniqli ijtimoiy psixologlar G.Olport,
A.Maslou, K.Rodjers va ularning safdoshlari gumanistik psixologiya doirasida bu
ishlarni faol davom ettirmoqdalar.
Yuqorida ta‟kidlangan strukturalizm, funksionalizm, bixeviorizm, freydizm
oqimlari jahon psixologiya ilmining shakllanishiga asos bo‟lgan bo‟lsa, ular ta‟sirida
shaklangan boshqa o‟nlab: assotsiativ psixologiya, geshtaltpsixologiya, gumanistik
psixologiya, ekzistensial psixologiya, kognitivizm, ramziy interaktsionizm kabi
yo‟nalishlar uning qator masalalarini hal qilishga o‟z hissasini qo‟sha oldi. Eng muhimi
– XX asrga kelib, psixologiyaning tadbiqiy sohalari paydo bo‟ldi-ki, endi qo‟lga
kiritilgan yutuqlar bevosita ta‟lim, tarbiya, sanoat, biznes, marketing xizmatlari,
boshqaruv, sog‟liqni saqlash, huquqbuzarlikni oldini olish sohalarga dadil joriy etila
boshlandi.
6-shakl
Dostları ilə paylaş: