O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   127
Psixologiya

1.
Ijtimoiylik
individ ijtimoiy sharoitda, ya‟ni kishilik jamiyatida 
shaxs bo‟lib shakllanadi
2.
Ongga ega bo’lishi
tevarak – atrof to‟g‟risida bilimga ega bo‟lish, 
o‟zlikni anglash, bilish faoliyat maqsadlarini 
shakllanishi
3.
Aktivligi
faoliyat maqsadlariga erishishga yo‟naltirilganligi
4.
Ehtiyojlarining 
shakllanishi
avvalambor 
ma‟naviy, 
madaniy, 
o‟z-o‟zini 
mukammallashtiradigan ehtiyojlarni rivojlanishi 
Har bir individ yoshlik chog‟idayoq tayyor holdagi ijtimoiy munosabatlar 
tizimiga duch keladi va bu munosabatlar jarayonida shaxs sifatida shakllanadi. Shuning 
uchun ham shaxs ijtimoiy munosabatlarning majmuidan iboratdir. Shaxs va uning 
mohiyati haqidagi psixologik ta‟limotga muvofiq har bir konkret shaxs o‟zi mansub 
bo‟lgan ijtimoiy muhit va siyosiy sharoitning mahsulidir. 
Psixologik tadqiqotlar natijalariga ko‟ra, odam hayotining ilk davri - tirik 
mavjudotlik bo‟lib, bu tirik mavjudot dunyoga kelgandan keyin ijtimoiy taraqqiyot 
jarayonida shaxs sifatida shakllanadi. Chaqaloq dunyoga kelishining birinchi 
kunidanoq bevosita ijtimoiy muhitning doimiy ta‟siri ostida bo‟ladi. Agar tirik 
mavjudot sifatida dunyoga kelgach, odam ijtimoiy muhitdan chetda qolsa, unda 
shaxslik belgilari paydo bo‟lmaydi va rivojlanmaydi. 
Psixologiyada shaxs ijtimoiy munosabatlarning subyekti va obyekti tarzida 
ko‟riladi. Chunki ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy taraqqiyotda faol 
qatnashuvchi odamgina shaxs hisoblanadi.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir
ya‟ni yakkaholligidir.
Individuallik
bu kishining o‟ziga xosligi, uni boshqa odamlardan farqini aks 
ettiruvchi psixologik va fiziologik fazilatlar birikmasi.
Shaxsning eng qimmatli 
sifatlaridan biri mustaqillik, ichki erkinlik, ichki o‟ziga xoslikdir. Mustaqillik 
o‟zganing yo‟l-yo‟rig‟isiz muhim qarorga kelish va uni amalga oshirish qobiliyatini; 
mas‟ullik, o‟z xatti-harakatlari uchun javob berishga tayyorlikni; xulq, fe‟l-atvorning 
realligiga, ijtimoiy jihatiga va ma‟naviy to‟g‟riligiga bo‟lgan e‟tiqodni o‟z ichiga oladi. 


31 
Psixologiyada shaxsni bir qancha sturkturalari ishlab chiqilgan. Shulardan biri K.K. 
Platonov tomonidan taklif etilgan shaxsning dinamik funksional buzilishini ko‟rib 
chiqamiz: 
2-shakl 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin