44
2.“Tekis” yo„lni tanlagan inson qiynalib bo„lsada, o„z maqsadi tomon halol yo„llar bilan
borishga intiladi, undaylar hayotda unchalik tavakkalchi bo„lavermaydilar, shuning uchun ham
ba‟zida o„ylagan maqsadlarini amalga oshirolmay qoladilar.
“So„qmok” yo„lni avzal ko„ruvchilar esa maqsadga etish yo„lida hech narsadan tap
totmaydilar. Unday insonlardan xavfli raqib chiqadi, lekin bu degani ular yomon odamlar toifasidan
degani emas.
3. Ayiq - sizning yordamga muhtoj do„stingiz;
4. Bo„ri - dushmaningiz;
5. Olma - o„zga jins vakillariga bo„lgan ishonchingiz yoki qisman munosabatingiz;
6. Ko„lmakdagi suv - sabru-toqat belgisi;
7. Otlar - bu qarama - qarshi jins vakillari. Masalan, siz otlar ichidan eng chiroylisini tanlab
olsangizu, lekin oldiga borishdan qo„rqsangiz, demak siz bu borada ikkilanuvchansiz. Qachon o„zi
kelarkan, deb kutib o„tiraverasiz, olma pish og„zimga tush qabilida ish ko„rasiz va shu
“ikkilanuvchanligingiz” oqibatida baxtingizni qo„ldan chiqarib yuborishga ham tayyorsiz...
8. Kulba - bo„lajak oilangizga bo„lgan munosabatingiz...
9. Zilol suv – boylikka qay darajada qiziquvchanligingiz...
10. Devor – hayotda yuz berishi mumkin bo„lgan qiyinchiliklar. Agar siz aylanib o„tsangiz,
demak bir burchakda qo„l qovushtirib, ushbu noxushlik o„tib ketishini kutasiz. Agar sakrab o„tsangiz,
siz “temirni issig„ida bos” deydiganlar toifasidansiz. Noxushliklarga dadil, yuzma-yuz javob bera
olasiz. Ushbu qat‟iyatliligingiz albatta sizga omad keltiradi.
Dostları ilə paylaş: