O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   127
Psixologiya

Motivatsiya - psixologik lug‟atda biror ish yoki harakatning yuzaga kelishiga 
sababchi bo‟lgan motivlar, dalillar baholar, vajlar yoki sabablar majmui ma‟nosida 
talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog‟liqdir. Shu 
nuqtai nazardan, motivlashtirish - bu ruhiy omil bo‟lib, shaxs faolligining manbai
sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. U insonlarni jonli mehnat faoliyatiga 
rag‟batlantiruvchi kuchli vositadir. Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish - bu 
kishilar faoliyatini ruhiy yo‟llar bilan maqsadga muvofiq yo‟naltirishdir.
Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Ya‟ni, maqsadli 
hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo‟ladi va aynan ularning tabiati va 
zaruratiga bog‟liq tarzda xulq motivlari namoyon bo‟ladi.  
9-shakl 
 
Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va o‟z-
o‟ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham 
belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bo‟lishini biror 
mas‟uliyatli ish oldidan o‟zimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan 
baholasak bo‟ladi.  
Psixologiya fanida xulq-atvor va faoliyatga qaratilgan anglanilmagan mayllar 
orasida muayyan darajada tadqiq etilgani ustanovka (ko‟rsatma berish, yo‟l-yo‟riq 
ko‟rsatish) muammosi hisoblanadi.  
Ustanovka - inglizcha “set” so‟zidan olingan bo‟lib, o‟zbek tilida esa ko‟rsatma 
berish, anglanilmagan mayllar, yo‟l-yo‟riq ko‟rsatish ma‟nosida qo‟llanilib kelinadi. 
Lekin keyingi atamalar uning haqiqiy mohiyatini, ma‟nosini o‟zida mukammal aks 
ettirmaydi, shuning uchun terminni hech o‟zgarishsiz qoldirsa ham bo‟ladi. 
Motivlarning turlari 
muvaffaqiyatga erishish motivi 
faqat muvaffaqiyat bilan ishlaydiganlar 
oldindan ishonch bilan shinday ish 
boshlaydilarki, nima qilib bo‟lsa ham 
yutuqqa erishish ular uchun oily maqsad 
bo‟ladi 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin