40
ichida sanash orqali bir minutning cho‟zilishini aniqlash imkoniyatiga ega bo‟lganlar.
Keyinchalik bu sanash signal berish
bilan tekshirilib turilgan, ba‟zan «yolg‟on»
signallar, ya‟ni lampochka yonish bilan tajriba bo‟linishga yo‟l qo‟yilgan.
Qatnashchilarda eksperimentatorga ishonch bo‟lganligi sababli xatolarga yo‟l
qo‟yishgan.
Ishonuvchanlikni aniqlashda
«konformizm» (kelishuv,
murosa-yu, madora)dan
foydalanilgan. Ichki va tashqi kelishuvchanlik (konformizm), ichdan kelishmovchilik
(nokonformizm) guruhiy ishonuvchanlik mohiyatini o‟rganish
uchun obyekt sifatida
foydalanilgan. Bir guruh odamlarning ochiq ovoz berish konformizmning namoyon
bo‟lishidir. Lekin konformizm «soxtalik»ni ham keltirib chiqarishi mumkin, uning aks
ettiruvchisi esa
konformist deb ataladi, ko‟pincha ideallardan voz kechish hollari ham
uchrab turadi.
13-shakl
Motivlar, ya‟ni xatti-harakatlarimizning sabablari
biz tomonimizdan anglanishi
yoki anglanmasligi ham mumkin. Yuqorida keltirilgan barcha misollarda va holatlarda
motiv aniq, ya‟ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga
oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki mag‟lubiyatga
uchraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy xulqimizning
sabablari bizga ayon
bo‟lavermaydi.
Inson hayoti davomida turli voqea-hodisalarning guvohi bo‟lishi natijasida, o‟z
ehtiyoji, qiziqish va xohishlarini
qondirishga intilishi sababli, turli mazmundagi
muammolar yuzaga kelishini anglab oladi. Agarda A.
Maslouning ehtiyojlar
ierarxiyasiga e‟tibor qaratsak, inson xavfsizligiga bo‟lgan ehtiyojlarining 70%gacha
qondirilishi mumkin ekan. Shu nuqtai nazardan psixologiya
fanida nisbatan yangi
tushunchalardan biri bu –
assertive xulq hisoblanib, asosan insonning shaxsiy
xususiyatlarini tasniflashda qo‟llaniladi.
Assertivlik - o‟z xaq-huquqlarini dadil himoya qilib, o‟z sha‟nini, qadrini saqlab,
boshqalarning
xaq-huquqini poymol qilmasdan, o‟zini turli mazmundagi ta‟sirlardan
himoyalash qobiliyatidir. Ijtimoiy-psixologik jihatdan ijtimoiy munosabatlar doirasida
boshqalarning shaxsiyati, hayot tarzi, qadriyatlariga ziyon etkazmaslik mazmuniga ega
bo‟lgan ochiq xulq tarzi assertiv deb ataladi. Amaliy psixologik yordam ko‟rsatish
tarixiga
nazar solsak, psixologik yordam olish uchun murojaat etganlarning 57,4%
assertivlikning mavjud bo‟lmaganligi sababli oilada va kasbiy jamoalarida o‟z
Dostları ilə paylaş: