motivatsiya - bu psixika orqali hosil bo‟ladigan determinatsiyadir;
motiv - bu shaxs xulq-atvorining kognitivistik jarayonini bevosita tashqi
olam bilan bog‟lovchi subyektiv tarzda aks etish demakdir.
Shaxs o‟zining motivlari yordamida borliq bilan uzviy aloqada bo‟ladi.
Insonning xulq-atvori (xulqi)ni harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo‟luvchi
motivlar shaxsning tuzilishida (tarkibida) etakchi o‟rin egallaydi. Motivning tuzilish
(strukturaviy) tarkibiga shaxsning yo‟nalishi, uning xarakteri, emotsional holati (his-
tuyg‟usi), qobiliyati, ichki kechinmalari, faoliyati va bilish jarayonlari kiradi.
7-shakl Shuni ham ta‟kidlab o‟tish kerakki, motivlarning rivojlanishi, motivlashgan
yangi ma‟lumotlarning paydo bo‟lishi, faoliyat muhiti doirasidagi o‟zgarishlar tufayli
amalga oshiriladi.
“Motivatsiya” tushunchasi “motiv” tushunchasidan kengroq ma‟no va
mazmunga ega. Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o‟zini tutishi
sabablarini o‟rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‟lgan narsa bo‟lib, masalani
yoritishning ikki jihati farqlanadi:
8-shakl 1 ichki sabablar xatti-harakat egasining subyektiv psixologik xususiyatlari
nazarda
tutiladi
(motivlar,
ehtiyojlar,
maqsadlar,
mo‟ljallar, istaklar, qiziqishlar).
2 tashqi sabablar faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari - ayni
konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo‟ladigan
tashqi stimullardir.
Shaxs iltimoiy xulqi motivining ikki elementi Harakat dasturi
Maqsad
38
Shu nuqtai nazardan motiv - konkretroq tushuncha bo‟lib, u shaxsdagi u yoki bu
xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda
tutadi.